O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Materiya  tushunchasi  va uning  tashkillashuv  darajalari



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

 Materiya  tushunchasi  va uning  tashkillashuv  darajalari. Materiya» tushunchasi qadimgi mutafakkirlar 
bizni  qurshagan  dunyoning  barcha  rang-barang  narsalari  yaratib  va  yo‘q  qilib  bo‘lmaydigan,  odamlarga  ham, 
xudolarga  ham  bog‘liq  bo‘lmagan  umumiy  va  yagona  «birinchi  asos»dan  kelib  chiqqani  haqidagi  g‘oyani  ilgari 
surgan paytdan e‘tiboran falsafiy kategoriya sifatida ishlatila boshlagan. Bu «birinchi asos»ni ular barcha narsalarni 
yaratish uchun asosiy material bo‘lib xizmat qiluvchi qandaydir modda sifatida tasavvur qilgan. Ayni shu material 
materiya deb atalgan.  
«Materiya»  atamasi  lotincha  materia  so‘zidan  kelib  chiqqan  bo‘lib,  modda  degan  ma‘noni  anglatadi
SHunga  qaramay,  falsafa  tarixida  «materiya»  tushunchasining  mazmuni  bir  necha  marta  o‘zgargan, 
tabiatshunoslikning va falsafaning rivojlanishiga muvofiq rivojlangan.  
Qadimgi yunon falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini 
asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi 
va  shakl-shamoyili  har  xil  jismlar  paydobo‘lishiga  asos  bo‘lib  xizmat  qiladigan  sifatlardan  mahrum  substrat 
(material)ni  ifodalagan.  Platon  talqinida  materiya  shaklsiz  va  nomuayyan  bo‘lib,  har  qanday  geometrik  shakl 
ko‘rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi. 
Darhaqiqat, hamma narsalarning asosi bo‘lgan birinchi modda haqidagi tasavvur materiya bilan bog‘langan. 
Materiya yuzaga keluvchi hamma narsalarning substrati sifatida namoyon bo‘lgan.  
Materiya haqidagi tasavvur shakllanishining quyidagi bosqichlari farqlanadi. 
I  -  bosqich  Antik  falsafa.  Materiya  birlamchi  material  (suv,  olov,  atom  va  sh.k.)  sifatida.  Falsafa  tarixida 
materiya haqidagi tasavvurlarning shakllanishini «dastlabki stixiyali materializm»deb ataladi. Ushbu materializm o‘z 
rivojlanishining birinchi bosqichida tabiat hodisalarining cheksiz rang-barangligiga asoslangan birlikni tabiiy hol deb 
hisoblaydi  va  uning  sabablarini  muayyan  moddiy,  o‘ziga  xos  narsadan  izlaydi  (xuddi  Fales  bu  asosni  suv  deb 
izohlaganidek).  
Antik  qarashlarga  ko‘ra  materiya  –  jismlar  va  narsalarning  o‘zagini  belgilovchi  birlamchi  materialdir. 
Masalan, qadimgi yunon faylasufi Fales suv o‘simliklar, hayvonlar va odamlarga zarurligini qayd etib, suvni barcha 
narsalar asosi deb e‘lon qilgan. Geraklit quyosh, yulduzlar va boshqa jismlarni yaratuvchi olovni hamma narsaning 
asosi deb hisoblagan.  
Tabiatni  ilmiy  bilishning  samarali  dasturi  yaratilishiga  olib  kelishga  qodir  bo‘lgan  materiyaning  birinchi 
kontseptsiyasini miloddan avvalgi V asrda qadimgi atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan.  
II - bosqich XVI-XVII asrlar metafizik materializmi. Materiya muayyan o‘zgarmas xossalar yig‘indisi sifatida 
tahlil qilingan. O‘sha davrda  materiya tushunchasi fizikada qabul qilingan muayyan o‘zgarmas xossalar yig‘indisi 
sifatidagi «modda» tushunchasi bilan ayniylashtirilgan. Masalan, ingliz materialistlari F.Bekon va T.Gobbs bunday 
xossalar  qatoriga  ko‘lamlilik,  shakl,  og‘irlik  va  hokazolarni  kiritgan.  Ba‘zan  materiya  tushunchasi  bitta  muayyan 
«birlamchi» xossa, masalan ko‘lamlilik yoki massa bilan ayniylashtirilgan (R.Dekart, I.Nyuton ). 


III  -  bosqich  XVIII-XIX  asrlar.  Materiya  inson  sezgi  a‘zolari  orqali  idrok  etishga  qodir  bo‘lgan  ob‘ektiv 
borliq  sifatida  talqin  qilingan.  Bu  davrda  «materiya»  tushunchasi  tabiiy  fanlarning  rivojlanish  jarayonida  olimlar 
bilimning muayyan sohalarida aniqlagan belgilar bilan boyib bordi. Masalan, mexanikada makrojismlarning alohida 
xossasi – massa aniqlandi. U materiyaning eng muhim belgisiga aylandi, materiya massa bilan bir xil, deb hisoblana 
boshlandi. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish