374
TIROKSIN – (tetrayodtironin) umurtqali hayvonlar qalqonsimon bezi ajratadigan
yod tutuvchi gormon.
TOKOFERAL - E vitamin, o‗simliklarda sintezlanadigan va yog‗da eriydiga
vitamin. Organizm jinsiy jarayonlarida muhim ahamiyatga ega.
TOKSINLAR – tabiiy zaharlar; ayrim mikroorganizmlar, o‗simliklar va
hayvonlarda hosil bo‗ladigan oqsil tabiatli va oqsil tabiatiga ega bo‗lmagan
moddalar. Masalan, arilar, ilonlar, chayonlar, o‗rgimchaklar zahari.
TONUS – nerv markazlarining va muskul to‗qimalarining uzoq vaqtgacha
charchamagan holda o‗z tarangligini saqlab turish qobiliyati.
TRANS... – yo‗nalish, harakat ma‘nosini anglatuvchi old qo‗shimcha.
Do'stlaringiz bilan baham: