O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 97,03 Kb.
Sana02.04.2017
Hajmi97,03 Kb.
#5881
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

Qashqadaryo viloyat hokimligi o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasi

Koson kompyuter texnologiya kasb hunar kolleji

MAXSUS FANLAR

kafedrasining

o`qituvchisi

Mamatqulov
Ulug`bekning

Hisoblash texnikasi asoslari

fanidan

MA`RUZALAR MATNI

Koson– 2011 yil.







Mavzular nomi

Auditoriyadagi o`quv yuklamsi, soatlarda

Jami

Nazariy

Amaliy



Kirish. Sanok tizimlari

2

2






Sanok tizimlari buyicha amallarni bajarish

2




2



Sonlarning ifodalanishshakllari

2

2






Sonlarni kodlash

2




2



Ikkilik sanok tizimidagi sonlarni kushish va ayirish

2




2



Ikkilik sanok tizimidagi sonlarni kupaytirish va bulish

2




2



Kombinatsiyalangan va ketma-ket qurilmalar

2

2






Mantiq algebrasi asoslari

2

2






Mantik algebrasi amallariga doir misollar bajarish

2




2



Kombinatsiyalgan sxemalarni analiz qilish

2




2



Kombinatsiyalgan sxemalarni sintez qilish

2




2



Deshifrator va shifrator

2




2



Multipleksolar va demultipleksolar

2

2






Summatorlar

2




2



Komparatorlar

2

2






Triggerlar

2




2



Registrlar

2




2



Schetchiklar

2

2






Schetchiklar

2




2



Operativ eslab holuvchi qurilmalar uchun xotira mikrosxemasi (OZU)

2




2



Doimiy eslab qoluvchi kurilmalar uchun xotira mikrosxemasi (PZU)

2

2






DIMM/DDR modullari

2




2



Kesh xotirani tashkil qilish

2




2



Tizimli platalar

2

2






Tizimli plata konsepsiyasi

2




2



Tizimli plata standartlari

2




2



Shinalar tizimi.

2




2



BIOS. ShK ni sozlash. Oraliq nazorat

2




2



Mikroprosessorlar

2

2






Mikroprosessorlarning ishlash tartibi

2




2



Mikroprosessorlarning buyruklari tizimi

2




2



Shinalar tizimi

2

2






Shinali aloka tizimlari

2




2



Mikropotsessorlar arxitekturasi

2

2






Mikroprotsessorli tizimlarning funktsiyasi

2




2



Mikroprotsessorlar tizimining vazifalari va axamiyati.

2




2



Mikroprotsessorlar tizimining xar xil turlari

2




2



ShKlar uchush mikroprotsessorlar.

2

2






Assembler, (Z80) protsessorini dasturlash ShK lar uchun mikroprotsessorlar.

2




2



Assembler, (Z80)protsessorini dasturlash

2




2



Protsessor.

2

2






Protsessorning buyruqlar tizimi

2




2



Mikronazoratchilarni tashkil qilish.

2

2






Mikronazoratchilarning vazifalari turlari,ishlash jarayoni.

2




2



Axborot tashuvchilar

2




2



USB, Fireware, SCSI interfeysi . SCSI interfeys kartasining ishlash jarayoni. Vidi okonechnix ustroystv SCSI tugatish qurilmalarinin turlari va imkoniyatlari ulash usullari (ichki va tashqi ulash qurilmalari).

2

2






Standarti SCSI standartlari, klassifikatsiyasi va mezoni. SCSI ning shinali tizimi.

2




2



Tarmoq platalari va modemlar. uzatish tezligi, modem platalarining vazifasi.

2




2



Tarmoq kartalarining klassifikatsiyasi: ulanish turlari, tarmoq bayonnomalarning xolati.

2

2






Modem platalari

2




2




JAMI

100

34

66


1-mavzu: Kirish. Sanoq tizimlari

Reja:

  1. Sanoq tizimlarining kelib chiqish tarixi

  2. Sanoq tizimlari turlari

  3. Sanoq tiizmlarida arifmetik amallarni bajarish.

Odamlar o'rtasida muomala vositasi bo'lmish til kabi sonlarning o'z tili mavjud bo'lib, u ham o'z alifbosiga ega. Bu alifbo raqamlar va sonlarni ifodalash uchun qo'llaniladigan belgilardan iboratdir. Masalan, kundalik hayotimizda qo'llanadigan arab raqamlari 1, 2, . . ., 9, 0 yoki rim raqamlari i, ii, v, x, l, c, m, h, . . ., sonlar alifbosining elementlari hisoblanadi. Turli davrlarda turli xalqlar, qabilalar raqamlar va sonlarni ifodalashda turlicha belgilardan foydalanganlar. Masalan, qadimgi misrda raqam va sonlarni ifodalashda quyidagi belgilardan foydalanilgan:

masalan, qadimgi meksikaliklar (atsteklar) 402 sonini quyidagicha belgilaganlar:

d:\darslar\1_informatika\bob2\pic\meksikason.jpg

ma'lumki, harflardan iborat alifboni qo'llashda ma'lum qonun va qoidalarga amal qilinadi. Sonli alifbodagi belgilardan foydalanishda ham o'ziga xos qoidalardan foydalaniladi. Bu qoidalar turli alifbolar uchun turlicha bo'lib, mazkur alifboning kelib chiqish tarixi bilan bog'liq. Masalan, biz kundalik hayotimizda qo'llayotgan sonlar alifbosi o'nta arab raqamini o'z ichiga olgan bo'lib, uning kelib chiqishida va qo'llanilishida tabiiy hisoblash vositasi bo'lmish qo'l barmoqlarimiz asosiy o'rin tutadi. O'z ichiga o'nta raqamni olganligi uchun ham bu alifbo o'zining barcha qoi-dalari bilan birgalikda o'n raqamli sanoq sistemasi deb ataladi.


Qadimda ba'zi xalqlar ishlatadigan sonlar alifbosi

Beshta (qadimgi afrika qabila-larida), o'n ikkita (masalan, inglizlarning sonlar alifbosida), yigirmata (xvi-xvii asrlarda amerika qit'asida yashagan atstek, mayya qabilalarida; eramizdan avvalgi ii asrda g'arbiy yevropada yashagan keltlarda; fransuzlarda), ba'zilari oltmishta (qadimgi vavilonliklarda) belgini o'z ichiga olgan. Ular mos ravishda besh raqamli (qisqacha beshlik) sanoq sistemasi, o'n ikki raqamli (qisqacha o'n ikkilik) sanoq sistemasi, yigirmata raqamli (qisqacha yigirmalik) sanoq sistemasi yoki oltmishlik sanoq sistemasi deb nomlanadi.

soatning oltmishga, sutkaning o'n ikkiga karraliligi, bir yilning 12 oydan iboratligi, inglizlarda uzunlik o'lchov birligi bo'lmish 1 futning 12 dyuymga tengligi, fransuzlarning bir franki yigirma suga tengligi shu kabi sistemalarning qo'llanilishi natijasidir. Inson har bir sistemani ishlatganda ma'lum vositalardan ham foydalan-gan. Masalan, o'n ikkilik sanoq sistemasi uchun vosita sifatida qo'l barmoqlaridagi bo'g'inlardan foydalanilgan. Sonlar sistemasidagi raqamlar soni shu sistemaning asosi deb yuritiladi.
Sonlar alifbosiga kiritilgan belgilar raqamlar va ular yordamida hosil qilingan boshqa belgilar sonlar deb yuritiladi. Masalan, o'nlik sanoq sistemasida 5, 6, 8 - bu raqamlar, ammo 658 - bu son. O'nlik sanoq sistemasida birliklar, yuzliklar, mingliklar va boshqalar har biri o'ntadan belgilardan iborat guruhlarga bo'lingan. Boshqa asosli sanoq sistemalardagi belgilar shu sistema asosi nechaga teng bo,lsa, shuncha belgilardan iborat guruhlarga ajratiladi.
Inson hayotida keng tarqalgan sanoq sistema - bu o'nlik sanoq sistemasidir.
Bunda raqamlar o'zi turgan o'rniga ko'ra turlicha miqdorni anglatadi.
Masalan: a) 9(to'qqiz) - birlik; 90(to'qson) - o'nlik; 900(to'qqiz yuz) - yuzlik.d:\darslar\1_informatika\bob2\pic\sonlar.jpg

shu bois ham bu sistema raqamlari o'z pozitsiyasi (tutgan o'rni) ga bog'liq bo'lgan sistema deb ham yuritiladi.


Demak, sanoq sistemalari shu xislatga ko'ra raqamlarining pozitsiyasiga bog'liq bo'lgan va raqamlarining pozitsiyasiga bog'liq bo'lmagan sanoq sistemalariga (qisqacha pozitsiyali va pozitsiyali bo'lgan sanoq sistemalariga) bo'linadi.
Sonlarning bu kabi tasniflanishi ular ustida arifmetik amallar bajarish imkonini beradi.
Shuning uchun ham ajdodlarimiz raqamlar va sonlarni aniq bir shakllar tizimiga keltirish masalasiga katta e'tibor qaratganlar.d:\darslar\1_informatika\bob2\pic\xorazmiy.jpg

yurtdoshimiz al-xorazmiy arab (to'g'rirog'i, hind) raqamlarining sondagi o'rniga bog' liq holda amallar bajarish tartibini yagona tizimga birlashtirdi.


Xorazmiy hind raqamlari asosida o'nlik pozitsiyali sistemada sonlarning yozilishini batafsil bayon qilib, bunday yozilishdagi qulayliklar, ayniqsa, nulning ishlatilishi ahamiyatini va sonlarning martabalarini, ya'ni razryadlarini (sondagi o'rni) e'tiborga olish lozimligini ta'kidlaydi.
Tayanch iboralar:

Sonlar, sanoq tizimlari, sanoq tizimi darajasi.
Topshiriqlar:

1. O`tilgan mavzuni o`qib,o`zlashtirib kelish

2. Turli xil sanoq tizimlari va ularning xususiyatlarini solishtirib kelish

3. Keying mavzu yuzasidan boshlang`ich ma`lumotlarni yig`ib kelish
Nazorat savollari:

1. Sanoq tizimlari deb nimaga aytiladi ?

2. Sanoq tizimlari atamasining ma`nosini ayting

3. Qanday sanoq tizimlarini bilasiz ?

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Elektronika i mikroprotsessornaya texnika, avtorlar Gusev V.G., Gusev Yu.M., izdatelstvo M.: Visshaya shkola, 2005 yil.

2. Kori Sandler “ Remont personalnogo kompyutera ” 7 –e izdanie Wiley Publishing.Inc 2004 y.

3. Osnovi VT. Avtor: Kalish G.G. Izdatelstvo -Visshaya shkola. God vixoda: 2000

Mualliflik materiallari – Beletskiy A.S. , Valiev I.I.



Qo`shimcha adabiyot va materiallar ro`yxati:

1. DVD nashr “Super DVD biblioteka” 2004 y

2. Internet sayt www.tula.ru . Raqamli texnika bo`limi

3. Internet portal –Internet universitet www.intuit.ru


2-mavzu: Sanok tizimlari buyicha amallarni bajarish

Reja:

  1. Turli sanoq tizimlarida sonlarni o`zaro qo`shish va ayirish

  2. Turli sanoq tizimlarida sonlarni o`zaro ko`paytirish va bo`lish

  3. Sanoq tizimlarida sonlarning ifodalanish shakllari.

Sanoq sistemalarida qo'llaniladigan qoidalar turlicha bo'lsada, ular bir xil tamoyil asosida qurilgan. Mazkur tamoyilga ko'ra ixtiyoriy n sonini r asosli sanoq sistemada quyidagicha ifodalash mumkin:


N = akpk + ak-1pk-1 + ... + a1 p1 + ao p0

bu yerda:


ak , ak-1 ,.., a0 - berilgan sonni tashkil etuvchi raqamlar;
k - sondagi raqamlar sonidan bitta kam miqdor (chunki birinchi raz-ryad 0 (nul) dan boshlangan).
Masalan, o'nlik sanoq sistemasidagi 98327 sonida 7 raqami birlikni, 2 raqami o'nlikni, 3 raqami yuzlikni, 8 raqami minglikni, 9 raqami o'n minglikni ifodalaydi.
Yuqoridagi ifodaga ko'ra ao = 7; a1 =2; a2 =3; a3 =8; a4 =9 va p=10,
k=4 (5-1) bo'lib, berilgan son quyidagi ko'phad
shaklda bo'ladi:

98327=9 *104 + 8 * 103 + 3* 102 +2 * 101 + 7 * 100

Sonlarni shu usulda shakllantirish qoidasiga bo'ysunuvchi sanoq sistemalariga pozitsiyali sanoq sistemalari deyiladi
sonlarni boshqacha usul va qoidalar asosida shakllantira oladigan sanoq sistemalari ham mavjud. Bunday sistemalar jumlasiga rim raqamlari sistemasi kiradi. Mazkur, sistemada raqamlar va sonlarni ifodalovchi maxsus belgilar to'plami bo'lib, ixtiyoriy son ana shu belgilar yordamida tuziladi. Bunda ishlatilayotgan belgilar raqam va sonlar guruhiga bo'linmaydi hamda shu belgi sonni ifodalovchi raqamlar ketma-ketligining qaysi o'rnida turishidan qat'iy nazar, o'z miqdorini bildiraveradi.

Masalan, rim raqamlari sistemasida ma'lum belgilar mavjud bo'lib, ular quyi-dagilarni ifodalaydi:

1 raqami "i" belgi bilan;

5 raqami "v" belgi bilan;

10 soni "x" belgi bilan;

50 soni "l" belgi bilan;

100 soni "c" belgi bilan;

500 soni "d" belgi bilan;

1000 soni "m" belgi bilan ifodalanadi.

ular orasidagi boshqa sonlar miqdor jihatdan katta bo'lganidan ma'lum sonni ayirish yoki miqdor jihatdan kichik bo'lganiga biror sonni qo'shish ko'rinishida belgilanadi. Masalan,



Son

 belgisi 

 rim raqamlarida 

Mazmuni

To'rt

4

Iv

5-1

Olti

6

Vi

5+1

To'qqiz

9

Ix

10-1

O'n to'rt

14

Xiv

10+(5-1)

O'n to'qqiz

19

Xix

10+(10-1)

Qirq besh

45

Xxxxv

10+10+10+10+5

Qirq to'qqiz

49

Ix

50-1

Bir yuz oltmish sakkiz

168

Clxviii

100+5=+10+5+3

bir ming to'qqiz yuz to'qson yetti

1997

Mcmxcvii

1000+(1000-100)+(100-10)+5+2

e'tibor qilgan bo'lsangiz, biror sondan boshqa sonni ayirish kerak bo'lsa, ayiriladigan son ayriluvchidan chapda, qo'shiladigan bo'lsa, uning o'ng tomoniga yoziladi.
Bu sistemaning qoidasiga ko'ra, sonning miqdori osha borgan sari undagi belgilar soni ko'payib boradi. Bu hol noqulaylikka olib keladi. Shuning uchun ham mazkur tizimda belgilar sonini kamaytirish maqsadida maxsus usullardan foydalaniladi. Tanlangan belgilar orasidagi sonni ifodalashda unga eng yaqin belgi asosiy belgi etib belgilanadi. Masalan, biz 49 sonini xxxxix ko'rinishda ham yozishimiz mumkin edi. Ammo belgilar sonini kamaytirish maqsadida miqdor bo'yicha teng, ammo yozuvi qisqa ko'rinishda bo'lgan il shaklini qabul qilamiz.
Ma'lumki, bu sistemada sonlar ustida arifmetik, algebraik amal bajarish juda qiyin. Buning uchun biror mexanizm yoki vositadan foydalanishning imkoni yo'q.
Qadimdan qo'llanilib kelayotgan cho'tda rim raqamlarini ifodalab bo'lmaydi. Bo'lgan taqdirda ham pozitsiya tushunchasi mavjud bo'lmaganligi uchun bu raqamlarda biz qo'llaydigan arifmetik amallarni qo'llash mumkin emas.
Quyida arab raqamlari yordamida yozilgan sonlarni rim raqamlari yordamida ifodalaymiz.
1-misol. 77 soni rim raqamlari yordamida lxxvii ko'rinishda ifodalanadi.
2-misol. 1960 soni rim raqamlari yordamida quyidagicha ifodalanadi:

1 = i; 5 = v; 10 = x; 50 = l; 100 = c; 500 = d; 1000 = m ligidan hamda


1960 = 1000+900+60=1000+500+400+50+10
ekanligini inobatga olib, berilgan 1960 sonini quyidagicha ifodalash mumkin:

2mis_ex

Bu moslikni belgilar ketma-ketligida ifodalasak, quyidagi natijani olamiz:


1960 = mdcdlx

son tarkibidagi belgilarni ham kamaytirish mumkin. Buning uchun 900 ni dcd (ya'ni 500+(500-100) kabi) ko'rinishda emas, balki cm (ya'ni 1000-100) ko'rinishda yozsak, unda 1960 soni rim raqamlari yordamida mcmlx shaklga ega bo'ladi.


Rim raqamlari xayotda keng tatbiq topmadi, ammo ularni uchratib turamiz, masalan, soat belgilarida, kitob boblarini belgilashda, ba'zan taqvimnoma oylarini yozishda bu ha-nuzgacha ishlatiladi.
Pozitsiyali sanoq sistemasining qulayligi shundaki, unda katta sonlarni kam miqdord-agi raqamlar bilan ifodalash mumkin. Undan tashqari ulardagi sonlar ustida arifmetik amallarni bajarish ancha qulaydir.
Quyida biz faqat pozitsiyali sanoq sistemalar to'g'risida gap yuritamiz.
Tayanch iboralar:

Pozitsiya, pozitsion sanoq tizimlari, nopozitsion sanoq tizimlari.
Topshiriqlar:

1. O`tilgan mavzuni o`qib,o`zlashtirib kelish

2. Pozitsion va nopozitsion sanoq tizimlarini tusuhntiring va ularning xususiyatlarini solishtirib kelish

3. Keying mavzu yuzasidan boshlang`ich ma`lumotlarni yig`ib kelish
Nazorat savollari:

1. Pozitsion sanoq tizimi deb qanday tizimlarga aytiladi ?

2. Nopozitsion sanoq tiizmlari deb qanday tiizmlarga aytiladi ?

3. Nopozitsion sanoq tizimlariga misollar keltiring.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Elektronika i mikroprotsessornaya texnika, avtorlar Gusev V.G., Gusev Yu.M., izdatelstvo M.: Visshaya shkola, 2005 yil.

2. Kori Sandler “ Remont personalnogo kompyutera ” 7 –e izdanie Wiley Publishing.Inc 2004 y.

3. Osnovi VT. Avtor: Kalish G.G. Izdatelstvo -Visshaya shkola. God vixoda: 2000

Mualliflik materiallari – Beletskiy A.S. , Valiev I.I.



Qo`shimcha adabiyot va materiallar ro`yxati:

1. DVD nashr “Super DVD biblioteka” 2004 y

2. Internet sayt www.tula.ru . Raqamli texnika bo`limi

3. Internet portal –Internet universitet www.intuit.ru


Ushbu ma`ruza matnlari to`plami kasb-hunar kollejlari talabalariga Hisoblash texnikasi asoslari fani bo`yicha mashg`ulotlarni o`tish uchun tayyorlangan bo`lib, uning to`liq matni 170 sahifadan iborat. Qaolgan qismini olish uchun bizga murojaat qiling.

Qashqadaryo viloyati, Koson kompyuter texnologiya kasb-hunar kolleji maxsus fanlar o`qituvchisi – Mamatqulov Ulug`bek Boboqulovich.

Tel: +99875 313 23 22


Download 97,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish