Mavzu: XVII – XVIII ASRLARDA JAHON SAN’ATI
Reja:
1.XVII – XVIII asrlarda yevropa san’ati.
2.XVII-XVIII asrlarda italiya san’ati.
3.XVII - XVIII asrlarda ispaniya san’ati.
4.XVII - XVIII asrlarda fransiya san’ati.
Adabiyotlar: 2,3,4,5,6,28,29
Ilm-fan taraqqiyoti, jug‘rofiy kashfiyotlar, yangi qit’alar, dengiz yо‘llari xalqlarning о‘zaro aloqasi jadallashuviga imkoniyat yaratdi. Jahon xalqlarining ijtimoiy hayoti faollashdi. Yevropa mamlakatlarida taraqqiyot birmuncha tezlashdi. Ular kо‘pgina о‘lkalarni bosib olib, о‘z hukmronliklarini о‘rnatdilar. Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Angliya, Gollandiya va boshqa Yevropa mamlakatlari uchun arzon xomashyo, ishchi kuchi va yangi bozorlar ochilib, ular tez rivojlana boshladi. Bu davrda Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya qit’alarida ham qator ijtimoiy, siyosiy va madaniy о‘zgarishlar sodir bо‘ldi. Jumladan, Sharq mamlakatlarida an’anaviy san’at va madaniyat turlari bilan bir qatorda, san’atning yangi tur va janrlari yuzaga keldi. Amaliy bezak san’atiga yangi davr texnologiyasi joriy qilina boshladi.G‘arb va Sharq san’ati an’analari uyg‘unligida yangi san’a tyо‘nalishlari shakllandi.
Jahon ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotida rо‘y bergan bu о‘zgarishlarda Yevropa muhim о‘rin tutadi. Chunki Sharq va G‘arbning san’at sohasidagi yutuqlarini о‘zida mujassamlashtirgan Yevropa qit’asida feodal jamiyati qoloqligiga, ijtimoiy hayotda dinning hukmron bо‘lib qolishiga qarshi chiqish boshlandi. Bu esa yangi munosabatlarning shakllanishiga zamin yaratdi. Xususan, Niderlandiya va Angliya bо‘lib о‘tgan xalq g‘alayonlari О‘rta asr tartibi va diniy cherkov hukmronligiga zarba berdi. Gollandiya Yevropada namunali kapitalistik davlat tarzida rivojlana boshladi. Lekin feodalizm Yevropaning kо‘pgina mamlakatlarida о‘z hukmronligini saqlab qolaveradi. Jumladan, Fransiya va Ispaniyada markazlashgan absoyut monarxiyalar vujudga keldi. Italiya va germaniyada feodal tarqoqlik hukm surdi. Xalq absolyut monarxiya zulmiga norozolik bildirib, bosh kо‘tardi. Ilg‘or ziyolilar, ma’rifatparvarlar bu qarashlarni qо‘llab-quvvatladilar. Ular feodalizm qoloqligini qoraladilar, fikr erkinligi rivojlanishiga tо‘sqinlik qiluvchi kuchlarga qarshi chiqdilar. Italiya, Fransiya, Ispaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida eski tuzumga qarshi noroziliklar, xalq g‘alayonlari kuchaydi. Bu XVIII asr oxiriga kelib, feodalizmning uzil-kechil inqiroziga sabab bо‘ldi. Ijtimoiy munosabatlar о‘zgardi, uning yangi shakllari yuzaga kela boshladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kurashning kuchayishi san’at va madaniyatning ijtimoiy hayotda mavqeini oshirdi. Dvoryanlar va cherkov san’at va madaniyatni о‘z manfaatlariga bо‘ysundirishga harakat qildilar. Lekin jamiyat taraqqiyotini orqaga burish mumkin emas edi. Ziddiyat yanada keskinlashb bordi. shular zamirida san’atning mafkuraviy kurashdagi roli ortib, uning uslubiy rang-barangligi kengayib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |