2.Undosh fonemalar o‘rtasida jarangli va jarangsizlik munosabati.
Nutq a’zolarining tovush talaffuzi jarayonidagi turlicha harakati va holati artikulyatsiya deyiladi. Tovush hosil qilishda ma’lum bir nutq a’zosi yoki uning biror qismi faol ishtirok etadi. Masalan: b, p tovushlarini hosil qilishda lablar, d, t, z undoshlarini hosil qilishda tilning oldingi qismi orqa qismi faol ishtirok etadi. Demak, b,p tovushlarining artikulyatsiya o‘rni lablar, d, t, k undoshlariniki esa tildir. Nutq a’zolari tovush hosil bo‘lish jarayonida bir-biri bilan jipslashishi va bu jipslashgan nutq a’zolariga havo oqimining kelib urilishi natijasida portlashi (masalan d, t, k, b kabi) yoki bir-biriga yaqinlashib tor oraliq hosil qilgan nutq 26 a’zolari orasidan havo oqimining o‘tishi (masalan s, sh, z, f kabi) sababli sirg‘alishi mumkin. Tovush hosil qilish paytida havo oqimining sirg‘alib yoki portlab o‘tishi artikulyatsiya usuli deb ataladi. Demak, d, t, b undoshlari artikulyatsiya usuliga ko‘ra portlovchilar z, s, sh, undoshlari esa sirg‘aluvchilardir. Nutq tovushlari artikulyatsiya jarayonida ishtirok etadigan a’zolarni faol va nofaol turlarga bo‘lib o‘rganamiz: 1. Faol nutq a’zolari: til, kichik til, lab, tovush paychalari, pastki jag‘lar, yumshoq tanglay. Bu a’zolardan eng faoli til, lab va tovush paychalaridir. 2. Nofaol nutq a’zolari: yuqori jag‘, kekirdak, qattiq tanglay, burun, tishlardir. Nutq tovushlari tasnifi. Nutq tovushlarini tasnif etishda bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan tovush paychalarining tebranishidan hosil bo‘ladigan ovozning hamda og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘ladigan shovqinning ahamiyati kattadir. Shunga ko‘ra, ular ikki turga ajratiladi: 1) unli tovushlar; 2) undosh tovushlar. Unli tovushlar faqat ovoz (un) ishtirokida hosil bo‘lib, ularni talaffuz qilish jarayonida o‘pkadan chiqadigan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramaydi. Masalan, o, a, i kabi. Shuning uchun unli tovushlarda ohangdorlik kuchli bo‘ladi. Har bir til o‘ziga xos unlilar tizimiga ega.Tildagi unlilar tizimi vokalizm deyiladi. Vokalizm - lotincha vokalis so‘zidan olingan bo‘lib, unli (ovozdor) demakdir. Undosh tovushlar o‘pkadan chiqadigan havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrashi natijasida yuzaga keladi. Bunday tovushlar faqat shovqindan yoki ovoz hamda shovqindan iborat bo‘lishi mumkin. Tildagi undoshlar tizimi konsonantizm deb ataladi. Bu termin inglizcha konsonontism so‘zidan olingan bo‘lib, undoshlar tizimi demakdir.Artikulatsiya usuliga ko‘ra. Bunda o‘pkadan kelayotgan havo oqimining to‘siqdan (fokusdan) qay tarzda o‘tishi nazarda tutiladi. Bu belgisiga ko‘ra undoshlar hozirgi o‘zbek tilida quyidagi turlarga bo‘linadi:Portlovchilar — havo oqimining to‘siqdan portlab o‘tishidan hosil boluvchi undoshlar. Bularga b, g, d, k, p, t, q fonemalari kiradi.Bu undoshlarning talaffuzida nutq apparatidagi ikki a’zo bir-biriga tegib, havo yo‘lini to‘sadi, natijada portlash yuz beradi.
Qorishiq portlovchilar (affrikalalar) — ch, j (dj). Bu undoshlar artikulatsiyasining ish holati ikki xil kechadi: bitta fokusning o‘zida portlash va sirg‘alish jarayonlari sodir boiadi — artikulatsiya portlash bilan boshlanib, sirg‘alish bilan tugaydi.
Sirg‘aluvchilar — v, j, z, y, 1, s, f, x, sh, g\ h. Bu undoshlarning talaffuzida nutq apparatidagi ikki a’zo bir-biriga juda yaqinlashadi, ammo jipslashmaydi: havo oqimining sirg‘alib o‘tishi uchun oraliq qoldiriladi.. Bu guruhga m, n, q undoshlari kiritiladi: a) «m» ning artikulatsiyasida ikkala lab orasida yuzaga kelgan to‘siq havo yolini yopadi (yumuq fokus yuzaga keladi), natijada, havo oqimi to‘siqqa urilib, orqaga qaytadi va burun bo‘shlig‘idan sirg‘alib o‘tadi (bunda burun yoli ochiq holatda boiadi); b) «n» ning artikulatsiyasida til uchi bilan milk orasida havo yoli yopiladi, orqaga qaytgan havo oqimi (un bilan birga) burun bo‘shlig‘idan sirg‘alib o‘tadi: d) «ng» ning artikulatsiyasida tilning orqa qismi bilan yumshoq tanglay orasida havo yoli yopilib, burun bo‘shlig‘ida sirg‘alish kechimi sodir boiadi.3
Izoh: m, n, q undoshlari artikulatsiyasida portlash ola kuchsizlanadi, bunga havo oqimining to‘siqqa urilib, orqaga qaytishi va burun bo‘shlig‘idan sirg‘alib o‘tishi sabab boiadi. Shuning uchun adabiyotlarda bu tovushning artikulatsiya usuli har xil baholanmoqda: «portlovchi-sirg‘aluvchilar», «portlovchilar» , «sirg‘aluvchilar» «burun (nazal) undoshlari» kabi.
Titroq undosh — «r». Bu undoshning talaffuzida tilning uchi qattiq tanglayning old qismi tomon kolariladi va havo zarbidan titraydi, havo oqimi tebranadi.
Un paychalari ishtirokiga ko‘ra. Tasnifning bu aspektida un (ovoz) paychalarining tovush hosil qilishda ishtirok etish-etmasligi nazarda tutiladi. Bu belgi asosida undoshlar quyidagi ikki turga bolinadi:
Jarangsiz undoshlar - k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h. Jarangsiz undoshlarning talaffuzida havo oqimi bo‘g‘izdagi un paychalari orasidan to‘siqqa uchramay o‘tadi, natijada un paychalari tebranmaydi, ovoz hosil bo‘lmaydi, tovush halqumda yoki og‘iz bo‘shlig‘idagi to‘siqda yuzaga kelgan shovqinning o‘zidangina tarkib topadi.
Jarangli undoshlar ~ b, v, g, d, j, j (dj), z, y, 1, m, n, q, r, g‘. Jarangli undoshlarning talaffuzida bo‘g‘izdagi un paychalari tortilib, taranglashadi, ular oralig‘idagi bo‘shliq yo‘qoladi, natijada o‘pkadan kelayotgan havo oqimi un paychalariga urilib, uni tebratadi, tebranish esa ovozni yuzaga keltiradi, ovoz o‘z navbatida og‘iz bo‘shlig‘idagi to‘siqda paydo bo‘lgan shovqinga qo‘shilib, tovushning jaranglashuviga sabab boiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |