O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Materialistik  monizm  dunyo  yagona  va  uzviy,  u  azaldan  moddiy  va  dunyoning  birligi  zamirida  ayni  shu 
moddiylik  yotadi,  deb  hisoblaydi.  Bu  kontseptsiyalarda  ruh,  ong  va  ideallikdan  emas,  balki  moddiylikdan  keltirib 
chiqariladi.  Bunday  yondashuvlarning  o‘ta  rivojlangan  ko‘rinishlariga  biz  Fales,  Geraklit,  Spinoza  va  uning 
izdoshlari asarlarida duch kelamiz. 
Idealistik  monizm  esa,  materiyani  har  qanday  borliqning  boqiy  mavjudligi,  yo‘q  bo‘lmasligi  va  birinchi 
asosiga  ega  bo‘lgan  qandaydir  ideal  narsaning  mahsuli  deb  hisoblaydi.  Bunda  ob‘ektiv-idealistik  monizmni 
(masalan,  Platonda  –  bu  o‘lmas  g‘oyalar,  zardo‘shtiylikda  olov,  o‘rta  asr  falsafasida  –  Xudo,  Gegelda  – 
yaratilmaydigan  va  o‘z-o‘zidan  rivojlanadigan  «mutlaq  g‘oya»)  va  sub‘ektiv-idealistik  monizmni  (masalan, 
borliqning barcha jismoniy va ruhiy holatlarini «neytral» asosdan – dunyoning qandaydir mavhum konstruktsiyalari, 
«elementlari»dan keltirib chiqargan Max) farqlash mumkin.  
Dualizm  birinchi  asos  sifatida  ikkita  substantsiya  olingan  falsafiy  yondashuv  (lot.  dualis  –  ikki  yoqlama). 
Nemis  faylasufi  X.Volf  XVIII  asr  boshida  «dualizm»  atamasini  falsafiy  muomalaga  kiritgan.  X.Volf  dunyoda 
barqaror  tartibning  shakllanishida  tafakkur,  g‘oyalar  va  aql-idrokning  alohida  o‘rnini  aniqlashga  harakat  qilgan. 
X.Volfning  falsafaga  oid  qo‘llanmalari  barcha  o‘quv  yurtlarida  o‘qitilgan  va  eskirgan  (sxolastik)  jihatlarni  siqib 
chiqargan. Ular universitet ta‘limining asosiy manbalari sifatida amal qila boshlagan.  
Frantsuz materialist faylasufi J.Lametri (1709-1751) o‘zining «Ruhning tabiiy tarixi» deb nomlangan asarida 
dualizmni  inkor  qiladi.  U  o‘zida  tajriba  o‘tkazgan  –  bezgak  kasalligiga  chalingach,  uning  kyechishini  kuzatgan, 
pirovardida,  insonning  ruhiy  holati  uning  jismoniy  vujudiga  bog‘liq,  degan  xulosaga  kelgan.  J.Lametri  monistik-
materializmni  himoya  qilib,  cheksiz  takomillashuvchi  yagona  moddiy  substantsiya  mavjud,  degan  g‘oyani  ilgari 
surgan.  Substantsiyaga  xos  sezish  va  fikrlash  qobiliyati  vujudli  jismlarda  mavjud  bo‘ladi.  Sezish  va  fikrlash 
qobiliyatining o‘zi tashqi jismlarning miyaga ta‘siri bilan bog‘liq. SHu sababli aynan tashqi dunyo insonning «miya 
ekrani»da aks etadi, tana ehtiyojlari esa, J.Lametrining fikriga ko‘ra, «aql mezoni» sifatida amal qiladi.  
Ikki  asos,  aytaylik,  muhabbat  va  nafrat,  yaxshilik  va  yomonlik,  erkinlik  va  zaruriyatning  teng  huquqliligi 
g‘oyasi ilgari surilgan har qanday falsafiy nazariya dualistik nazariya sifatida amal qilgan.  
Rene  Dekart  falsafa  tarixidan  dualizmning  yorqin  vakili  sifatida  o‘rin  oldi.  R.Dekartning  radikal 
mexanitsizmi  uni  materiyaning  butunlay  ruhsizligi  haqidagi  yondashuvga  olib  keldi.  R.Dekart  nazarida,  moddiy 
jismoniy  substantsiya  o‘z  atributi  sifatida  uzunlik,  kenglik  va  chuqurlik  ko‘lamigagina  ega.  U  mutlaq  bo‘shliqni 
istisno  etadi,  harakatlanish,  ya‘ni  jismoniy  zarralarni  bo‘lish,  joydan-joyga  ko‘chirish  va  o‘zgartirish  qobiliyatiga 
ega.  
Ma‘naviy hayot faylasuf nazarida moddiy hayotdan alohida, o‘zining bilish va fikrlash faoliyati, intellektual 
intuitsiya  va  deduktsiya  kabi  o‘ziga  xos  ko‘rinishlarida  namoyon  bo‘ldi.  U  ruhiy  substantsiyaning  butunlay 
jismsizligini e‘tirof etdi. Garchi R.Dekart yangi falsafa va fan asoschilaridan biri bo‘lsa-da, uning g‘oyalarida o‘rta 
asr  falsafasidan  meros  qolgan  «substantsiya»  atamasining  alohida  narsani  tushunish  uchun  qo‘llanilishiga, 
shuningdek,  u  ikki  muhim  -  universal  va  cheksiz  substantsiya  –  fikrlash  va  ko‘lamni  alohida  erkin  maqomga  ega, 
deb  e‘lon  qilganiga  duch  kelish  mumkin.  R.Dekartning  «cogio  ergo  sum»  –  «men  fikrlayapman,  demak, 
mavjudman»,  degan  iborasi  falsafiy  tafakkurni  barcha  narsalarning  negizi  sifatida  tan  olganligidan  dalolat  beradi. 
R.Dekart  fikrlovchi  substantsiyaning  uzviyligini  va  har  bir  «Men»,  ya‘ni  aqlli  jonzotga  bevosita,  ko‘lamli 
substantsiya esa – bilvosita ochiqligini isbotladi. Ajralmas substantsiya (aql) metafizikaning o‘rganish predmet ini, 
ajraluvchi substantsiya (ko‘lam) esa fizika predmet ini tashkil etadi. 
Ikki substantsiya – ma‘naviy va moddiy substantsiyalarni farqlash, bu mantiqiy nuqtayi nazardan noto‘g‘ri va 
ratsional ma‘noda juda ko‘p qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Fikrlash va ko‘lamga ikki substantsiya tarzida, 
ya‘ni  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lmagan  mustaqil  asoslar  sifatida  yondashilganida,  «ruh»  va  «tana»  o‘z  harakatlarida 
qanday uyg‘unlashishi, umuman, «tana» qanday qilib fikrlash qobiliyatini kasb etishi mumkinligini tushunish qiyin. 
Mohiyat-e‘tiboriga ko‘ra, substantsiya butun mavjudot asosi, hamma narsani o‘z ichiga oluvchi va o‘zini namoyon 
qilish uchun hech narsaga muhtoj bo‘lmagan yagona birinchi asos sifatida namoyon bo‘lgan 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish