O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


§ 1. Hozirgi o‘zbek tilshunosligida konsonantizm undosh fonemalarda aks etishi



Download 60,54 Kb.
bet5/16
Sana04.02.2022
Hajmi60,54 Kb.
#428245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ZUHRA 206

§ 1. Hozirgi o‘zbek tilshunosligida konsonantizm undosh fonemalarda aks etishi.
Til taraqqiyoti va rivoji ma’lum qonuniyatlar asosida yuzaga keladi.Til murakkab va ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa bo‘lib,undagi birliklar barcha jihatdan uzviy bog‘langan.Ushbu birliklarga aloqador qonuniyatlar ham o‘zaro bog‘liq hisoblanadi.Tildagi tarixiy fonetik o‘zgarishlar ma’lum tarixiy fonetik qonuniyatlar asosida ro‘y beradi.Fonetik – fonologik o‘zgarishlar tilning ichki qonuniyatlari bilan bog‘liq hodisadir.Tildagi tarixiy- fonetik o‘zgarishlarni o‘rganuvchi qiyosiytarixiy tilshunoslik sohasi qiyosiy-tarixiy fonetikadir.Qardosh tillardagi(slavyan,german, roman tillari, turkiy tillar)tarixiy fonetik o‘zgarishlar natijasida so‘zlardagi etimologik va geneologik, ya’ni kelib chiqish jihatdan o‘xshashlik va farqli tomonlarini qiyosiy –fonetika aniqlab beradi. Qardosh va qardosh bo‘lmagan tillardagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni tahlil qilish natijasida tipologik, qiyosiy –tipologik fonetika, fonologiya sohalari shakllandi. Til taraqqiyotidagi fonetik o‘zgarishlarni tahlil etuvchi fonetik-fonologik qonuniyatlar quyidagilar:
1. Umumiy fonetik qonuniyatlar barcha tillarga xos umumiy holdagi tartib va qoidalarni tilning boshqa qonuniyatlari bilan bog‘liqlikda aks ettiradi. Masalan, singarmonizm(tovushlarning uyg‘unlashuvi) turkiy tillarga xos umumiy fonetik qonuniyatdir.
2. Xususiy fonetik qonuniyatlar muayyan til uchun xos bo‘lgan qonuniyatlarni ifodalaydi.Masalan, turkiy tillarga mansub o‘zbek tilining keyingi taraqqiyotidagi ichki o‘zgarishlar hamda yondosh tillar ta’sirida yuzaga kelgan hodisalar shu tilning o‘ziga xos rivojlanish omillari bilan bog‘liqdir. Fonetik qonuniyatlar davriy nuqtayi nazardan ikkiga bo‘linadi. 1) tarixiy fonetik qonuniyatlar tillar yoki muayyan bir tilning tarixiy taraqqiyotida yuzaga kelgan tarixiy-fonologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.Til tarixining tarixiy tovush o‘zgarishlarini o‘rganuvchi bo‘limi tarixiy fonetika va fonologiya deb yuritiladi. 8 2)davriy fonetik qonuniyatlar muayyan til doirasida hozirgi davrda sodir bo‘layotgan fonetik o‘zgarishlarni izohlaydi. Tarixiy-fonetik vafonologik o‘zgarishlar turli murakkab jarayonlarni o‘z ichiga oladi.Fonetik va fonologik o‘zgarishlar natijasida tildagi fonemalar soni kamayishi yoki ko‘payishi mumkin, bunda ikki hodisa ro‘y beradi. 1. Ikki fonemaning yaxlit bir fonema sifatida birlashishi konvergensiya deyiladi. O‘zbek tili tarixida ma’lum bo‘lgan til oldi va til orqa, qisqa va cho‘ziq fonemalar keyinchalik birlashib, o‘rta cho‘ziqlikka ega bo‘lgan 6 ta unli fonemani hosil qilgan. 2. Bir fonemaning ikki mustaqil fonemaga ajralishi divergensiya deyiladi. Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va pozitsion o‘zgarishlari ham kiradi. Umuman, fonetik qonuniyatlarni boshqa yondosh hodisalar ta’sirida o‘rganish tilshunoslik fani uchun ilmiy qiymatga ega.
Konsonantizm hozirgi o‘zbek adabiy tili undosh fonemalari tizimidir.Bu tizim 24 fonemani - b, v, g, d, j, j (dj), z, y, k, 1, m, n, q, p, r, s, t, f,x, ch, sh, q, g\ h tovushlarini o‘z ichiga oladi. Biroq manbalarda o‘zbek adabiy tili undoshlari miqdoriga oid boshqa fikrlar ham mavjud: 22 ta (S. Otamirzayeva, Y.D. Polivanov), 23 ta (A.K. Borovkov, l.A. Kissen), 25 ta (A.N. Kononov, V.V. Reshetov, A. Abduazizov)25. Demak, hozirgi o‘zbek adabiy tili undosh fonemalari miqdori masalasida tilshunoslikda tugal bir fikr yo‘q.Undosh tovushning shakllanishida albatta shovqin qatnashadi, u nutq apparatidagi (masalan, og‘iz bo‘shlig‘idagi) aktiv va passiv a’zolarning bir- biriga tegishi yoki juda yaqinlashishi natijasida hosil bo‘lgan to‘siqdan havo oqimining portlab yoki sirg‘alib (a’zolarga ishqalanib) o‘tishidan paydo bo‘ladi. Bunday to‘siq fonologiyäda fokus deyiladi. Demak, undoshlarda fokusning bo‘lishi shart.Bunda o‘zbek tili konsonantizmi tizimiga xos asosiy fonologik jihatlar — artikulatsiya o‘rni (tovushning fokusi), artikulatsiya usuli va jarangli- jarangsizlik belgilari hisobga olinadi, shu belgilarni shakllantirishda ishtirok etadigan fizik-akustik va anatomik-fiziologik omillarga tayaniladi. Bunday tasnif quyidagi tartibda berilishi mumkin:2



Download 60,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish