O`zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o`rtа mаxsus tа`lim vаzirligi



Download 0,91 Mb.
bet24/55
Sana26.07.2021
Hajmi0,91 Mb.
#129174
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
МАЖМУА.Jahon san'ati tarixi 2019-20. (6)

GLOSSARIY

Abaka (grek.— xontaxta, hisob taxtasi) — kapitelning yuqori qismi, arxitrav bevosita suyaladigan, ko‘pincha to‘g‘ri burchak formasidagi plita, (qarang: Kapitel).

Absida — ibodatxona yoki soborning sharqiy qismidagi yarim aylana shaklidagi me’morlik hajmi.

Avtolitografiya (rpek.«auto>— o‘zim, «litos»— tosh va «grapho» — yozaman, chizaman) — litografiyaning^ ishlash usullaridan biri. Bunda rassom o‘z g‘oyasini dastlab toshga o‘iib ishlab oladi va undan qogoz sathiga tu shiradi. Qog‘ozda, bevosita rassom o‘zi tomonidan tushirilgan surat ham A. deb yuritiladi. A. tosh sathini o‘yish, shu o‘yilgan tosh yuzasidagi tasvirni qorozga tushirishda rassom doim kuzatib, o‘zgartirishlar kiritib boradi. Shuning uchun ham bunday asarlar ijodkorning asl ishi sifatida qadrlanadi.

Avtoportret — portret janrining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, rassomning o‘z ko‘rinishini o‘zi ishlagan rasmlar.

Agora — savdo maydoni. Qadimgi Gretsiyada quyi shahar markazi bo‘lib, siyosiy yig‘ilishlar uchun ham foydalanilgan.

Akademizm — klassitsizmning so‘nggi ko‘rinishi.

Akanf (grek, «akantho» — manzarali, dekorativ) — o‘simlik. Urta Yer dengizi mamlakatlarida keng tarqalgan, uning barglari korinf ustunlarining kapitellari va turli manzarali (dekorativ) yo‘nalishlar uchun naqsh namunasi bo‘lib xizmat qilgan.

Kapella (ital.) — kichik butxona.

Akveduk (latin. «agya»—suv, «duco» — boshlab boraman) — vodopro­vod trubalarining chuqur jarliklar, daralar yoki daryo vodiylaridan olib o‘tish uchun kerak bo‘ladigan toshdan yoki betondan ishlangan, arka, ko‘prikka o‘xshagan inshoot, osma suv quvuri.

Akropol (grek, «akropolis» — yuqori shahar)—aholining urush vaqti- da jon saqlash uchun xizmat qiladigan (berkinadigan), tepalikka quril- gan va mustahkamlangan qadimgi grek shaharining qismi, uning qal’asi.

Akroteriy (grek, «akroterion» — cho‘qqi, fronton) — antik binolar fron- tonining burchaklari ustiga va markaziga qo‘yilgan haykal yoki naqsh motiv- lari.

Allegoriya — o‘z ma’nosidan boshqa ma’noga ko‘chirilgan ifoda.

Al-fresko (ital. «a’fresco» — ho‘l yuza ustidan) — devoriy surat ish­lash texnikasi ko‘rinishlaridan biri. Ho‘l suvoq ustidan rayem ishlash.

Amaliy grafika — grafika san’atining turlaridan biri. Turli xil- dagi etiketkalar, konvert yuzasiga ishlanadigan rasmlar, tabrik xati va telegrammalar, markalar shu turga mansubdir.

Amfiteatr (grek, «amphi» — ikki tomondan, atrofdan, «theatron» to­mosha joyi) — qadimgi Gretsiya teatrlarida tepa qiyaligiga yarim doira shaklida joylashgan tomoshabinlar joyi.

Amfora (grek, «amphi» — ikki tomondan, «phero» —olib boraman)— keng qorinli, ikki vertikal qo‘l ushlagichli va ingichka ogizlik vaza. Bunday idishlarda vino, zaytun moyi va suv saqlanar edi. (qarang: so-

Animalist (latin.«animal» — hayvon) — hayvonlarni tasvirlovchi ras­som yoki haykaltarosh.

Ansambl (fransuz,«ensemble» — birga) — me’morlikda yaxlit kompo-

zitsiyani tashkil etish uchun bir guruh binolarning bir joydagi ulan-

gan, kelishilgan birligi.

Arka (toki, ravoq) (latin. «arkus» —yey, egma)

Baptisteriya — butxona.

Bulevteriya (ital.) — majlis binolari.

Vitraj (frans. deraza shishasi) — rangli shisha oyna bilan dekora­tiv xarakterdagi naqsh yoki tasvir ishlash. Odatda, rom derazalariga shunday tasvirlar ishlanib, ular o‘zidan nur o‘tkazish hisobiga turli ko‘­rinish hosil qiladi.

Volyuta (lotin. voluta— gajak, jimjimador). Gajak (jimjimador) yoki spiral ko‘rinishdagi naqsh ^ornament), bezak. Ion kolonna kapiteli- ning xarakterli qismi (q. kapitel).

Galereya (ital. galleria— binoning alohida bulimlarini birlashti- ruvchi uzun va ingichka usti berk xona. Teatrning yuqori qavati ham gale­reya deyiladi. „

Gandxar san’ati—Hindistonning shimolii G‘arbii tomoni, Panjoo va Afgoniston yerlarida eramizning boshlarida tarqalgan va rivojlangan san’at. G. s. mahalliy an’analar asosida shakllangan bo‘lsa ham, qisman grek-rim san’at an’analariga yaqinligi seziladi. Shu yerda Buddaning bi rinchi haykali ishlangan. Uning ikonografik xarakteri Markaziy va Sharqii Osiyo mamlakatlarida ham o‘z kuchini saqlab qoldi. G. s. ning eng yaxshi namunalarida realistik xislatlar paydo bo‘la boshlagan.

Garmoniya (grek, hasmonia— bogliq bo‘lish, munosiblik, muvofiqlik) — badiiy asar qismlarining mutanosibligi.

Me’morlikda garmoniya, binoning atrof manzarasiga masshtab buiicha mosligini, kompozitsion rejaning barqarorligi va birligini, ayrim bu- limlarning bir-biriga muvofiqligini bildiradi.

Gemma (latin. gemma— qimmatbaho tosh, marvarid) — tasvir tushi- rilgan kesilgan tosh. Toshtaroshlik san’ati gliptika deyiladi.

Gemmalar uchun yumshoq toshlar bilan bir qatorda, qattiq toshlar ham ishlatilgan. Uyib tasvir tushirilgan gemmalar (intalyo) ko‘pincha muhr o‘rnida ishlatilgan. Qatlamlik toshlardan (oniks, aqiq) kameyalar bo‘rtma naqshli gemmalar ishlangan.

Gliptika — yuzasi nafns bo‘rtma tasvir (relyef) bilan qoplangan si­lindrik muhr, tumorlar.

Gorelyef (fransuz, yuqori relyef) — haikaltaroshlikning bu turida tasvirlar yuzaga nisbatan sezilarli darajada bo‘rtib chiqqan bulishi va ba’zida o‘z ko‘rinishi bilan dumaloq haykalga o‘xshashi mumkin, lekin ou haykallarning biror qismi albatta, yuzaga yopishgan bo‘ladi. Q. relyef.

Gravyura (fransuz, «graver» so‘zidan olingan bo‘lib, «uimoq») ras­som biror tekis yuza (taxta, linoleum, metall) ni maxsus o‘yish uchun ish latiladigan asbob — shtixel bilan o‘yib tasvir chizadi. Bu yuzada tasvir hosil bo‘ladi. Buni «klishe» deb nomlanadi. Klishe yuzasiga buyeq surtiladi, so‘ng u qoroz yuzasiga tushiriladi. Klishedagi o‘yiq joy qogozda oq, yuza esa klishega surtilgan bo‘yoq rangida tushadi. QoG‘ozda hosil bo‘lgan tasvir gravyuradir. Lekin gravyura uchun ishlatilgan yuza materialiga qarab (linoleum, yog‘och, metall), turlicha nomlanadi. Masalan, gravyura li- noleumga tushirilgan bo‘lsa, linogravyura, yogoch yuzasiga tushirilgan bo‘lsa, ksilografiya deb nomlanadi va h. k.

Grafika. Hozirgi zamon san’atining keng tarqalgan turlaridan biridir. Bu san’atga oddiy qora qalamda chizilgan surat, tematik kompozitsiyalar, kitobning ichki va tashqi tomoniga ishlangan turli badiiy chizma va bezak rasmlar, plakatlar, gugurt qutichasiga ishlangan suratlar, etiketkalar, turli xildagi markalar kiradi. Grafika san’atiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri shundaki, unda voqelik, asosan, turli uzunlik va qalinlikdagi chiziqlar yoki oq-qora bo‘yoqlar yordamida aks ettiriladi. Grafika san’ati asarlari hajm jihatidan uncha katta bo‘lmay, ko‘p hollarda qogozga ishlanadi.

Grafika san’atida rang ishlatilmaydi, ishlatilsa ham, uning xarakterli tomonini belgilamaydi. Grafika tushunchasi keng ma’noga ega bo‘­lib, u o‘z ichiga plakat, illyustratsiya, karikatura, sharj, ekslibris, grav­yura, amaliy grafika, qalamtasvir asarlarini oladi.

Grafika to‘rt turga: dastgoh grafika, gazeta-jurnal grafikasi, plakat va amaliy (yoki sanoat) grafikaga ajraladi.

Bu turlardan har birining o‘ziga xos tomonlari bo‘lib, ular o‘z ta- rixi va spetsifik xususiyatiga ega bo‘lsa ham, lekin ularning hammasi grafika asarlari deyiladi.

Grifon (frans. griffon) — burgut boshli va sher tanali, qanotli fantastik hayvon.

Dastgoh grafika. Mustaqil xarakterga ega bo‘lgan, o‘zida tugal fikrni anglata oladigan, yangi goyalarni ilgari suradigan grafika asarlari.

Dekor (lotin. decorase) — bezash.

Diorama (grek, gia— ichkari, horama— ko‘rinish) — tasviriy san’at ning ko‘rinishlaridan biri. Boshqa badiiy vositalar bilan to‘ldirilgan rangtasvir. (Masalan, teatr dekoratsiyasi).

Diptix (grek, diptichos— ikki qatlangan) — o‘rta asrlar san’atida keng tarqalgan, ikki qismdan iborat relyef va rangtasvirdan tuzilgan asar.

Diadema (grek, diadema) — qadimgi Gretsiya kohinlarining boshini borlaydigan narsa, keyinchalik hukmdorlik belgisi sifatida ochiq tojga o‘xshatib ishlangan qimmatbaho ayollar bezagi.

Dipter — atrofi ikki qator ustunlar bilan o‘ralgan ibodatxona.

Dolmen — tik o‘rnatilgan 2 yoki 4 ta tosh ustidan yassi tosh bostiril- gan yodgorlik (Ibtidoiy davrlarda ko‘plab qurilgan).

Dromos (grek, dremos)—qoya yoki yerni o‘yib, yer ostidagi saganaga yoki dafn qilinadigan xonaga olib boradigan usti berk yo‘lak.

Era— yapon moybo‘yoq rangtasviri.

Janr (fransuz, tur ko‘rinish). Tasviriy san’atda janr deyilganda, chegaralangan mavzuni o‘zida aks ettiradigan san’at asarlari tushuniladi. Masalan, manzara, tabiat ko‘rinishlarini aks ettiradigan rasmlarni manza- ra janriga oid rasmlar deyiladi. Alohida yoki odamlar to‘pini aks et­tiradigan rasmlar esa portret janridagi rasmlar deyilsa, meva, gul, uy buyumlari va shunga o‘xshash narsalarning tasvirini aks ettiruvchi rasm­lar natyurmort janridagi rasmlar deyiladi va h. k.

Zikkurat (Old Osiyo) — tepaga kichrayib boruvchi supachalardan tashkil topgan minora.

Ikona (grek, eikon— tasvirlash) — diniy rangtasvirning dastgoh asari. Odatda, yogoch taxtalar ustiga tuxumdan tayyorlangan bo‘yoqlar bilan ishlangan (ularda ko‘pincha xristian xudolarining tasvirlari bo‘lgan).

Illyuzionizm (lotin. illusio— aldash, ustidan kulish) — voqelikning asl mazmunini aks ettirishdan yuz o‘girib, uning tashqi ko‘rinishinigina tasvirlashga e’tibor berish.

Illyustratsiya — kitob hamda gazeta-jurnal grafikasining ko‘rinishla­ridan biri bulib, biron-bir tekst yoki hikoya bilan borliq bo‘lgan shu hikoyadagi biron-bir lavhaning ko‘rinarli tasvirini aks ettiradigan rasmlardir.

Inkrustatsiya /(latin.)—har xil materiallar birlashtirilib, san’at asari yaratish.

Interyer (frans.) — binolarning ichki qismi.

Kazino — yozgi uycha.

Kannelyurlar (frans.)—ustundagi vertikal tik ariqchalar.

Kapitel (latin. — kalla, bosh) — ustunning yuqori qismi bezagi.

Kariatida (grek.) — devor yoki binoning biror qismini ko‘tarib tura- digan qizlar haykaliga o‘xshash ustun.

Karkas (frans.—skelet, asos) — binoning asosi, sinchi.

Kastel — protestant cherkovi, ibodatxona.

Keramika (grek.— loydan qilingan, kulolchilik) — kulolchilik san’­ati va undan tashqari, tabiiy loydan ishlangan buyumlar.

Kessonlar (frans.) — ship, ravoq, qubbalardagi kvadrat shaklidash chuqurlik.

Kilik (grek.— qadah) — sharob ichish uchun ishlatiladigan oyoqli, ikki gorizontal bandli idish.

Kitob va gazeta-jurnal grafikasi. Grafikaning bu turi dastgoh grafikasidan farq qilib, bevosita kitob va jurnal mazmuni bilan bogliq bo‘ladi hamda ularning maqsad va mazmunini to‘laroq ochish uchun xizmat qiladi. Kitob va gazeta-jurnal grafikasiga rassom tomonidan kitob va gazetaning ichki hamda tashqi tomoniga chizilgan turli rasmlar, bezaklar, harf kompozitsiyalari kiradi.

Klassitsizm (latin. «classicus — klassik, namunali, barkamol). Klas­sik san’at deb, antik davrlarda o‘zining yuqori cho‘qqilariga erishgan qa­dimgi Gretsiya; va qadimgi Rim| san’ati tushunilgan. Klassitsizm deyilganda, antik davr klassik san’ati merosida shakllangan va unga taqlid qilish natijasida yuzaga kelgan san’at tushuniladi. Klassitsizm XVIII—XIX asrlarda Yevropada keng tarqalgan. Rossiyada klassitsizm san’ati 1757 yildan boshlanadi.

Kondo (yapon.) — asosiy ibodatxona.

Kompozitsiya (latin. «compositio» — tuzilish, qurilish) — badiiy asardagi obrazlar va badiiy vositalarning muayyan royaviy maqsadga xizmat qiladigan tartibda joylashishi va ularning munofiqligi.

Kapella — butxona, nefning bo‘lagi.

Kora (qadimgi Gretsiya)—muqaddas kiyimga o‘ralgan qizlar haykali.

Krater (grek.)—suv bilan sharob aralashtiriladigan idish .

Ksilografiya — qarang: gravyura).

Kuros (qadimgi Gretsiya) —jangchi, kiyimsiz yigit tasviri.

Litografiya (grek, «litos» — tosh va «grapho» — yozaman, chizaman) — tasviriy san’atda grafika texnikasining keng tarqalgan ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, tasvirni toshga yoki maxsus ohaktoshlarga o‘yib ishlash.

Manyerizm (ital.) — tabiatdan uzoqlashish, uning qonun-qoidalariga rioya qilmagan holda asarlar yaratish. Uyronish asrining yuksak ideallariga zid, reaksion oqim.

Mastaba (qadimgi Misr)—qabr ustiga ishlangan, tepaga tomon kich­rayib boruvchi supachalardan tashkil topgan qurilma.

Meandr — antik san’atda keng tarqalgan to‘g‘ri burchak shaklida ish­langan uzluksiz chiziqli naqsh. Uning nomi kichik Osiyodagi ilon iziga o‘x shab, buralib oqadigan daryo nomidan olingan.

Megaron — saroydagi shoh xonasi.

Mengirlar — ibtidoiy^ tuzumga mansub arxeologii yodgorliklar, yakka va halqa yeki «alleyalar» bo‘lib joylashgan yirik toshlar.

Naos (grek.) —qadimgi yunon ibodatxonalarining markaziy qismi — muqaddas xona. Bu yerda xudolar haykali qo‘yilgan. Sella deb ham yuritiladi.

Nervyura — egri ravoqlarning qirrasi, qovur.

Nef (frans. korabl) — ibodatxona yoki sobor ichki qismining ustun- lar qatori bilan ajratilgan bo‘lagi.

Nixonga — an’anaviy yapon rangtasviri.

Ovinlar — odam boshli, qo‘y tanali fantastik sayvonlar.

Order (latin. «ordo», frans. «ordre»—tartib)—ustun va to‘sinlardan iborat konstruksiyalarda turli qismlarning o‘zaro muvofiq bo‘lishi, ular­ning tartibiy va badiiy uslubi. Orderlar uch turda—doriy, ion va Ko­rinf bo‘lib, bu nomlar qadimgi Yunonistondagi mahalliy qabila va man- zillar nomidan olingan. Ustun (kolonna), bosh qismi (kapitel) va poy- ustun kursi (baza)dan tashkil topadi. To‘sin qismi ustma-ust joylashgan arxitrav (bosh ustun), friz va karnizdan iborat bo‘lib, ular birgalikda antablimentni tashkil etadi.

Ofort—gravyuraniyg metallga o‘yib ishlash texnikasi usullaridan biri

Pagoda (xitoy.) — minora.

Palatsso — shahardagi saroy. Keyinchalik «jamoat binosi» deb yuritilgan.

Palmetka (frans.) — palma daraxti barglarini eslatuvchi rassom­lik va haykaltaroshlik bezagi.

Panel (latin.) — mato parchasi, xona devorining pastki qismi.

Panno— (qarang: Rangtasvir).

Plastika— 1. Haykaltaroshlik. 2. Silliq, mayin, egiluvchan.

Peripter — hamma tomondan ustunlar bilan o‘ralgan aylana yoki to‘rt- burchak shaklidagi antik ibodatxona.

Pilyastr — devorning ishlov berilgan kapitel va bazali ustunga o‘x­shash, tekis to‘rtburchak shaklidagi bo‘rtgan joyi.

Plakat (latin.— e’lon, guvohnoma). Grafika san’atining turlaridan biri bo‘lgan plakatda tasvir va yozuvlar yoki faqat yozuvlar o‘zining badiiy ifodasi orqali davrning eng muhim voqealarini tomoshabinga yetkazadi, uni kurashga da’vat etadi, ogohlantiradi, tushuntiradi.

Plener — ochiq kenglik.

Polis — (grek.) — shahar-davlat.

Propilei (grek.) — darvozaxona, asosiy kirish darvozasi.

Protorenessans (grek, protos— dastlabki, frans. Renaissaus uyronish)— italiya san’ati va madaniyati rivojlanishidagi bosqich XIII—XIV asrlarga to‘g‘ri keladi. Ko‘p jihatdan bu davr san’ati Uygonish davri san’atiga zamin bo‘lgan.

Pyedestal — Haykal va haykallar gruppasi o‘rnatiladigan shohsupa—asos.

Rangtasvir — Devorlarga ishlangan turli rasmlar, polotnolarga chi­zilgan surat, kino va teatr dekoratsiyalari. Bu san’atda rang muhim o‘rin ni egallaydi va uning xarakterli tomonlaridan birini tashkil qiladi. Grafika san’atida rang shunchaki yordamchi vazifani o‘tasa, rangtasvirni esa rangsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Rassom rang orqali borliqni ko‘rinarli obrazlarda tasvirlaydi, ma- konning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini, hajmini ko‘rsatadi.

Rangtasvir asarlari o‘zining vazifasiga ko‘ra, monumental, dastgoh va dekorativ-bezak san’atlariga ajratiladi.

Monumental rangtasvir me’morlik bilan chambarchas borliq bo‘lib, unda ijtimoiy jamiyat hayotidan olingan muhim voqea va hodisalar aks ettiriladi. Bunday asarlar odatda, uzoqdan ko‘rishga mo‘ljallanganligi tufayli obrazlarni iloji boricha umumlashma tarzida tasvirlashga mayda detallardan kamroq foydalanishga harakat qilinadi. Ranglar ham birmun- cha shartli olinadi, lekin bu borliq to‘g‘risida real tasavvur berishi ke- rak. Monumental rangtasvir me’morchilik ansamblida ma’lum miqdorda bezak vazifasini o‘taydi, shuning uchun ham ba’zan monumental-dekorativ rangtasvir deb ham yuritiladi.

Monumental rangtasvir bajarilgan ishning usuliga qarab, o‘z navbatida, bir necha turlarga bo‘linadi. Bular: freska (devoriy surat), mo­zaika va pannodir. Freska, odatda, devorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri suvoq ustiga ishlanadi. Mozaika rangli tosh, shisha, buyalgan oyna, sirli sopol parchalaridan ishlanadi. Devorga ishlangan surat yoki o‘yma naqshlarning ba’zan har xil shakldagi ramkalar (to‘rtburchak, kvadrat, beshburchak va h. k.) bilan chegaralanishi esa pannodir. Panno dastlab alohida yuzada (xolstda, ganchda, ^yogochda) ishlab olinib, bitgandan so‘ng devorlarda qoldirilgan maxsus o‘rinlarga o‘rnatilishi mumkin. Lekin u mazmun jihatdan mustaqil xarakterga ega bo‘ladi. Ba’zi hollarda panno dastlab xolstga moybo‘yoqda ishlab olinib, keyin kerak bo‘lgan o‘ringa yopishtiriladi. ,

Dekorativ rangtasvir. Bu san’at me’morchilik va amaliy san’at bi­lan boG‘liq bo‘lib, asosan, bezash vazifasini o‘taydi (dekorativ so‘zining ma’nosi ham latincha bezash demakdir). Ishlatiladigan buyumlarning go‘zal bo‘lishi uchun bu san’atdan foydalaniladi. Bu rangtasvirda ko‘p hollarda mazmun tezda ko‘zga tashlanmaydi va bezatilayotgan buyum shakliga qarab o‘zgarib boradi. Dekorativ rangtasvirga naqqoshlik san’ati, teatr, kino dekoratsiyalari kiradi. Dekorativ rangtasvir ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri biror yuzaga (masalan, devor, buyumlar yuzasiga va h. k.) ishlanishi, panno va mozaika tarzida bo‘lishi mumkin.

Dastgoh rangtasvir hozirgi zamon tasviriy san’atida eng ko‘p tarqalgan . san’at turlaridan biri hisoblanadi. Odatda, bunday suratlar maxsus yasalgan ramkaga tortilgan matolar ustiga ishlanadi. Bunday rasmlar mol­bert deb ataladigan alohida dastgohda ishlangani uchun ham dastgohli rasmlar deyiladi.

Bunday rangtasvir asarlari ijtimoiy jamiyatda bo‘layotgan muhim voqea va hodisalarni aks ettirishdan tashqari, shaxsning individual xislatlarini, intim kechinmalari, his-tuyg‘ularini to‘liq ko‘rsatish imkoniyatiga egadir. Shuningdek, ularda tabiatda bo‘layotgan nozik o‘zgarishlar, undagi rang-baranglik va go‘zallik o‘zining yorqin ifodasini topadi. Dast­goh rangtasvir monumental va dekorativ rangtasvirdan farqli o‘laroq, boshqa biron san’atga bevosita boglanmaydi. Dastgoh rangtasvir hozir- javob san’atdir. U hayotda bo‘layotgan voqea va hodisalarni tezkorlik bi­lan tasvirlash va omma orasiga yoyish imkoniyatiga ega.

Rakus (fransuz, qisqartirish, kalta qilish) — predmet shaklining ha- qiqiy ko‘rinishini o‘zgartiradigan perspektiv qisqarish.

Ratxa (hind.) — yaxlit qoyalarni yo‘nib ishlash hisobiga yaratilgan ibo­datxona.

Rassomlik — rangtasvir tushunchasi ba’zi adabiyotlarda rassomchilik (rassomlik), nafis san’at, jivopis deb berilgan. Biz rassomlik iborasini ishlatganda, umuman, rassomlar ishlagan suratlarni — rangtasvir va grafikani nazarda tutamiz.

Renessans — Uyg‘onish san’ati.

Relyef (fransuz, yuza). Relyeflarni faqat bir tomondan ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, bu haykaltaroshlik asarlari dumaloq haykaltaroshlikdan shu bilan farq qiladiki, unda kenglik, tabiat manzaralarining ko‘rinishi ham aks etadi, hayotda sodir bo‘ladigan voqealar ma’lum muhitda ko‘rsatiladi. Shuning uchun bunday relyeflar ba’zan san’at tarixida perspektivali relyef deb ham yuritiladi.

Relyef, o‘z navbatida, barelyef, gorelyef kabi turlarga ham bo‘lina­di. Bulardan tashqari, relyefning yana bir turi bor. Bu o‘yib ishlangan relyeflardir. Bunday relyeflar, odatda, tekis yuzaga o‘yib ishlanadi. Yuzani o‘yish natijasida hosil bo‘ladigan yorur — soya o‘yini hisobiga tas­vir ko‘zga tashlanadi. Bunday relyeflarning imkoniyati chegaralangan bo‘ldi.

Stellobat — tosh asos, tosh supa.(xind.) buddizm bilan bog‘liq bo‘lgan me’morlik yodgorligi

Sfinks—odam boshli, sher tanali afsonaviy hayvon.

Syujet (frans.—predmet, narsa, harakat). 1. Tasviriy san’atda — tasvirlangan predmet yoki voqea tushuniladi. 2. Hayotiy voqea, lavha.

Tasviriy san’at —tushunchasi keng ma’noga ega bo‘lib, grafika, rangtas­vir, haikaltaroshlik san’ati ham shu tushunchaga kiradi.

Terrakota (italyan.)—pishirilgan loy demakdir. Haykaltaroshlik san’atining ko‘rinishlaridan hisoblanadi.

Sella — ibodatxonaning asosiy xonasi.

Chaytya (hind) — gor ichiga ishlangan ibodatxona.

Ellinizm (grek —elliv)—eramizdan avvalgi IV—I asrlar. U rta Yer dengizi xavzasida grek-makedon davlati hukmronligi davri.

Agni — Olov xudosi.

Agamemnon — Mikenaning afsonaviy shohi (Gomer bo‘yicha).

Antey (grek, mifologiyasi)—qadimgi yunon afsonalaridagi liviyalik pahlavon Poseydon va Geya (Yer)ning o‘rli. A. ga yakkama-yakka kurashda Ge­rakl bas kelolmagan, chunki har gal uning oyogi yerga tekkanda, Yerdan tuganmas kuch-quvvat olib turgan. Bu sirdan voqif bo‘lgan Gerakl A-ni •yerdan dast ko‘tarib, havoda bo‘gib o‘ldirgan.

Apollon — quyosh va san’at xudosi.

Artemida (grek mifologiyasi)—Zevs va Letonning qizi. Apollonning singlisi. Rimliklar Diana deyishadi. Noz-ne’mat xudosi, hayvon va ov- chilik homiysi.

Atreya — Mikenaning afsonaviy podshosi.

Afina — hunarmandchilik va dehqonchilik ma’budasi.

Afrodita—(grek mifologiyasi. Rimliklarda Venera deb yuritiladi). Go‘zallik va muhabbat ramzi. Afsonalarga ko‘ra, Afrodita dengiz ko‘pigidan paydo bo‘lgan, ayrim manbalarda Zevs qizi deyiladi.

Ashurbanipal — Ossuriya podshosi (er. av. 668-633 yillar).

Bodisatva (hind.) — nirvanaga erishgan avliyolar.

Braxma (hind.) — dunyoni yaratuvchi.

Vakx (ital.) — vinochilik xudosi (greklarda Dionis).

Varvar — qadimda greklar grek tilida gapirmagan odamni shundan atashgan. ‘

Venera (ital.) qarang: Afrodita.

Viktoriya — g‘alaba xudosi Nika.

Vishna (hind. mifologiyasi)—quyosh xudosi.

Vorfolomeydagi tun (grek, mifologiyasi, chaqaloqlarni o‘ldirish) — podsho Iuda Vorfolomeyda Iso tugilganini eshitib, shahardagi yangi tug‘ilgan chaqaloqdan tortib, to 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘ldirishni buyurgan.

Vulkan — temir va olov xudosi, yunonlarda Gefest.

Gerakl — o‘z bolalarini o‘ldirgani uchun 12 og‘ir vazifani bajarishn zarur bo‘lgan. Har bir vazifani bajarish esa o‘lim bilan barobar bo‘l­gan.

Germa (grek, degma)—savdo-sotiq va sayyohlarning xudosi Germesning haykalchasi o‘rnatilgan marmar, bronza yoki tosh ustun. Odatda, germalar yo‘llar, maydonlar va shahar ko‘chalariga o‘rnatilgan.

Gefest (grek.)—temir va olov xudosi

Geya — Yer ma’budasi, gigantlarning onasi.

Gigantlar — (grek, mifologiyasi) Yer xudosi Geyaning o‘g‘illari.

Dionis — vino xudosi.

Donator (ital.) — ibodatxonalar uchun ko‘p mablar sarflagan, zakot bergan shaxe.

Indra (hind) — momaqaldiroq xudosi.

Kentavr — yarim odam, yarim ot ko‘rinishidagi afsonaviy hayvon.

Mars — urush xudosi.

Matvey (avliyo) (xrist.) — Isoning shogirdi, Iso haqidagi hikoyalar- ning avtori.

Medeya (grek, mifologiyasi) — qudratli sehrgar, u odamga yoshligin» qaytara olgan.

Merkuriy — savdo xudosi.

Nefertiti — fir’avn Exnatonning xotini.

Novxudonoser II— (Old Osiyo) Yangi Bobil podshosi (er. av. 604—562 y.).

Orfey — qadimgi grek afsonalaridagi shoir va baxshi. U qo‘shiq ayt^ ganda odamlar, hayvonlar va hatto, daryolar to‘xtab, quloq solar ekan.

Parnas — Gretsiyadagi tog‘, afsonalarga qaraganda, shu tog‘da poeziya xudosi Apollon va 9 muza yashagan.

Pegas (grek.) — qanotli ot.

Pelops—I-Olimpiya o‘yinlariga asos olgan shaxe.

Poseydon — dengiz xudosi.

Priam — Troyaning afsonaviy podshosi (Gomer bo‘yicha).

Prometey (afsonaviy qahramon) —Gefestdan olovni o‘rirlab, odamlarga bergan. G‘azablangan Zevs Gefestga Prometeyni Kavkaz toriga zanjirband qilib tashlashni buyurgan. Zevs har kuni bir burgut yuborib turgan va u Prometeyning jigarini cho‘qib yeb bitirgan.

Satir — o‘rmon xudosi.

Fetida — Axillning onasi.

Filoktet (grek. Misr)—fassalik o‘qchi, Geraklning yoyini ishlatgan. U greklarning qahramoni Parisni yenggan.

Xiazm (grek.) — chiroyli harakat.

Shamash (Old Osiyo mifologiyasi) — Quyosh va adolat xudosi.

Shiva (hind.) — kuchli ofat keltiruvchi, homiylik qiluvchi, yaratuvchi xudo.

Evridika — o‘rmon nimfasi, Orfeyning xotini.

Eney — Troya shahrnning afsonaviy himoyachilaridan biri, ma’budaning o‘rli, go‘yo Avgust va Sezar ururi shu Eneydan tarqalgan.

Enomeya — Olimpiya o‘yinlarining asoschilaridan.




Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish