Kes-kes o‘yini. Bu o‘yinda to‘rt kadam kattalikdagi doira chiziladi.
Doira markazida onaboshi turadi. Doira chetida esa barcha o‘yinchilar
turadilar. Ular doiradan kesib o‘tib doiraning narigi chetiga chikishga xarakat
kiladilar. Onaboshi esa yugurib o‘yinchilarga ko‘l tekizadi. Ko‘l tekkan
o‘yinchi o‘yindan chikadi. Doirani ko‘p kesib o‘tgan va ko‘l tekkizmagan
o‘yinchi golib chikadi. Bu o‘yin bolalardan chakkonlikni, tez yugurishni,
doirani kesib o‘tishni talab etadi va o‘ziga ishonchni tarbiyalaydi.
O‘tmish xalk o‘yinlarini ommalashtirish borasida xam kiyinchiliklar
oz emas, albatta. Lekin, bu borada ancha xayrli ishlar amalga oshirilmokda.
Xullas, o‘tmish o‘yinlarini tarixini o‘rganib, xozirgi kungi davr talabiga
asosan inson shaxsini shakllanishida o‘yinlarni o‘rgatish katta axamiyatga
egadir.
Xar bir xalkning o‘tgan avlodlari yaratib, bizga meros bo‘lib kolgan
madaniy boyliklari xazinasiga xalk o‘yinlari xam kiradi. Xalk o‘yinlari
o‘zining vujudga kelishi va rivojlanishiga ko‘ra gayrioddiy xodisa emas,
balki xalkning xayotini obrazli, muayyan aks ettiradigan va jamiyat
tarakkiyotining konunlari bilan belgilanadigan maksadga muvofik faoliyatdir.
Xalk o‘yinlari xalk ijodiyotining o‘ziga xos janri bo‘lib, ko‘p asrlik
tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu boskichiga xos
ijtimoiy vokealar anik aks etadi. Xar bir tarixiy davr olamni badiiy
o‘zlashtirish uchun o‘z xissasini ko‘shadi: san’at ijtimoiy xayotning ko‘p
kirralari xodisalarini to‘likrok va yakkolrok aks ettirishga intilib, fan,
madaniyat, siyosat, axlok va iktisodiyotning yutuklarini kandaydir tarzda
umumlashtiradi. Jamiyat tarakkiyotining ilk pogonalarida xalk o‘yinlaridan
tarbiyaviy maksadlarda foydalanish unumli mexnat bilan boglik bo‘lgan.
Xalk o‘yinlarining mazmuni va xarakteri xayotning ijtimoiy-iktisodiy
sharoitlaridan va tarkib topayotgan elatlarning psixik xususiyatlaridan kelib
chikkan. Xalk o‘yinlari xarakteriga tarbiya sistemasining yo‘nalishi, unumli,
uning mafkurasi, turmush an’analariga ta’siri katta.
Tarixiy
tarakkiyot
jarayonida
xalk
o‘yinlarining
tadrijiy
rivojlanishining va mana shu o‘yinlardan tarbiyaviy maksadlarda foydalanish
bilan boglik masalalarni ko‘rib chikishda xalk o‘yinlarining xar bir xaligi xos
jixatlarni nazarda tutish kerak. O‘yinlar xalk tomonidan yaratilgan va
kishilarning kundalik xayotidagi vokealar xamda xodisalarni obrazli aks
ettirib, ularning xayotiy taassurotlarini, kuzatishlarini, tajriba va xissiyotlarini
gavdalantirib, o‘zida so‘z, musika, raks shakllarini mujassamlashtirgan.
Masalan, ibtidoiy tuzumda bolalarni tarbiyalashning xarakterli jixati ularni
urugning urf-odatlari, an’analari, tarixi bilan, shuningdek, xalk ogzaki ijodi,
rivoyatlar, ko‘shiklar va rakslar bilan tanishtirishdan iborat bo‘lgan.
Ibtidoiy jamiyatda yoshlarni kattalar safiga ko‘shish deb ataladigan
bayram – diniy marosimlar keng tarkalgan. Bular o‘ziga xos o‘yin –
musobakalardan iborat bo‘lib, ularning mazmunini mexnat faoliyati,
kabilalarning urf-odatlari xalk ogzaki ijodini tashkil kilgan. Mana shunday
o‘yin-musobakalarda yigitlar kurollardan foydalana olishlari lozim bo‘lgan.
Ibtidoiy odamlarning yovvoyi xayvonlarni ovlashlari va ularni o‘zlariga
bo‘ysundirishga intilishlari ov vokealarini ijod kilishga va namoyish etishga
sabab bo‘ldi. Ishlab chikarish kuchlarining tobora rivojlanishi, mexnat
kurollarining takomillashuvi ibtidoiy jamoa tuzumining so‘nggi boskichlarida
bolalarning ana shu mexnat kurollaridan oddiy turmush va unumli mexnatda
ilgaridek foydalana olmasligiga sabab bo‘lgan. Shu tufayli bolalar
o‘yinchogiga o‘xshagan mexnat kurollari yasala boshlangan. Bolalar
o‘yinining vositasi – o‘yinchoklar ana shu tarika vujudga kelgan bo‘lishi
mumkin. Shunday kilib, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida o‘yinning rivojlanishi
fakat «diniy dabdaba» emas, balki atrofdagi vokelikni anglash, uning obrazga
ko‘ra va tabiatga o‘xshatib ijod kilishni o‘rganish istagi xal bo‘ldi.
Xar bir xalkning o‘z milliy o‘yinlari mavjud bo‘lib, ular xalk
an’analari, millatlarning madaniyati va turmushiga xos xususiyatlar zaminida
vujudga kelgan.
Xalk o‘yinlari xalk ma’naviy madaniyatining ko‘rinishlaridan biridir.
Ularda etnik tarixga borib takaladigan an’analar, ijtimoiy munosabatlar,
mafkura-e’tikodning ayrim elementlari, axlokiy estetik me’yorlar aks etadi.
Xalk o‘yinlari mamlakatning milliy xususiyatlarini, katta yoshli kishilarning
fe’l-atvorini, odatlarini, mexnat jarayonlarini, jugrofiy sharoitlarni ifodalaydi.
Shunga ko‘ra, o‘zbek xalk o‘yinlarini xalkning axlokiy-estetik tarixini,
madaniyatini, boshka xalklar bilan alokalarini o‘rganishning manbaalaridan
biri sifatida karab chikish lozim. O‘zbek xalk o‘yinlari tarixini o‘rganishda
xalk ma’naviy madaniyatining rivojlanish boskichlarini yoritish juda muxim
axamiyatga molikdir.
O‘zbek xalk o‘yinlari o‘zbek xalki ijodining maxsuli bo‘lib, ularni keng
xalk ommasi yaratgan va saklab kelgan. O‘yinlar o‘zbek xalkining ko‘p
avlodlari turmushi va ijtimoiy xayotining zarur elementi sifatida asrlar bo‘yi
mavjud bo‘lib keldi va rivojlanishning xar bir tarixiy boskichida turli
ijtimoiy vazifalarni bajardi. O‘zbek xalk o‘yinlari tarixning ijodiy kuchini,
moddiy va ma’naviy boyliklarini o‘zida mujassamlashtiradi, ularda
atrofdagi vokelikni bilish va o‘zlashtirishning tarixiy tajribasi aks etadi.
O‘zbek xalk o‘yinlari o‘z tabiatiga ko‘ra amaliydir. Ularda xalk badiiy
madaniyatining o‘ziga xosligi, uning milliy xususiyatlari yakkol kurinadi.
Mazkur o‘yinlarning milliy xarakteri zamirida xalkning madaniy boyligi,
katta merosi mavjuddir. Kup o‘yinlar mazmunining mavzulari kabilalarning
urf-odatlarini, kadimiy udumlarning, mexnat faoliyati yoki madaniyatini
yoritishi mumkin.
Xalkning unutilayozgan iltijolari, baytlari va sanoklari bolalarning xalk
o‘yinlaridagina davom etib keladi. Gurux bo‘lib o‘ynaladigan o‘zbek xalk
o‘yinlari va ayrim sport o‘yinlari kadimiy kabilalarning o‘yinlariga borib
takaladi. O‘zbek xalk o‘yinlari kadim zamonlarda, bizning eramizgacha
bo‘lgan davrlarda vujudga kelgan.
O‘zbek xalk o‘yinlari xalk ijodiy faoliyatining bir turidir. Ularni
mexnatkash xalk yaratdi va keng xalk ommasi davom ettirdi. Xozirga kadar
o‘zbek xalki uning tantanalarini katta xalk tomoshalari – sayillar bilan
nishonlaydi. Ilgari sayillar diniy sanalar bilan boglik bo‘lgan. Diniy
bayramlardan tashkari, axoli orasida ommaviy tomoshalar, sayillar o‘tkazish
odat bo‘lgan. Mana shu bayramlarda xalkning xayoti, uning xayotni sevishi,
mexribonligi, kuvnokligi namoyon bo‘lgan.
Sayillar vaktida «Olomon poyga», «Kiz kuvish», «Kurash»,
«Agdarish», «Ko‘pkari», «Do‘ppi tashlar» kabi musobaka o‘yinlari, sport
o‘yinlari va ko‘ngilochar o‘yinlar o‘tkazishgan.
O‘zbekistonda kadimdan dexkonlarning mexnat jarayoniga boglik
tantanalar – «Xosil bayrami», «Kovun sayli» va xokazolar mavjud. Ana
shulardan «Kovun pishdimi?», «Kovok tanlash» kabi o‘zbek xalk o‘yinlari
yuzaga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |