Minglar — Samarqand viloyati Ishtixon rayonidagi Kattaming, Kattaqo`rg`on rayonidagi
Mingqishloq, Sirdaryo viloyati G`allaorol rayonidagi ming urug`i yashaydigan qishloq nomlari.
Ming (mingli) o`zbek xalq tarkibiga kirgan yirik qabilalardan biridir. 1917 yilgacha minglarning
ko`pchilik qismi Farg`ona vodiysi hamda Buxoro vohasida, tarqoq holda Surxondaryo viloyati
Boysun, SHerobod rayonlarida, Xorazmda va Tojikistonning Xisor rayonida yashagan.
Minglarni ba`zan tumon yoki tumonming deb ham ataganlar.
Misr — Samarqand viloyati Narpay rayonidagi qishloq nomi. Amir Temur Samarqand
atrofida bir necha shaharlar qurib, ularni chet mamlakatlarning bosh shaharlari nomi bilan
Bag`dod, Dimishq (Damashq), Misr (Qohira), SHeroz va Sultoniya deb atagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |