Zambar — Samarqand viloyati Nurota rayonidagi tog. Biron narsaning o`rta qismi
chuqur, ikki chekkasi baland bo`lsa zambar (zanbar, zambil) deyiladi. Masalan, zambarbel
(zambilbel) ot.
Zanjirbog` — Samarqand yaqinidagi qishloq. Arab jug`rofiy olimlarining asarlarida
Samarqand viloyatining 12 rustaqlaridan biri Sanjarfag`n deb atalgan. Sanjarfag`n toponimi
YAngiariq arig`ining o`ng tomonidagi Zanjirbog` qishlog`i nomida saqlanib qolgan vaqf
hujjatlarida «Sanjarfag`n degan joy Zanjirbog` nomi bilan mashxurdir», deyiladi. Sanjarfag`n
nomi qompo-nentdan iborat, sangarma — sanskritcha «budda monastiri» va fag`n (vag`i)
«ibodatxona» so`zlaridan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |