1
ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ЮРИДИК УНИВЕРСИТЕТИ
ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН ФИЛИАЛИ
2-курс талабалари учун
Модуль номи: Ma’muriy huquq va protsess
Иш тури: Оралиқ назорат
Ўтказилган сана: ____._____. 2020 й.
Сизнинг жавобингиз қуйидаги баҳолаш мезонлари асосида баҳоланади:
1.
Муаммоли масаланинг моҳияти тўғри тушунилганлиги
ва жавобнинг тўлиқлиги ҳамда масала мазмунига мос
келиши
0
1
2
3
4
5
2.
Мустақил фикрлар, назарий қоидалар, олимларнинг
илмий қарашлари баён этилганлиги
0
1
2
3
4
5
3.
Ҳуқуқни қўллаш амалиётидаги мисоллар асосида
ижодий баён қилинганлиги, норматив-ҳуқуқий
ҳужжатлар нормаларидан фойдаланилганлиги
0
1
2
3
4
5
4.
Норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг тўғри
қўлланилганлиги ва шарҳланганлиги, шунингдек
матнда грамматик, орфографик ва стилистик
хатоларнинг мавжуд эмаслиги
0
1
2
3
4
5
Мустақил иш бўйича қўшимча тақриз:
Умумий балл
Текширувчи имзоси:___________
_______________________ __________
Талабанинг Ф.И.О. Курс
Модул номи _______________________
_________________
Талабанинг имзоси
Қабул қилувчининг Ф.И.О. ва имзоси _______________________
2
2-kazus
2019-yil 20-mart kuni Kattaqo‘rg‘on tuman hokimining tadbirkor
Q.Toshpo‘latovaga buzilgan dorixona o‘rniga «Kattaming» mahallasi hududidan
150,0 kv.metr yer tanlash va ajratish haqida №1296-Q-sonli qarori chiqqan. Ammo
tanlanayotgan yer bo‘yicha hokimlik va tadbirkor kelishuvga erisholmagan. Tuman
hokimi qarori asosida «Kattaming» mahallasi hududidan tadbirkorga yer tanlandi.
Ammo keyinchalik bu yer maydoni boshqa maqsadlar uchun ajratilgani ma’lum
bo‘ldi. Shundan keyin tadbirkorning o‘zi istiqomat qiladigan «Mo‘minxo‘ja»
mahallasidan yer ajratishga qaror qildik. Bu yerdagi «Mahalla markazi»da qator
binolar joylashgan. To‘yxona, tibbiyot muassasasi, mahalla guzari va hokazo. Shu
binolar qatoridan yer ajratyapmiz, ammo tadbirkor e’tiroz bildiryapti. Ma’lum
bo‘lishicha, tadbirkor uchun noqulay bo‘lgan hududlardan yer ajratilgan. Yer ko‘cha
tomondan oldiga boshqa binolar tushgan. Bu yerdan tadbirkor dorixona qurganda
ham binolar ortidan ko‘zga tashlanmaydi. Tadbirkor aynan shuning uchun e’tiroz
bildirmoqda va boshqa hududdan yer ajratilishini so‘ramoqda.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
3
Yuqoridagi vaziyatga huquqiy baho berish mobaynida biz muammoli
holatlarni aniqlab olishimiz kerak bo‘ladi. Ushbu kazusda tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanayotgan fuqaro Q.Toshpo‘latovaning buzilgan dorixonasi o‘rniga yer
tanlash va berish masalasi, Kattaqo‘rg‘on tuman hokimining №1296-Q-sonli qarori
amaldagi qonunchilikka to‘g‘ri kelish-kelmasligi, tadbirkorning hokim ajratgan
yerga e’tiroz bildirishi, muammoli vaziyat hisoblanadi. Yuqoridagi muammoli
vaziyatlarni hal etishda bizga bir qancha Qonunlar va qonun hujjatlari kerak bo‘ladi.
Jumladan, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida” gi O‘RQ-457-sonli Qonun,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik
shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib
qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 911-son-Qarori, “Mahalliy davlat hokimiyati
to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer Kodeksi. Yuqorida
sanab o‘tilgan Qonunlar ushbu kazusning mohiyatini ochib berishda asos vazifasini
bajaradi.
Biz birinchi navbatda mahalliy davlat hokimliklari yerlarni olib qo‘yish
uchun vakolati bor yoki yo‘qligini aniqlashimiz kerak bo‘ladi. Buning uchun biz
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga nazar tashlashimiz kerak.
Ushbu qonunning 10-moddasida hokimiyat organlarining yer munosabatlarini
tartibga solishi haqida batafsil keltirib o‘tilgan.
“
Viloyat, tuman, shahar hokimi
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo‘jaliklari va fuqarolarga egalik
qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, bu subyektlarning yerga egalik
qilish va yerdan foydalanish huquqini to‘xtatib qo‘yishga, shuningdek yerlarni olib
qo‘yishga haqli bo‘lib, qabul qilingan bu xususdagi qarorlar xalq deputatlari tegishli
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari Kengashi, hokim O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga
muvofiq yer munosabatlariga doir boshqa masalalarni hal qiladilar.”
1
Demak,
hokimiyatning yerni olib qo‘yish vakolati mavjud ekan. Buning uchun ular tadbirkor
1
“
Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonun
4
bilan yerni buzib tashlash va olib qo‘yish to‘g‘risida kelishuvga erishishlari kerak
bo‘ladi.
Chunki amaldagi qonunchilikda buning ham o‘ziga yarasha tartib-taomili
mavjud: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq
deputatlari Kengashi tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi
olib qo‘yilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman
(shahar)lar hokimliklari mulkdorlar bilan kelishish ishlarini amalga oshiradi.
Kelishuvga erishilgach Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda mulkdor ikki tomonlama
Kelishuv imzolanib, notarial tartibda tasdiqlanadi.”
2
Agarda ular o‘zaro kelishib olishgan bo‘lsa, hokimlik tadbirkorga
belgilangan miqdorda kompensatsiya to‘lab berishi hamda olib qo‘yilgan yer o‘rniga
boshqa yer uchastkasini berishi lozim. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Yer
Kodeksida batafsil yoritib o‘tilgan: “Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer
uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararning o‘rni (shu
jumladan boy berilgan foyda) quyidagi hollarda to‘la hajmda qoplanishi kerak:
yerlar olib qo‘yilgan, qayta sotib olingan yoki vaqtincha egallab
turilganda;”
3
Ushbu moddadan kelib chiqilgan holda tadbirkor Toshpo‘latovaga
tegishli bo‘lgan yerning olib qo‘yilgani uchun kompensatsiya, olib qo‘yilayotgan
yer uchastkalari ajratib beriladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar
tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi zarur.
Ammo bizning vaziyatimizda yer ajratish bo‘yicha hokimlik va tadbirkor
o‘zaro kelisha olmayapti. Bunga tadbirkor Toshpo‘latova uchun tanlangan dastlabki
yer maydonining boshqa maqsadlar uchun ajratilgani va keyinchalik unga o‘zi
istiqomat qiladigan “Mo‘minxo‘ja” mahallasidan ajratilgan noqulay hududda
2
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari
kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo’yish va kompensatsiya berish tartibini
takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 911-son-Qarori
3
O’zbekiston Respublikasi Yer Kodeksi. 86-modda.
5
joylshgan yer sabab bo‘lmoqda. Natijada tadbirkor Toshpo‘latova hokimning
chiqargan qaroriga e’tiroz bildirmoqda. Chunki unga ajratilgan yerda tadbirkorlik
faoliyati samarali amalga oshirilmaydi, sababi esa ajratilgan hududda to‘yxona,
mahalla guzari va shunga o‘xshash binolar mavjud. Bu binolar esa tadbirkor
dorixona qurgan vaqtida dorixonaning mavjud binolar ortidan ko‘zga
tashlanmasligiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham tadbirkor Toshpo‘latova hokim
chiqargan qarori ustidan e’tiroz bildirmoqda. Bu vaziyatda uning e’tirozi asoslidir.
Chunki Kattaqo‘rg‘on hokimining chiqargan qarori 2018-yil 8-yanvarda qabul
qilingan “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuniga ziddir.
“Ma’muriy ish yuritish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarga
ko‘rsatiladigan ta’sir choralari ma’muriy organ tomonidan ko‘zlangan qonuniy
maqsadga erishish uchun mos va yetarli bo‘lishi hamda manfaatdor shaxslarga
imkon qadar qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak
.
”
4
Ya’ni bu yerda hokimning «Kattaming» mahallasi hududidan 150,0 kv.metr
yer tanlash va ajratish haqida №1296-Q-sonli qarori yuqorida keltirilgan
mutanosiblik prinsipiga to‘g‘ri kelmaydi. Qonunda ma’muriy organ tomonidan
qo‘llaniladigan harakatlar maqsadga muvofiq bo‘lishi hamda manfaatdor shaxsga
imkon qadar qiyinchilik tug‘dirmasligi keltirib o‘tilgan. Ammo hokimning qarori
maqsadga muvofiq emas hamda manfaatdor shaxsga, ya’ni tadbirkor
Toshpo‘latovaga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bu harakatlar orqali manfaatdor
shaxsning huquqlari ochiq-oydin buzilmoqda. Ya’ni tadbirkorning mulki avval o‘z
faoliyatini olib borish uchun qulay joyda joylashgan bo‘lib, buzilgandan keyin esa
aksincha, unga noqulay hududdan joy ajratib berilgan. Mutanosiblik prinsipining
asosiy mohiyati bu ma’muriy organ tomonidan amalga oshiriladigan harakat
erishiladigan maqsadga muvofiq bo‘lishi hamda ma’muriy tartibot natijasida
shaxsga yetkazilgan zarar davlat ko‘rgan foydaga mutanosib bo‘lishi lozim.
5
4
“Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida”gi Qonun. 7-modda.
5
S.A.Murataev, B.T.Musaev, D.R.Artikov. Ma'muriy huquq va protsess. – Toshkent: Toshkent
davlat yuridik universiteti, 2019. – 418 b.
6
Yuqoridagi fikr Moshe Koen-Eliyaga tegishli bo‘lib, u mutanosiblik prinsipining
o‘ziga xos jihatlarini ochib bergan. Uning bu fikrlaridan tadbirkor Toshpo‘latovadan
olib qo‘yilgan yer va keyinchalik bu harakat uchun unga ajratilgan yer bir-biriga
mutanosib bo‘lishi anglashiladi. Bu harakatlar orqali nafaqat mutanosiblik prinsipi,
balki qonuniylik prinsipi ham yetarli darajada buzilgan. Ya’ni ma’muriy organ yoki
uning mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilingan qaror O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun
hujjatlariga mos bo‘lishi kerak.
Kattaqo‘rg‘on hokimining yer ajratish to‘g‘risida chiqargan qarori bu
ma’muriy hujjat hisoblanib, yakka shaxsga, ya’ni faqat tadbirkor Toshpo‘latovaga
qaratilgan hujjatdir. Ushbu qarorni amaldagi qonunchilikka muvofiq bekor qilish
yoki o‘zgartirish mumkindir.
“Ma’muriy hujjatlar va ma’muriy harakatlar ma’muriy tartib-taomillarning
prinsiplariga muvofiq bo‘lishi kerak. Ma’muriy tartib-taomillar prinsiplariga
nomuvofiqlik ma’muriy hujjatlarning va ma’muriy harakatlarning bekor qilinishiga
yoki qayta ko‘rib chiqilishiga olib keladi.”
6
Ushbu moddadan kelib chiqsak, hokim
tomonidan chiqarilgan qaror, ya’ni ma’muriy hujjat ma’muriy tartib-taomillarning
prinsiplariga muvofiq bo‘lishi kerak. Lekin bizning muammoli vaziyatda hokimning
qarori mutanosiblik prinsipiga mos kelmaydi. Demak, hokimiyat tomonidan
chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki qayta ko‘rib chiqilishi uchun asos bor. Bu
asosdan kelib chiqib, tadbirkor yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi
mumkin. Ma’muriy hujjat ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi bevosita
hokimning qarorida kelitirib o‘tilishi shart. Shikoyat qilish muddati va tartibini
keltirib o‘tish ma’muriy hujjatni qabul qilinishi uchun qo‘yiladigan talablardan biri
hisoblanadi. Bu bevosita “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunda keltirib
o‘tilgan. Tadbirkor Toshpo‘latova o‘ziga berilgan huquqdan foydalangan holda
hokimiyat chiqargan qarori ustidan ariza yoki ma’muriy shikoyat yozishi mumkin.
Bu orqali u o‘zining buzilgan huquqini tiklash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ma’muriy
6
“Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida”gi Qonun. 19-modda.
7
hujjatni bekor qilish, o‘zgartirish va haqiqiy emas deb topish “Ma’muriy tartib-
taomillar to‘g‘risida”gi Qonunda keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra:
“Ma’muriy hujjat manfaatdor shaxsning arizasi yoki ma’muriy shikoyatiga
ko‘ra ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organ, yuqori turuvchi ma’muriy
organ tomonidan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa
organlar tomonidan ham bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.”
7
Ushbu
moddadan ma’muriy organ o‘zi chiqargan qarorini bekor qilishi va o‘zgartirishi
mumkinligini bilib olishimiz mumkin.
“
Qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilingan
ma’muriy hujjat quyidagi hollarda ma’muriy organ tomonidan bekor qilinishi yoki
o‘zgartirilishi mumkin:
qonun talablariga muvofiq yoki bunday imkoniyat bevosita ma’muriy
hujjatning o‘zida nazarda tutilgan bo‘lsa;
agar keyinchalik o‘zgargan haqiqiy holatlar tufayli yoki qonun hujjatlaridagi
o‘zgartishlar asosida jamoat manfaatlariga zarar yetishining oldini olish maqsadida
ma’muriy hujjatni bekor qilish zarur bo‘lsa;
agar ma’muriy hujjat bilan qo‘shimcha majburiyatlar bog‘liq bo‘lsa va
manfaatdor shaxs ularni bajarmagan bo‘lsa;
agar manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat asosida o‘ziga berilgan pul
mablag‘laridan, buyumdan yoki huquqdan maqsadli foydalanmayotgan bo‘lsa;
agar ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki o‘zgartirish ushbu hujjat yuborilgan
manfaatdor shaxs foydasiga amalga oshirilsa va bunda boshqa manfaatdor
shaxslarga qiyinchilik tug‘ilmasa.”
8
Muammoli vaziyatga sabab bo‘lgan hokim qarori yuqorida keltirib o‘tilgan
qonun talablariga muvofiq yoki bunday imkoniyat bevosita ma’muriy hujjatda
keltirilganligi uchun bekor qilinishi yoxud o‘zgartirilishi kerak. Ushbu qaror
manfaatdor shaxs foydasiga bekor bo‘layotganda, ma’muriy organ tomonidan hech
qanday majlis o‘tkazilmasligi mumkin. Agarda manfaatdor shaxs manfaatlariga zid
ravishda bekor bo‘lganda, u holda ma’muriy organ tomonidan majlis o‘tkazilar edi.
7
“Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida”gi Qonun 59-modda
8
Yuqoridagi manbaa.
8
Demak, bizning muammoli vaziyatimizda hokim o‘zi chiqargan qarorini
Toshpo‘latova foydasiga bekor qilishi yoki tadbirkorning manfaatini ko‘zlagan
holda qarorni o‘zgartirish, ya’ni unga dorixona qurish uchun qulay yerdan joy
ajratishi kerak bo’ladi va buning uchun hech qanday majlis o‘tkazilishi talab
qilinmaydi.
9
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun.
2. S.A.Murataev, B.T.Musaev, D.R.Artikov. Ma’muriy huquq va protsess. –
Toshkent: Toshkent davlat yuridik universiteti, 2019. – 418 b.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik
shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer
uchastkalarini
olib
qo‘yish va
kompensatsiya
berish
tartibini
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 911-son-
Qarori
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer Kodeksi.
5. “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun.
Do'stlaringiz bilan baham: |