O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet352/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir»
143

Dastlabki  axloq  maskani  bo‘lmish  oilalar  yig‘indisi  fuqarolik  jamiyatini,  millatni  tashkil  etadi.  Fuqarolik 
jamiyati mohiyatan oila bilan davlat o‘rtasidagi daraja. Garchand, uning taraqqiyoti davlat taraqqiyotidan keyinroq 
ro‘y bersa ham, u albatta davlatni taqozo etadi, ya‘ni fuqarolik jamiyatining yashashi uchun uning oldida mustaqil 
nimadir – rasmiy, tizimli boshqaruv bo‘lishi kerak. 
    Fuqarolik  jamiyati  zamonaviy  dunyomizda  vujudga  keladi,  zero,  hozirgi  paytdagina  fuqarolar  huquqi 
haqiqatan  ham  inobatga  olinadi.  Fuqarolik  jamiyatida  har  bir  odam  o‘zi  uchun  maqsad.  Biroq,  u  boshqalar  bilan 
munosabatga kirishmasdan turib, o‘z maqsadiga to‘la erisha olmaydi: boshqalar uning maqsadga yetishishi yo‘lidagi 
vositadir.  Natijada  har  bir  alohida  maqsad  boshqalar  bilan  o‘zaro  munosabatlar  vositasida,  ularning  farovonlikka 
intilishini qanoatlantirgani holda, o‘zi ham qanoatlanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, fuqarolik jamiyatida yaxshi, 
badavlat,  baxtli,  huquqiy  yashash  uchun  bo‘lgan  har  bir  fuqaroning  intilishi  pirovard  natijada  butun  jamiyatning 
o‘shanday yashashiga olib keladi. 
Fuqarolik jamiyati, shunday qilib, bir kishining ehtiyojini uning mehnati vositasida qondirishi barobarida, shu 
mehnat  vositasida  barcha  qolganlarning  ham  ehtiyojini  qondiradi.  U  o‘z  a‘zolarining  shaxsiy  erkinliklari  va 
huquqlarini himoya qiladi, odil sud vositasida ular mulkiga daxl qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi. Fuqarolik jamiyati turli 
tabaqalardan tashkil topadi. Ular orasida tabaqaviy yoki sinfiy ziddiyat singari hodisalar ro‘y berishi mumkin emas. 
CHunki  bunda  shaxs  –  davlat  fuqarosi,  muayyan  inson  manfaatlari  birinchi  o‘rinda  turadi  va  bu  manfaatlar, 
aytganimizdek, ham axloqiy, ham qonuniy jihatdan himoya qilinadi. Zotan, «Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy 
makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z–o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, 
yordam  deradi.  SHaxs  manfaatlari,  uning  huquq  va  erkinliklari  to‘la  darajada  ro‘yobga  chiqishiga 
ko‘maklashadi»
144

Fuqarolik jamiyatining yashash sharti – erkinlik. SHaxsning qonun doirasidagi so‘z erkinligi, fikr erkinligi va 
faoliyat erkinligiga to‘la yo‘l qo‘yilmas ekan, fuqarolik jamiyati amalda mavjud bo‘la olmaydi. Bu jamiyatning yana 
bir  muhim  tomoni  shundaki,  unda  qarindoshlik,  urug‘doshlik,  elatdoshlik  singari  hissiyotlardan  kasbdoshlik, 
mahalladoshlik  hissiyotlari  ustun  maqomga  ega  bo‘ladi;  yonma–yon  ishlayotgan  va  yashayotgan  jamiyat  a‘zolari, 
«begonalar» – umumiy maqsad uchun kurashayotgan hamma yelkadoshlar o‘zlarining  uzoq qarindoshlaridan ko‘ra 
bir–birlariga  yaqinroq  ekanliklarini  anglab  yetadilar.  Undagi  boshqaruv  esa  erkin  tanlov  va  erkin  saylov  asosida, 
hokimiyat idoralari tazyiqidan qonun bilan himoyalangan ixtiyoriy tuzilmalar ko‘magida ish olib boradi. SHu bois 
davlatimiz  rahbari  Islom  Karimov  fuqarolik  jamiyatini  mamlakatimiz  siyosiy  va  davlat  qurilishining  asosiy 
xususiyatlaridan  biri  sifatida  ta‘kidlaydi  va  bu  xususiyatning  mohiyatini  mahalliy  hokimiyat  va  fuqarolarning 
o‘zini–o‘zi  boshqarish  organlari  vazifalarini  kengaytirish,  ularga  davlat  vakolatlarining  bir  qismini  bosqichma–
bosqich  o‘tkazib  borish,  nodavlat  va  jamoat  tuzilmalari  huquqi  va  mavqeini  oshirishni  ko‘zda  tutadigan  «Kuchli 
davlatdan – kuchli jamiyat sari» konsepsiyasini amalga oshirishdan iborat» deb ta‘riflaydi
145

Mamlakatimizda  hozir  erkin,  demokratik  fuqarolik  jamiyatini  tuzishga  kirishganmiz.  Bu  jamiyat,  ma‘lum 
ma‘noda, g‘arbliklar tasavvuridagi fuqarolik jamiyatlaridan farq qiladi. G‘arbda bu borada e‘tibor asosan huquqiy 
yo‘nalishning  ustuvorligiga  qaratilsa,  bizda  axloqiy–ma‘naviy  yo‘nalishning  ustuvorligini  ko‘rish  mumkin.  SHu 
nuqtayi  nazardan olib qaraganda, biz qurayotgan  fuqarolik jamiyati  G‘arb dunyosi  uchun o‘rnak bo‘lishi  mumkin. 
                                                 
143
 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т., «Маънавият», 2008, 58-б. 
144
 Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиѐт йўлида.  Т., «Ўзбекистон», 1998, 127-б.  
145
 Каримов И.А. Донишманд халқимизнинг мустаҳкам иродасига ишонаман. «Фидокор» газетаси, 2000 йил, 
8 июн. 


Bu  faxrlanish  hissidan  kelib  chiqqan  balandparvoz  gap  emas.  Masala  shundaki,  G‘arb  jamiyatlari  hozirgi  paytda 
axloqiylikni  huquqiylikning  yuqori  bosqichi  sifatida  qabul  qilmoqdalar.  Lekin  ular  uchun  «axloqiy  o‘rin 
bo‘shatishdan»  ko‘ra  «huquqiy  o‘rinni  egallab  turish»  nafaqat  qonuniy,  balki  zavqliroq  tuyuladi.  Bizning 
mentalitetimizda esa buning aksi – har bir «axloqiy o‘rin bo‘shatish» o‘zbek qalbiga quvonch, o‘z insonlik burchini 
bajarganlik hissini to‘ldiradi. 
Bundan tashqari, bizda fuqarolik jamiyati qurishni ma‘lum ma‘noda tezlashtiradigan, G‘arb mentalitetiga xos 
bo‘lmagan  mahallalar  bor.  O‘zbek  mahallalari  tom  ma‘noda  axloqiy  tarbiyaning  maskani;  oila  kattalari  bolaga 
qanchalik  tarbiya  bera  olsa,  o‘sha  oila  yashayotgan  mahallaning  tarbiya  borasidagi  hissasi  ham  shuncha  bo‘ladi, 
desak xato qilmaymiz. Buning ustiga, mahallada xalqimizning qadimiy demokratik an‘analari hozir ham o‘z kuchini 
yo‘qotgan  emas.  Mahallada  yashayotgan  hukumat  a‘zosi  ham,  millioner  tijoratchi  ham,  farrosh  ham,  oddiy 
o‘qituvchi  ham  bir  xildagi  mahalladoshlik  huquqiga  ega.  CHunonchi,  mahallaning  oqsoqoli  oddiy  o‘qituvchi 
bo‘lishi mumkin va ko‘p hollarda shunday ham. Hukumat a‘zosi yoki millioner esa, mahallada faqat mahalladoshlik 
«lavozimi»da bo‘ladi. Ularning farqlanishi faqat axloqiy jihatlari bilangina belgilanadi. Ana shu xususiyatlari bilan 
mahalla  o‘z–o‘zini  boshqarish  tuzilmasi  sifatida  oiladan  fuqarolik  jamiyatiga  o‘tish  uchun  axloqiy  ko‘prik  bo‘lib 
xizmat  qiladi.  Bunday  oraliq  bog‘lovchi  tuzilma,  yuqorida  aytganimizdek,  G‘arb  olamida  yo‘q.  Demak,  shunga 
ko‘ra  ham, bizda  fuqarolik  jamiyatiga  o‘tish  nisbatan osonroq kechadi,  degan  fikrni bildirish  mumkin. Bu borada 
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning: «SHu ma‘noda mahallani o‘z–o‘zini boshqarish maktabi, ta‘bir joiz 
bo‘lsa, demokratiya darsxonasi, deb atash mumkin», – degan so‘zlari ayni haqiqatdir.
146
 
Shunday qilib, fuqarolik jamiyati muayyan xalq uchun jam bo‘lib, jamoat tarzda yashashning eng oliy shakli 
hisoblanadi  va  nosiyosiy  bo‘lgan  barcha  munosabatlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Unda  shaxs  erkinligi  «individning 
ochilishi»  ixtiyoriy  tarzda  tuzilgan  fuqarolar  uyushmalari,  tashkilotlari  va  birlashmalari  doirasida  o‘zini  namoyon 
qiladi;  iqtisodiy,  diniy,  ma‘naviy,  axloqiy–estetik  milliy,  oilaviy  v.b.  munosabatlar  davlat    idoralarining 
aralashuvisiz, o‘z–o‘zini boshqarish asosida amalga oshiriladi.  
 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish