SINOSTOZ – suyaklararo biriktiruvchi to‗qimaning suyaklanib ketishi bilan
suyaklarning o‗zaro birikishi.
SINTEZ –oddiy moddalardan murakkab birikmalar hosil bo‗lishi. Masalan,
aminokislotalardan oqsil hosil bo‗lishi.
SISTOLA – odatda yurak qisqarishini anglatadigan atama. Qorinchalar sistolasi
natijasida qon katta va kichik qon aylanish doiralariga haydab chiqariladi.
Bo‗lmalar sistolasi paytida esa qon qorinchalarga o‗tadi. Bo‗lmalar sistolasi uchun
0,1 sek. qorinchalar sistolasi uchun 0,3 sek. Vaqt ketadi. Odam yuragi har bir sistola
davomida 60-70 ml. qon chiqaradi.
SISTEMOGENEZ-Turli funksional tizimlarning ketma-ket shakllanishi
SPERMATOZOID- – erkak jinsiy bezlarda (urug‘donda) juda ko‘p miqdorda
xosil bo‘ladi. Spermatozoidlar harakatchan hujayralar bo‘lib, odamda ularning
o‘lchami 50-70 mkm dan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |