Sirk. Sirk eng qadimgi an‘anaviy san‘at turlaridan biri. U Sharqda vujudga kelgan va dorbozlik san‘ati deb
ham atalgan, ko‘chma tomosha sifatida xalq orasida shuhrat qozongan. Unda dorda langar bilan yurishdan tashqari,
dorboz havo gimnastikachisi (chig‘iriqda) vazifasini ham bajargan. Pastda albatta nog‘ora dorbozning harakatlariga
mos ohangda yangrab turgan. Ayni paytda pastda qiziqchi, ko‘zboylog‘ich, akrobat (besuyak), ayiq o‘ynatuvchi
ishtirok etgan, ba‘zan askiyadan ham foydalanilgan.
Hozirgi paytda zamonaviy stirk o‘sha unsurlarni asosan saqlab qolgani holda, yanada murakkablashgan inson
dovyurakligini, tanasining eguluvchiligini, erishib bo‘lmaydigan darajadagi epchillikni aktyor mahorati orqali
namoyon etadi, unutilmas badiiy qiyofa yaratadi. Endilikda buning uchun maxsus aylana shaklida qurilgan,
tomoshabinlar o‘rindiqlari ham aylana qilib joylashtirilgan bino va arena deb ataladigan aylana o‘yin maydonidan
foydalaniladi. Undagi tomoshalarda inson tanasi go‘zalligini kuzatish bilan birga biz aktyor harakatlaridan vujudga
kelgan insoniy mo‘‘jizalarni ham ko‘ramiz. STirk insonning nafaqat o‘z a‘zolari va hissiyotlari, balki hayvonlar,
o‘yin asbobi bo‘lmish narsalar, makon, tomoshabinlar hissiyotlari, atrof-muhit ustidan, kengroq ma‘noda olganda,
dunyo ustidan cheksiz hukumronligini namoyish etishi bilan bizni doimo xavotirdan hayratga aylanadigan estetik
idrok etish jarayonini boshdan kechirishimizni ta‘minlaydi. Zero stirk «sof estetik» san‘at, unda bevosita
manfaatdorlikni uchratmaymiz. M., bir shlyapa ostida ko‘zboylog‘ich uchirgan besh yoki o‘nta kaptardan, olov
halqa ichidan arslonning sakrab o‘tishidan, hech qaysi sportchi bajarolmaydigan chig‘iriq (gimnastik) yoki
akrobotik (belsuyak) o‘yinlardan qanday manfaat bo‘lishi mumkin? Chunki stirkda respublika yoki jahon
birinchiligi uchun (manfaatli) musobaqa o‘tkazilmaydi, umuman, stirk musobaqa degan tushunchani inkor etadi.
Sirkning yana bir o‘ziga xos xususiyati, unda doimiy masxaraboz-qiziqchining ishtirok etishi, ya‘ni kulgililik
xususiyatining doimiy mavjud bo‘lishi bilan belgilanadi. Masxaraboz faoliyati stirkdagi barcha narsalarni
(namoyishlarini), sirtdan bo‘lsa-da, bog‘lab turadigan, tomoshabinni bir hayratlanarli keskin kechinmali, havotirli
holatdan ikkinchisiga o‘tishi uchun kulgili tanaffusni, muayyan ma‘nodagi forig‘lantirishni o‘z ichiga oladi.
Masxaraboz mantiqiylik ustidan nomantiqiylikning, absurdning shartli ravishdagi g‘albasini ko‘rsatadigan va shu
bilan tomoshabinda kulgi uyg‘otadigan, har bir davr uchun zamonaviy bo‘lgan, ya‘ni har bir zamonning «o‘z
kulgisini» topa oladigan o‘lmas badiiy qiyofa.
Shuningdek, sirk san‘atida vorisiylik birinchi navbatda oilaviy san‘atkorlik, qolaversa ustoz-shogirdlik
an‘analari hukumron. M., o‘zbek stirkida Toshkenboevlar oilasi bu san‘atning, deyarli barcha sohalarida faoliyat
ko‘rsatdilar va ko‘rsatmoqdalar, hozir biz stirkka kirsak, «nevara va evara san‘atkorlar» namoyishlaridan estetik
zavq olamiz.
201
Karimоv.I.A. Хavfsizlik va tinchlik uchun kurashmоq kеrak. T., O‘zbеkistоn, 2002 y., 55–56-b.
Umuman olganda, stirk san‘ati millatni, ayniqsa yoshlarni mo‘‘jizaviylikdan hayratlanib, kulgililikdan
forig‘lanib-jismonan baquvat, epchil, o‘z ruhi a‘zoi badani ustidan hukumronlik qila oladigan, katta tabiatining bir
qismi bo‘lmish hayvonlar tabiatidan xabardor shaxs sifatida kamol topishida muhim ahamiyatga ega.
Askiya. Baxshilik san‘atiga o‘xshab, askiya ham xalq og‘zaki ijodi mahsuli. U arab tilidagi «o‘tkir zehnli»
ma‘nosini anglatadigan «zakiya» (ko‘pligi – «azkiya») so‘zidan olingan bo‘lib, qadimgi, xalq sevgan san‘at
turlaridan biri. U – ikki va undan ortiq kishi tarafma-taraf bo‘lib, davrada, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, tomoshabinlar olqishi
shaklidagi baholash usulida o‘tkaziladigan so‘z o‘yini.
Ammo askiya oddiy so‘z o‘yinidan qat‘iy belgilangan mavzui bilan ajralib turadi. Uning bu xususiyati payrov
janrida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu janr nihoyatda izchillikni talab etadi, payrovdan chiqish, chetga uni chala
qoldirib ketish, mumkin emas. «To‘laqonli adabiy asarda, masalan, tabiat manzaralari, kishilar obrazi va xarakteri,
ularning hayotga munosabatlari, voqealarning rivojlanishi va tugallanishi, g‘oya va harakatni to‘lduruvchi detallar
tasvir etilganday, - deb yozadi askiyashunos R.Muhammadiev, - payrovda ham bu talablar amalga oshirilishi shart,
aks holda u «chala», «xom» bo‘lib qoladi. SHu jihatdan qaraganda payrov syujetli yaxlit badiiy asar
hisoblanadi»
202
. M., «Imorat» payrovida olingan eru poyolvorga qazilgan chuqurlindan boshlab, to tom yopilib,
imorat uvog‘u bo‘yoqdan chiqqunicha bo‘lgan jarayon aks etishi kerak.
Payrovdan farqli o‘laroq, o‘xshatdim, bo‘lasizmi, gulmisiz, rayhonmisiz qofiya, radif, kabi kichik janrlarda
askiyachi o‘z raqibining ba‘zi sifatlarini, xislatlarini boshqa narsalarga o‘xshatish, nisbat berish orqali kulgi
uyg‘otadi. Bunda, R.Muhammadiev ta‘kidlaganidek, ikki tarafning har safargi savol-javobdan keyin mavzu tugashi
va ikkinchi savol-javobida boshqa mavzuga o‘tish mumkin.
Askiyaning hamma janrlarida ham so‘z qo‘llashdagi mohirlik, mubolag‘a, kinoya, kessatiq, qo‘l, yuz
harakatlari singari vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Lekin, eng muhimi, bu san‘at turining hamma
janrlarida belgilovchi xususiyatlardan biri –hozirjavoblik. Raqib tomonning savoliga yoki sifatlashiga sayoz, kulgi
uyg‘otmaydigan tarzda javob bergan, «hujum»ni munosib rad etolmagan tomon engilgan hisoblanadi, zero
favqulodda ko‘chma ma‘no, majoziylik qonuniyatiga binoan izchil va nozik fikrlash hozirjavoblikning moyasi
hisoblanadi.
Askiyaning yaxlit san‘at turi sifatidagi yashash sharti – bu uning erotik tabiatga egaligi. Unda mazmun
mehnat turlariga, kasbga, muomalaga doir so‘z va atamalarga nihoyatda nozik, pardali tarzda jinsiy ma‘noni jolash
orqali ochiladi. Aynan ana shu ko‘chma ma‘no tinglovchi hozirjavobligi tomoshabinda kulgi uyg‘otadi. Zero
hozirjavoblik erotik-seksual urg‘uga ega bo‘lsagina, askiyaga aylanadi, aks holda u topib aytilgan hazildan nariga
o‘tmaydi. Ayni paytda askiyada laqab ishlatish ham o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Lekin laqab askiyada shaxsning
jismoniy nuqsini ochish, hajv uchun emas, balki zaminida mehr yotgan hazil tariqasidagi latifa so‘z o‘yinlari
vositasida kulgi qo‘zg‘otish uchun qo‘llaniladigan usul hisoblanadi.
Askiya o‘zbeklarda urug‘chilik-qabilachilik davrida vujudga kelgan degan faraz bor. Zotan, darslikning
tarixiy qismida ko‘rib o‘tganimizdek, SHrayber-Froyd nazariyasiga binoan qadimgi odam jinsiy munosabatlarga
doir so‘zlarni mehnat turlariga qo‘llab, og‘ir mehnatga huzurbaxshlik berishga intilgan. Askiyaning kelib chiqishi
ham ehtimol shundadir. Bu san‘at turining eng ravnaq topgan davri ilmda XIV-XV asrlar deb tan olingan. O‘sha
davrda mavlono Burhon lang, Said G‘iyosiddin Sharfa, Mavlono Xalil Sahof, Mavlono Abdulvose‘ munshiy kabi
askiyachilar bu boradagi eng kuchli san‘atkorlar hisoblangan. Keyingi davrlarda ham askiya o‘zbek xalqining to‘y-
tomoshalari, tantanali marosimlarida o‘z o‘rniga ega nazokatli san‘at sifatida taraqqiy topib bordi. Biroq sho‘rolar
davrida u «qayta ishlandi», ya‘ni uning erotik san‘at turi sifatidagi xususiyati inkor etildi. Natijada askiya zo‘raki
kulgi asosiga qurilgan jiddiy «xalq og‘zaki ijodi janri»ga aylandi. M., biz iqtibos keltirgan «Askiya» kitobida o‘sha
davrlarda yozib olingan va «Mushtum» jurlarida e‘lon qilingan payrovlar, askiyaning kichik janrlari,
askiyachilarning mahoratiga qaramasdan, yoniningizda birov qitiqlab tursa ham, sizda kulgi qo‘zg‘otishi mushkul.
Chunki mazmunan sostialistik, shaklan milliy bo‘lgan bu askiyalarda o‘q tomir – nihoyatda nozik pardalangan
erotik xususiyat yo‘q. Aynan ana shu xususiyat tufayli boshqa san‘at turlariga (M., badiiy adabiyotga, teatrga v.b.)
o‘xshab bolalar askiyasi, o‘simirlar askiyasi, yoki yoshlar askiyasi degan tushuncha qo‘llanilmaydi. Askiya faqat
balog‘atga etgan kishilar uchun mo‘ljallangan san‘at turi. Lekin alohida ayollar askiyasi, erkaklar bilan ayollar
yonma-yon ishtirok etgan askiyalar mavjud. M., mohir askiyaboz Muhabbatxon Yo‘ldosheva, Muhiddin Darvishov,
Zaynobidin va Madaminjon YUsupovlar, Abdulhay mahsum Qozoqov kabi erkak askiyabbular davrasida ulardan
qolishmagan holda ishtirok etib keladi.
Hozir Mustaqillikdan keyin askiya yana o‘z asl qiyofasiga qaytdi. Haqiqiy askiyani keyingi paytlarda
askiyabozlar musobaqalarida, respublika miqyosida katta tantanalarda, teleekranda tinglab, tomosha qilyapmiz.
Bunday askiyalardagi kulgi o‘ziga xos tanqidiy ruhga ega. U jamiyatimizning yanada ravnaq topishi, estetik didni
yuksaltirish uchun xizmat qilib kelayotgan san‘at turi. Lekin ba‘zi bir bizning mashhur «profesional»
qiziqchilarimizning azbaroiy odamlarni kuldiraman deb bachkanalikka, bepardalikka yo‘l qo‘yayotgan holatlari ham
uchrab turishi kishida afsus yug‘otadi. Vaholanki askiya, bir suhbatda ulkan yozuvchimiz Abdulla Qahhor
aytganidek, usti bir qavat yupqa tuproq bilan yopilgan bir uyum go‘ng ustida o‘sgan atirguldek go‘zal, uning
rangidan, hididan bahramand bo‘lish lozim, tagidagi tuproqni ochib, go‘ngni titish kerak emas. Aks holda
askiyaning bor go‘zalligiyu, nozikligi, hayo pardasi yo‘qoladi, u so‘kish va so‘kinishning madaniylashgan shakliga
aylanadi-qoladi.
202
Askiya G‘. G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, T., 1970 y., 6–b.
Do'stlaringiz bilan baham: |