О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/145
Sana15.07.2021
Hajmi0,84 Mb.
#119512
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   145
Bog'liq
2 5328246701255820786

Varg`anza  —  Kitob rayonidagi qishloq nomi. Maxalliy aholining ko`pchiligi anorchilik 
bilan shug`ullanadi. Aytishlaricha, bu erga boshqa erlardan kelishib anor o`g`irlab ketishgan. Bu 
voqea muntazam takrorlanib turgan. SHuning uchun bu qishloqqa «varg`anza», ya`ni anor 
o`g`irlanadigan joy, deb nom bergan ekanlar. B. Ahmedov ta`rificha «var» so`zi so`g`diycha 
bo`lib, «shamol», «g`anza» — koni, ya`ni shamol koni degan ma`noni bildiradi. Hozir hdm bu 
qishloq shu nom bilan ataladi.
 
SHahrisabz  —  Qashqadaryo viloyatiga qarashli shahar. Bu nom XVI asrda tilga olinadi. 
SHaharning qadimgi nomi Kesh. XV —  XVI asrlardagi tarixiy manbalarda, chunonchi, xoja 
Axrorning vaqf hujjatlarida va «Boburnoma» da Kesh va SHahrisabz nomlari parallel’ 
ishlatiladi. SHahrisabz — «Ko`kalamzor shaxdr», ya`ni «YAshil shahar» demakdir. XIV — XV 
asrlarda Amir Temur va Ulug`bek davrlarida SHahrisabzda qator monumental binolar — sarof, 
masjidlar, maqbara va boshqalar qurildi. Bu inshootlarning xarobalari hozirgi vaqtda noyob 
me`morchilik yodgorligi sifatida saqlanib qolgan.
 
YAkkabog`  —  Qashqadaryo viloyati YAkkabog` rayonidagi shu nomdagi aholi 
yashaydigan joy nomi. Aytishlaricha, dastlabki vaqtlarda hozirgi YAkkabog` rayoni o`rnida 
axoli kam bo`lgan. Bularning  ham ko`pchiligi ko`chmanchi xalq bo`lib, chorvachilik bilan 
shug`ullangan. YAkkabog` hududi ekin ekishga qulay bo`lgan. U Hisor tog`iga yaqin bo`lib, 
chashma va mayda soy suvlari YAkkabog`dan o`tadi. Suvning bu jixdtdan qulayligi bog`-rog` 
barpo etishga olib kelgan. Bu joyda oldyn yakka bog` barpo qilingan. YAkkabog`  rayoni   
hududida  bir   necha   qishloq   mavjud.
 
Bulardan biri No`g`aylidir. No`g`aylar haqida aytilgan ayrim gaplar hozir ham xalq 
o`rtasida mavjud. Ikkinchi qishloq — Qatag`on (quvilganlar), uchinchi qishloq — Uchtepa.
 
CHimqo`rg`on — Qashqadaryo viloyatidagi qishloq. CHimqo`rg`on — chim devor bilan 
o`rab olingan joy demakdir. Bu qishloq aholisi talonchilardan saqlanish maqsadida  o`z 
qishloqlarini atrofini devor bilan o`rab olishgan. Bu devor atrofida chuqur xdndaqlar qazib, suv 
bilan to`latib qo`yishgan. Qo`rg`onga kirib chiqadigan to`rtta darvoza bo`lib, ularga ko`tarma 
ko`priklar orqaligina kirilgan. Aholisi qo`rg`on tashqarisida dehqonchilik qilgan. Ular o`zlariga 
to`q va mard kishilar bo`lgan. Qo`rg`onni yov olish mushkul bo`lgan. Qishloq aholisi qo`rg`onga 
suvni tog`dan sopoldan yasalgan quvurlar orqali keltirishgan. Bunaqa quvur yot kishilar uchun 
sir saqlangan, Quvur erga ko`milib, bir uchi tog`dagi buloqlarga bog`langan. Rivoyatda 
aytilishicha, bu qishloqqa yov bostirib keladi, lekin qo`rg`onga bostirib kirish imkoniyatini 
topolmay to`xtab qolishadi. SHu vaqtda CHimqo`rg`on hokimining chiroyli qizi 
bosqinchilarning lashkarboshisiga xufiyona oshiq bo`lib qoladi. U muhabbat deb dushman 
tomonga qochib o`tadi va sir saqlangan suv yo`lini aytib beradi. Bu yovga qo`l kelib, buloq 
og`zini bekitishadi. Suvsiz qolgan xalq sotqinlik natijasida engiladi. CHimqo`rg`on bosib olinib, 


 
85 
devorlari buzib tashlanadi. Sopol quvurlar esa er tagida qolaveradi. Ularning qoldiqlari hozir 
ham o`sha ko`milgan erdan topilmoqda. CHimqo`rg`on qishlog`i devorlari buzilib ketsa ham o`z 
nomini saqlab qolgan.
 
Olaqarg`a  —  shu nomli qishloqning kelib chiqish tarixini bevosita shayx Aqliqiron ota 
nomi bilan bog`lashadi. Aslida qishloq nomi Olaqarg`a emas, Aqliqiron otadir. Uning tarixi 
XVIII asrdan boshlangan. Qishloqning ikki tomonidan ikkita ariq oqib o`tadi. Bularning birini 
—  Past ariq, ikkinchisini —  Katta ariq deyishadi. Ariqlarning bo`yida 2 ta tepalik bor. Bu 
tepaliklardan biri yassi, ikkinchisi baland. Ikkala tepalik hozir ham bor. YAssi tepalik katta ariq 
bilan birlashgan. Aslida avvallari bu tepalik o`rnida odamlar uy qurib yashaganlar. SHu 
tepalikdan 1961 yili katta xum topildi. Xumning ichida eski tangalar, kamon o`qining uchlari 
topildi. Aqliqiron ota vafotidan keyin qishloq shu shayx nomi bilan Aqliqiron ota deb atala 
boshlagan.  XVIII  asrda shayxga atab masjid qurilgan. Qishloq nomi oldin Aqliqiron, so`ng 
Alaqar, keyinchalik Olaqarg`a bo`lib, o`zgarib ketgan. Masjid esa Aqliqiron otaligicha 
qolavergan. Bu masjid hozir ham bor. Hozirgi vaqtda ham qishloq Olaqarg`a nomi bilan atalib 
kelinmoqda.
 
Boybichakon — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod rayonidagi osh tuzi koni. Boybicha — 
boyning katta xotini, ba`zan boy xotin degan ma`noni ham anglatadi. Boybichakon nomi bilan 
atalgan qishloq yonidagi tuz koniga ham shu nom berilgan.
 
SHagarak — Qashqadaryo viloyati CHiroqchi rayonidagi qishloq. Qashqadaryo viloyatida 
istiqomat qilib turgan saroy qabilasi tarkibiga kiradigan qipchoq saroy urug`ining bir qismini 
shagarak deyishadi. Zarafshon vodiysida ham bu urug` shagarak deb atalgan.
 
Uqituvchi Surxondaryo viloyati hududidagi toponimlar tarixini o`rganishdan avval 
Surxondaryo so`zining etimologiyasiga ham qisqacha to`xtalib o`tishi lozim. Viloyat nomining 
kelib chiqish tarixi haqida tushuncha berilgandan so`ng o`quvchilar diqqati uning rayonlari, 
qishloq, ovullari nomlari tarixiga jalb qilinadi.
 
Surxondaryo — tojik tilidan olingan bo`lib, «surx» — qizil, ya`ni Qizil daryo demakdir. 
Surxondaryo bosh oladigan tog` tizmalari, daralar, tog` jinslarida qizil ranglar mavjud. Suv bu 
jinslarni o`zi bilan oqizib kelganligi sababli qizil tusli tuyuladi. SHuning uchun erli xalq — qizil 
daryoni tojik tilida «Surxondaryo» deb atashgan.
 
Termiz  —  Grek  —  Baqtriya davlati davrida Termiz «Tarimita» nomi bilan, 
Makedonskiyning istilochilik davrida «Aleksandriya» deb atalgan. Somoniylar davrida «SHaxri 
somoniy» deb ham atalgan. X asrning oxirida shaxar yana Termiz deb ataladi. Termiz nomi 
«Avesto» yozuvlarida tilga olinadi. Termiz shahri tarixi xaqida ayrim afsonalar mavjud. 
Aytishlariga qaraganda, grek askarlari shaharni bir necha kun qamal qilib turgan. SHaxar 
mustaxkam baland devor bilan o`ralganligi tufayli shaharni ololmay, oxiri hiyla ishlatganlar — 
shahar boshliqlarini qo`lga olib, qarshilik ko`rsatganlarni esa katta bir masjidga qamab, o`t 
qo`yib yuborganlar. SHaxar dushmanlar qo`liga o`tgach, aholi masjiddagilarga achinishib, biror 
kishi yoki tirik jon qoldimi? — deb chaqirganlar. SHunda  masjid ichidan «biz tirikmiz», degan 
sado chiqqan. «Biz tirikmiz» degan so`z bora-bora «termiz» bo`lib ketgan deyishadi. Albatta, bu 
afsona haqiqatdan uzoq. SHahar dastlab Tarmita, Tarmeta deb talaffuz etilgan.
 
SHunday qilib, Termiz Balx shahrining yarmi, daryoning narigi tomonidagi qismi, deb 
hisoblangan. Termiz rayonidagi Namuna kolxozi hududida milodimizning VI —  VII asrlarida 
g`ishtdan qurilgan juda katta Qariqiz binosining xarobalari bor. SHahar Mo`g`ullar tomonidan 
vayron qilingan bir qancha vaqt o`tgandan keyin qaytadan qurilgan.
 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish