O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Plyuralizm  dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko‘proq mohiyat borligini tan oluvchi ta‘limotdir
«plyuralizm» (lot. – ko‘plik, ko‘p xillik, ko‘p sonlik) atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan. Bu tushuncha 
ontologiyada ayniqsa, jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirgan. CHunki ayni shu ta‘limotda borliqning ko‘p sonli mustaqil va 
o‘zaro bog‘lanmaydigan asoslari ilgari surilgan.  
Leybnitsning  «monadologiyasi»,  ya‘ni  monadalar  haqidagi  ta‘limoti  plyuralizmning  klassik  ko‘rinishi 
hisoblanadi. Ushbu ta‘limotga ko‘ra, dunyo son-sanoqsiz ruhiy substantsiyalardan tashkil to‘adi. Ammo, plyuralistik 
yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko‘rinishlari ham  mavjud. Masalan, Em‘edokl yaratgan dunyoning 
to‘rt asosi haqidagi ta‘limot plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi.  


Ba‘zan plyuralizmga mustaqil ta‘limot sifatida emas, balki dualizmning o‘zgargan ko‘rinishi sifatida qaraladi. 
Lekin  plyuralistlar  o‘z  nazariyasining  asosiy  vazifasini  dualistik  munozaralarda  yechimini  to‘magan  ruh  va  tabiat 
o‘rtasidagi qarama-qarshilik masalasidan farq qiladi, deb biladilar.  
Substantsiyani barcha o‘zgarishlar va o‘z-o‘zining sababchisi -causa sui sifatida tushunish I.Kant tomonidan 
qabul  qilinib,  yuksak  baholangan.  U  substantsiyani  «hodisalarning  vaqtdagi  barcha  munosabatlarini  aniqlashga 
yordam beruvchi o‘zgarmas asos», deb ta‘riflagan. Uningcha, substantsiya har qanday tajriba va har qanday idrok 
etishning  asosiy  shartidir.  U  barqaror  holatda  bo‘ladi,  har  qanday  mavjudlik  va  vaqtdagi  o‘zgarish  uning  modusi, 
ya‘ni o‘zgarmas narsaning mavjudlik usuli sifatida qaralishi mumkin.  
Substrat  borliqning  eng  quyi  va  asosiy  qatlami  sifatida  tushuniladi.  Falsafada  «Substantsiya»  kategoriyasi 
«substrat» (lot. – to‘shama, negiz) tushunchasiga yaqin turadi, deb qaraladi. Qadimgi atomistik ta‘limotlarda atomlar 
ana  shunday asos  hisoblangan. Har qanday  substrat  muayyan  vujudga  kelish jarayonining o‘ziga  xos xususiyatini 
ifodalaydi.  Hozirgi  talqinda,  muayyan  fizik  jarayonlarning  substrati  sifatida  elementar  zarralar  va  fundamental 
(kuchli,  kuchsiz,  elektromagnit  va  gravitatsion)  o‘zaro  ta‘sirlar  amal  qiladi.  Turli  moddalarning  hosil  bo‘lish  va 
o‘zgarish jarayonlarida o‘zining barqaror holatini saqlab qoluvchi atomlar kimyoviy jarayonlarning substrati sifatida 
namoyon  bo‘ladi.  Elementar  «hayot  birliklari»  sifatida  amal  qiluvchi  nuklein  kislotalar  (DNK  va  RNK)  va  oqsil 
moddalarining molekulalari biologik jarayonlar substrati bo‘lib xizmat qiladi. Barcha ijtimoiy o‘zgarishlar zamirida 
maqsadga muvofiq faoliyati mavjud bo‘lgan inson ijtimoiy hayot substrati hisoblanadi. 
Hozirgi zamon falsafasida substantsiya kategoriyasining ontologik mazmuni o‘zaro ta‘sir sifatida tushuniladi. 
CHunki  aynan  o‘zaro  ta‘sir  dunyo  yaralishining  haqiqiy  va  pirovard  sababchisi  –  narsalarning  o‘z-o‘zini  yakuni 
(causa  finalis)  hisoblanadi.  Narsalarni  substantsiyalilik  nuqtayi  nazaridan  o‘rganish  ularning  mavjudligini  ichki 
sabablar va o‘zaro ta‘sirlar nuqtayi nazaridan yoritish, demakdir. SHu ma‘noda, substantsiyani ichki birlik  nuqtayi 
nazaridan,  uning  cheksiz  va  rang-barang  o‘zgarishlaridan  qat‘iy  nazar,  qaraladigan  ob‘ektiv  borliq  sifatida, 
harakatning  barcha  shakllari,  mazkur  harakat  jarayonida  yuzaga  keluvchi  va  yo‘q  bo‘luvchi  tafovut  va  qarama-
qarshiliklar nuqtayi nazaridan yondashiladigan materiya sifatida ta‘riflash mumkin.  

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish