Albatta, bu – televidenie faqat hujjatlilikka tayanadi degan gap emas. Uning imkoniyatlari (agar bu san‘at
kelajagini ham inobatga olsak) tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada keng. Zero televidenie oilaviy va individual
estetik idrok etiladigan san‘at turi, u bizning uydagi kinoteatirimiz, uydagi stirkimiz, uydagi teatrimiz v.h. Ayniqsa,
uning kinodasturlari alohida ahamiyatga ega M., davomli teleseriallarni, deylik, uch oy yoki yil mobaynida qaysi
kinoteatrda ko‘rishimiz mumkin? Kinoteatrlarda bunday imkoniyat yo‘q. Bundan tashqari telekamera hamma erda -
quruqlikda ham, suv ostida ham, osmonda ham ishlay oladi, qo‘limiz, oyog‘imiz, nigohimiz etmaydigan joylardan
badiiylik darajasiga ko‘tarilgan reallikni. bizga etkazib beradi. Biroq, buning uchun eshittirish muallifi yoki yolg‘iz
teletasvirchi, Yu.Borev aytganidek, ham aktyor, ham jurnalist, ham rejissyorlik bo‘lib ishlash xususiyatlarini o‘zida
mujassamlashtirishi, bir so‘z bilan aytganda, katta iste‘dod va bilimga. hozirjavoblik va o‘tkir nigohga ega bo‘lishi
lozim.
205
Agar ta‘bir joyiz bo‘lsa, televidenieni «tashviqotchi san‘at» yoxud «estetik tashviqotchi» deyishimiz mumkin.
Ekran orqali biz sho‘rolar davrida oddiy «urf-odatlar» atamasi ostida qolib ketgan asl ma‘naviy qadriyatlarimizning
qanday qadrlanishi zarurligini anglab etamiz. M., o‘zbek televideniesining baxshilik san‘atiga bag‘ishlangan
dasturlari ko‘pchilik tomoshabinlar uchun xalq og‘zaki ijodi an‘analaridan shunchaki bahramand bo‘lish emas, balki
haqiqiy san‘at bayrami sifatida qabul qilinadi yoki «Ming bir rivoyat» kabi «lahzalik» ko‘rsatuvlardagi
falsafiylikning badiylik bilan uyg‘unlashib ketishi katta tassurot qoldiradi. SHunday qilib, televidenie san‘atlar
ichida misli yo‘q qudratli tarbiya quroli.
Biroq, shuni taassuf bilan ta‘kidlash kerakki, bu qurol «teskarisiga» ishlashi, ya‘ni televidenie xalqning
estetik didini hamma vaqt yuksaltirishga emas, balki pasaytirishga, jo‘nlashtirishga ham xizmat qilishi mumkin. M.,
O‘zbek milliy televideniesidagi (yuqoridagi yutuqlarini ta‘kidlagan holda) ba‘zi bir amallab ishga kirib olgan
saviyasi past jurnalistlarning real voqelikni badiylashtirib ko‘rsatish o‘rniga «o‘zini ko‘rsatish» uchun urinishlari
shular jumlasidan. Ayniqsa, televideniedagi estrada qo‘shiqchiligi saviyasining pastligi jihatidan ajralib turadi.
Ekranda Xudo ovozdan qisgan ( barmoq bilan sanarli iste‘dod egalaridan tashqari) horijiy qo‘shiqlar musiqalarini
o‘g‘irlab, kompyuter orqali «ovoz yasab» mashhurlikka intilayotgan kimsalarni ko‘rib, hayratga tushasan. Chunki
ular yoki tushunib-tushmay, yoki surbetlarcha o‘zlarini «biz san‘atkorlar» deb ataydilar va Nitstshe aytganidek,
o‘zining suvarak darajasidagi kichginagina «men»ini butun O‘zbekistonga yoyishga harakat qiladi. Ularning asosiy
maqsadi «televizorda chiqib», shuhrat qozonish va shu orqali to‘ylardagi otarchiligiga balandroq narx so‘rashdan
iborat. Bundaylar haqida suhbatlaridan birida buyuk xonandamiz Muyassar Razzoqova «San‘atni to‘ydagi qistiriqqa
sotadigan kimsalardan hazar qilaman», degan edi. Afsuski, televideniemiz ana shu «suvarak-san‘atkorlar»ning
ko‘payishiga xizmat qilayotgani bor gap.
Televideniemizdagi yana bir nojoyiz narsa, bu – klip muammosi. Klip, bir qaraganda, texnikaviy mo‘‘jiza,
ammo ikkinchi tomondan, san‘at asarini idrok etishda zararli hodisa. YA‘ni klipda rejissyor o‘z tasavvuridagi
manzaralarni, (ba‘zan xonandaning taklifini ham) qo‘shiqqa ilova qiladi, ko‘p hollarda qo‘shiqning o‘zi emas, ana
shu «ilova» tinglovchi-tomoshabin diqqatini tortib ketadi. Demak, klipda estetik idrok etishdagi demokratiya
yo‘qoladi, rejissyor o‘zining tasavvurini tinglovchi-tomoshabinga «tiqishtiradi» Afsuski, ko‘pchilik hozir
ishlanayotgan kliplar ana shunday salbiy tabiatga ega. Bundan tashqari, bizdagi kliplarning aksariyatini o‘ta
beodoblik deb atash mumkin. Gap «go‘zal ma‘shuqalar»ning ba‘zan salkam yarim yalang‘och chiqishida emas,
balki klipda «buyuk san‘atkor»ning dang‘illama hovli-joyi, qimmatbaho ashyolari, avtomobili v.h. ko‘z-ko‘z
qilinadi. Endi o‘ylab ko‘ring-chi, qishloqdagi qurbi bir mahallik issiq ovqatu non-choyga etadigan jo‘jabirday jon
oilaning boshlig‘i bunday klipni ko‘rgandan keyin qanday ahvolga tushishi mumkin? Maqsad qo‘shiqmi yoki
kimlarnidir o‘ksitishmi?
Xullas, televideniening buyuk qudratidan, qay tarzda foydalana bilish nihoyatda muhim masala. Uni
ko‘pyoqlama, miqyosli san‘at turi va estetik tarbiya maktabi darajasiga ko‘tarishi ham televidenie hodimlariga, ham
biz – tomoshabinlarga bog‘liq.
Endi ikki og‘ir so‘z ―ommaviy madaniyat‖ haqida. Uning kelib chiqishi, ta‘siri, tahdidi borasida mazkur
anjuman ishtirokchilarining barchasi habardor, desam Yanglishmagan bo‘laman. Lekin, bir narsaga g‘oyatda
tahdidli, u ham bo‘lsa, ommaviy madaniyat insonni ―qiyofasiz‖ oqimning bir qismiga aylantirib qo‘yishidadir.
Bu illat aksariyat hollarda haqiqat, go‘zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumiste‘molchilik
ehtiyoji bilan bog‘lab, iste‘mol va tovar sifatida xaridorgir bo‘lishiga qaratilgan maqsadni targ‘ib qiladi. Bu esa
pirovardida ―bozor adabiyoti‖, ―bozot san‘ati‖ degan ma‘naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning ―gullab-
yashnashi‖uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon.
Didsiz, saviyasiz, ―millati‖ning tayini yo‘q ―badiiy‖filmlar ham ko‘payib ketgan. ―Bozor san‘ati‖deganda, birinchi
navbatda, ana shunaqa filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi
XXI asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go‘yo rivojlangan madaniy dunyoga integratsiyalashish
niqoblariostida namoyon bo‘lmoqda. Bu niqoblar ostidagi salbiy holatlar va ular shakllantirish mumkin bo‘lgan
illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: