97
Jo`gi - Samarqand viloyati Narpay rayonidagi qishloq nomi. Jo`gi — O`rta Osiyo
lo`lilarining bir qavmi. Jo`gi so`zining «qashshoq», «kambag`al» ma`nosi ham bor.
Dapsan — tog` yonbag`ridagi tekis maydoncha, supa degan ma`noni anglatadi. Farg`ona
viloyati O`zbekiston rayonida Depsan degan qishloq bor. Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on
rayonida Jo`gidapsan degan tepalik ham bor.
Qo`shxavut — Samarqand viloyati Xatirchi rayonidagi qishloq nomi.
SHu qishloqliklar va
Nurota rayonining qo`shni qishloqlarida yashaydiganlar hovuzni «hovut» deyishadi. Hovuz so`zi
o`zbek tilining barcha shevalarida arabchaga aslida yaqin shakllarda («ovuz», «avuz» deb)
tallaffuz etiladi. Qishloqda ikkita hovuz bo`lganligi sababli erli xalq Qo`shhovuz — Qo`shhavut
deb atay boshlaganlar.
Gonchi — Samarqand viloyati Oqdaryo rayonidagi ariq va Tojikiston Jumhuriyati Xo`jand
rayonidagi qishloq nomi. Gon (gonchi) so`zi tarixiy manbalarda, jumladan Alisher Navoiy
asarlarida ko`p uchraydi. Gonchi — it g`ajib uzmasin uchun o`ning arqoniga bog`lanadigan
yog`och, jun to`qimini tishlab iflos qilmasin uchun otning bo`yniga bog`lanadigan
tayoq ham
gonchi deyiladi.
Afrosiyob — Samarqand shaxrining dastlabki nomi. Hozir arxeologiyaga oid kurikxona
shu tepalikdan topilgan arxeologiyaga oid topilmalar Samarqandning yoshini aniqlashda asos
bo`lib xizmat qiladi. Sug`dcha par siyov (par siyoh ob) — qora suv tepaligi degan ma`noni
bildiradi. YA. G`. G`ulomovning fikricha, Solor,
Kaykovus, Zolariq va Afrosiyob nomlari
«SHohnoma» kitobi ta`siri ostida maydonga kelgan bo`lsa kerak.
Varaksar — Samarqand yaqinidagi Robotxoja qish-log`ining oldingi nomi. Bu so`z
«varg», «bandivarg» shaklida Rudakiy asarlarida ham tilga olingan, Varaksar «to`g`on boshi»
demakdir. Haqiqatan ham o`rta asrlardayoq bu qishloq yonida Zarafshonga to`g`on qurilib,
daryo
suvi uch tarmoqqa bo`lingan. Bu ariqlar keyinchalik Darg`om, Abbos va Qoraunus deb atalgan.
YAqin vaqtlargacha Zarafshon vodiysidagi Barkbon shahri yaqinidagi Varakdex — To`g`on
qishlog`i bo`lgan. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi.
SHunday qilib o`qituvchi keltirilgan tarixiy-geografik joylarning nomlari va toponimlaryga
asoslanib, mazkur darsda Samarqand va uning vohasida juda ajoyib va turli-tuman nomlarning
bir guruhinigina ko`rib chiqishga muvaffaq bo`linganini, o`quvchilar ham o`z jonajon maktabi,
jamoa va davlat xo`jaligi, qishloq va rayon hududidagi nomlarning kelib
chiqishi bilan qiziqishi
hamda mana shunday toponimik ma`lumotlar yig`ishi zarurligi, bu esa ularga jonajon o`lka
tarixini o`rganishda, mustaqil ijod qilishda olgan bilimlarini chuqurlashtirishda yaqindan yordam
berishini ta`kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: