89
Omonxona. Afsonada aytilishicha hazrati Ali Boysun tog`larini tomosha qilib yurib, shu
qishloqda dam olgan va yotishda doimo: «omon bo`l», «dushman tegmasin», deb yotar erkan.
Qishloq chuqur darada joylashganki, hozirda ham bu erni topish ancha qiyin. Qishloq janjal-
to`polonlardan xoli bo`lgani uchun ham shunday atalgan bo`lishi mumkin. Qishloqning shimol
tarafida shifobaxsh suv chiqadigan joy va tabiiy muzxona bor. Bu shifobaxshlik xususiyatidan
din arboblari ustalik bilan foydalanganlar va o`sha erni boylik to`plash manbaiga aylantirganlar.
YUqoridagi afsonalar haqiqatga juda yaqin. Qishloq hamma tomondan tog` bilan o`ralgan,
xotirjam yashash mumkin bo`lgani uchun ham unga Tinxona, Omonxona deb nom bergan
bo`lishlari mumkin.
Sariqamish — qishloq ikki xil nomlanishiga sabab eskidan hunarmandchilik rivojlanib,
bo`yra to`quvchilar (bo`yra esa qurigan qamishdan to`qilgan) markazi bo`lganligidir.
Qishloqning shimolidagi changalzorlarda o`sadigan qamishzorga nisbatan — qamish, changalzor
qurigach bu erdagi qamishlar uzoq vaqt sarg`ayib yotishiga nisbatan sariq, ya`ni Sariqamish
bo`lib qolgan.
Qizil to`lqin — 40-yillarda qurilgan qishloq. Dastlab bu er «Qizil to`lqin» kolxozi hududi
bo`lgan va aholi kelib joylashgan. Kollektivlashtirish to`lqini ommaviy tus olganligi uchun
shunday nom olgan.
Qayroq — tog`liq qishloq. Tog`ning etagida joylashganligi uchun bu erda tabiiy sharoit
natijasida toshlar silliqlashib, mehnat qurollarining tig`ini o`tkirlash uchun ishlatilgan. SHuning
uchun bu erdan qayroq toshlar ko`plab olib ketilgan. Balkim qayroq tosh ko`p uchraganligi
uchun shu nomni olgan bo`lishi mumkin. Natijada qishloq shu nomni olgan.
Qo`rg`oncha — uzoq tog`liq qishloq bo`lib, kichik qo`rg`on degan ma`noni beradi.
Aytishlaricha, bu atrofda ikkita qo`rg`on bo`lgan. Bittasi mustahkam katta qo`rg`on bo`lgan,
ikkinchisi kichkina. Bir kuni tabiiy ofat natijasida qattiq sel kelib, katta qo`rg`onni olib ketgan.
Kichik qo`rg`on esa chetroqda bo`lgani uchun omon qolgan.
Qilichbot — bu joy shu erning ko`rinishiga qarab berilgan. Agarda biron balandlik joydan
qishloqqa nazar solinsa, uy va bog`lar cho`zilib qilichga o`xshab ketadi.
Qo`shbuloq — ikki buloq suvining qo`shilishiga qarab nomlangan. Zarang buloq bilan
Ko`kbuloq o`rtasida joylashgan. Buloq o`rtasi sero`t, ajoyib yaylov. Bu er yashash uchun qulay
bo`lganligi sababli qadimdan axoli istiqomat qilgan. Demak, qo`shbuloq nomi bilan YAngiobod
qishlog`i vujudga kelgan. Hozir ham shu nom bilan ataladi.
Morbuloq — ajoyib, manzarali yaylov markazidagi buloq nomi. Aytishlaricha, shu
buloqdan kechaning ma`lum paytida katta bir ilon chiqib turar ekan. Tasodifan uni bir kishi
ko`rib qolib, yuragi yorilib o`lganmish. SHundan so`ng, bu buloq morbuloq, ya`ni ilonbuloq deb
atala boshlagan. SHu nom hozir ham saqlanib qolgan.
O`rtabo`z — markazdagi qo`riq degan ma`noni bildiradi. CHunki qishloq atrofi katta
suvsiz tekislikdan iborat. O`sha qishloq joylashgan hududgina o`zlashtirilgan bo`lib, o`rtabo`z,
ya`ni markaziy bo`z er deb atalgan. Keyinchalik boshqa erlar ham o`zlashtirilgan, ammo
qishloqning nomi o`rtabo`z bo`lib qolgan.
Selga — Surxondaryo viloyatidagi Bobotog` etagidagi dara va qishloq nomi. Ko`klam
paytida sel keladigan soylik va shuningdek dara og`zida sel kelgan loyqa chirindi qumlardan
hosil bo`lgan unumdor erlar «selga» yoki «selcha» erlar deyiladi.
Gilambop — Surxondaryo viloyati Angor rayonidagi qishloq nomi. Tojikcha gilambop —
gilam to`quvchi demakdir. Gilambopli degan urug` ham bo`lgan.
Guliob — Surxondaryo viloyati Sariosiyo rayonidagi qishloq nomi. Guliob, gulob —
atirgul suvi. Ilgari atirgul bargini qaynatib, bug`latib tayyorlangan xushbo`y suv gulob deyilgan.
Ko`chma ma`nodagi toponim, ammo hozir qishloqda «gulob» tayyorlanmasa ham atirgul ko`p
o`sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: