Ko‘makchi fe`llar. Yozma yodgorliklar tilida ayrim fe`llar ko‘makchi fe`l vazifasida ham qo‘llanadi. Ko‘makchi fe`llarning mehim xususiyati, ular qo‘shma fe`l yasash uchun ham xizmat qiladi. Qo‘shma fe`llar ot yoki sifat bilan ko‘makchi fe`llar birikuvidan tuzilgan fe`llar ikki xil:
1) ot yoki sifat+ bol-qolipida tuzilgan fe’llar: qağan bol-xoqon bo‘l, yağї bol-yov bo‘l; 2) ot yoki sifat+qil-qolipida yasalgan fe’llar: qul qil- qul qil, urus qil- urush qil;
Ravishdosh bilan ko‘makchi fe`l birikuvidan tuzilgan fe`llar. Bunday fe`llar bar-, ber-, їd, elt-, qal-, kel ko‘makchi fe`llari ko‘magida tuziladi: adrїlu bar-ayrilib ket, uča bar-vafot et, tezip bar-qochib ket.
Hozirgi o‘zbek tilida e- to‘liqsiz fe`l bo‘lib, u edi, ekan, emis, emas, esa singari shakllarda amal qiladi. To‘liqsiz fe`lning edi, ekan, emis shakllari alohida qo‘llanilmaydi, fe`llar bilan qo‘llanilganda harakat-holatning davomiyligini bildiradi. Otlar bilan qo‘llanilganda esa uni kesimga aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |