Huquqiy, axloqiy va estetik hodisalar tavsifida me‘yor tushunchasi normativlik xususiyatini kasb etadi. «Aynan
«ko‘proq» va «kamroq» orqali yengiltaklik me‘yori buziladi va butunlay boshqa narsa – jinoyat namoyon bo‘ladi,
aynan «ko‘proq» va «kamroq» orqali adolat haqsizlikka, fazilat nuqsonga o‘tadi»
55
. Masalan, huquqda qilmishning
ijtimoiy xavflilik darajasi va jazo chorasi o‘rtasidagi muvofiqlikka rioya etiladi. Me‘yor tushunchasida miqdor va
sifat xossalarining o‘zaro aloqasi aks etadi. Tabiatda kuzatiladigan narsalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi
dunyo evolutsiyasining muhim va keng tarqalgan mexanizmlaridan birini aks ettiradi. Me‘yor tushunchasi
evolutsiya tendentsiyalarini aniqlash, turli sistemalarning o‘tmishi va kelajagi xususida gipotezalar tuzish imkonini
beradi. Miqdor sifat jihatidan bir jinsli hodisalarning muayyan ob‘ektiv ko‘rsatkichi bo‘lib, u mazkur hodisalarning
kattaligini, mavjudlik muddatini va umuman hodisa yoki uning ayrim tomonlari rivojlanishining faollik darajasini
tavsiflaydi.
SHunday qilib, narsalar va hodisalar sifat va miqdor xususiyatlariga ega bo‘ladi. Ammo narsalar va
hodisalarning bu tomonlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud emasdek, ularning biri ikkinchisiga bog‘liq emasdek bo‘lib
tuyulishi mumkin. Lekin amalda bunday emas. Miqdor va sifat o‘rtasida dialektik aloqa mavjud: muayyan sifatni
aks ettirmaydigan miqdor mavjud emas va shu bilan bir vaqtda miqdorsiz sifat ham yo‘q. Mazkur sifatga
qo‘shimcha tarzda doim qandaydir emas, balki muayyan miqdor javob beradi. Biz, masalan, uzunligi Amudaryo
ustida qurilgan ko‘prikning uzunligiga teng bo‘lgan stolni ko‘rmaganmiz. SHuningdek oyoqlarining uzunligi 5 m
bo‘lgan odamni tasavvur qilish ham qiyin. SHunday qilib, har qanday sifat falsafada me‘yor deb ataladigan miqdor
chegarasiga ega bo‘ladi. Miqdorning me‘yor doirasida o‘zgarishi sifatning o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi, lekin
me‘yordan oshilganda narsa o‘zining avvalgi mohiyatini yo‘qotadi. Miqdor va sifat o‘zgarishlarining bunday o‘zaro
ta‘siriga ko‘p sonli faktlarni keltirish mumkin. Masalan, jismning tezligi sekundiga 1000, 2000, 7910 metr bo‘lsa, u
yerga yiqiladi. Agar jismning tezligi atigi bir birlikka oshirilsa va u sekundiga 1911 metrga yetkazilsa, jism Yerdan
ko‘tariladi va uning yo‘ldoshiga aylanadi. Demak, miqdor o‘zgarishlari, agar ular me‘yor doirasida yuz bersa, sifatni
butunlay o‘zgartirmaydi. Biroq, agar bu o‘zgarishlar me‘yor chegarasidan chetga chiqsa, o‘zining muayyan miqdori
va o‘z me‘yoriga ega bo‘lgan yangi sifat vujudga keladi.
Miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘liqligi haqidagi qoida umumiy ahamiyat kasb etadi. U atrof
borliqning barcha narsalari va hodisalariga nisbatan o‘rinli, ya‘ni dialektika qonuni kuchiga ega. U quyidagicha
ta‘riflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: