II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA XXR O‘RTASIDAGI
IQTISODIY ALOQALAR.
2.1. O‘zbekiston Xitoyning mintaqadagi ishonchli hamkori
Savdo-iqtisodiy sohadagi o‗zaro hamkorlik tobora o‗sib bormoqda. 2004-
yil ikki tomonlama tovar aylanmasi 367 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
2001-2004-yillarda Xitoy bilan tovar aylanish hajmi to‗rt marotaba oshdi. 2005-
yil 25-27-may kunlari O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov Xitoyga rasmiy tashrif bilan to‗rtinchi marotaba bordi.
Xitoyning BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a‘zosi ekanligi, xalqaro
ahamiyatga molik masalalarni hal etishda uning nuqtai nazari va qarashlariga
alohida e‘tibor berilishi, harbiy salohiyati, koinotni tadqiq etishdagi yutuqlari,
yalpi ichki mahsulot, tashqi savdo va eksport hajmi jihatidan yetakchi o‗nlikka
kirishi, iqtisodiy o‗sish borasida oldingi o‗rinlarda turishi Chin yurtining Jahon
iqtisodiyoti va xalqaro siyosat maydonidagi o‗rni haqida muayyan tasavvur
beradi
52
.
O‗zbekiston va Xitoy o‗rtasida davlat rahbarlari, vazirlik va idoralar, ilmiy
doiralar, madaniyat va san‘at namoyandalari, ish odamlari darajasidagi
uchrashuvlar muntazamlik kasb etgani ham ikki tomonlama munosabatlar
o‗zaro manfaatdorlik, ishonch va hurmat asosida ravnaq topib borayotganidan
dalolatdir.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Xitoy safariga Xu Szintaoning
tashabbusi bilan davlat tashrifi maqomi berildi. Tashrif asnosida jami 24
hujjatga imzo chekildi. Bular Xitoyning O‗zbekiston bilan hamkorlikni
rivojlantirishga ulkan ishtiyoqidan dalolat beradi. O‗zbekiston va Xitoy
rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga oid
masalalarni atroflicha muhokama qildilar. Savdo-iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-
texnikaviy, ijtimoiy-madaniy sohalardagi aloqalarning bugungi ahvoli tahlil
52
http://uz.fundamental-economic.uz/?p=259
34
etildi. Istiqboldagi vazifalar belgilab olindi. Islom Karimov va Xu Szintao
do‗stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‗g‗risidagi shartnomaga imzo
chekdilar. O‗zbekiston rahbarining tashabbusi bilan tuzilgan bu hujjat ikki
tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‗tarishga va
aloqalar ko‗lamini yanada kengaytirib yangi mazmun bilan boyitishga
qaratilgan. Islom Karimov mazkur shartnoma O‗zbekiston – Xitoy
munosabatlari o‗z taraqqiyotining yangi bosqichida qadam qo‗yganidan dalolat
ekanligini, strategik sheriklik munosabatlarini ravnaq toptirish uchun
mustahkam asos bo‗lishini ta‘kidladi.
O‗zbekiston bilan Xitoy hukumatlari o‗rtasida texnikaviy-iqtisodiy
hamkorlik va bojxona ishi sohasida o‗zaro yordam to‗g‘risidagi bitimlar, tashqi
ishlar vazirliklari o‗rtasida 2005-2006-yillarga mo‗ljallangan hamkorlik dasturi,
O‗zbekiston Iqtisodiyot vazirligi bilan Xitoy davlat rivojlanish va islohotlar
ishlari qo‗mitasi o‗rtasida hamkorlik to‗g‘risidagi bitim, O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi
bilan Xitoy Fan va texnika vazirligi o‗rtasida qishloq xo‗jaligi sohasida yuqori
texnologiyalar va innavatsiyalar bo‗yicha O‗zbekiston – Xitoy ilmiy-ko‗rgazma
markazini tashkil etish to‗g‘risidagi idoralararo anglashuv protokoli adliya
vazirliklari o‗rtasida sud ekspertizasi sohasida hamkorlik to‗g‘risidagi bitim.
Ikki mamlakat rahbarlarining suhbati chog‘ida xalqaro terrorchilik va
ekstremizmga qarshi kurash borasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish
masalalari ham muhokama etildi. Bunda ShHTning, xususan, uning Toshkentda
joylashgan mintaqaviy aksilterror tuzilmasining katta ekanligi ta‘kidlandi. Bu
illatlarga qarshi kurashda tinchlik va barqarorlikka rahna soluvchi tahdidlarning
oldini olishda ko‗p tomonlama hamkorlik va hamjihatlik asosida ish
yuritilganda kutilgan natijaga erishish mumkin. Bu borada tomonlarning fikri
bir joydan chiqdi. Prezident I.A.Karimov Pekin safari davomida XXR Davlat
kengashi rahbari Ven Tszentao bilan uchrashdi. Ushbu muloqot ikki davlat
35
rahbarlarining muzokaralarda erishilgan kelishuvlarni hayotga joriy qilishning
amaliy jihatlari muhokamasiga bag‘ishlanadi.
Davlatimiz raxbarining XXR Davlat kengashining tashqi siyosat va
mintaqaviy hamkorlik masalalari uchun mas‘ul a‘zosi Tan Tszyasyuan bilan
uchrashuvida o‗zaro siyosiy munosabatlar, O‗zbekiston-Xitoy aloqalarini
rivojlantirish orqali Markaziy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari o‗rtasida
ko‗p tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Yana bir diqqatga sazovor jihati shuki, Islom Karimov va Xu Tszintao
amaliy hamkorlikni kengaytirib borish, oliy darajadagi muloqotlarning
muntazamligini ta‘minlashga kelishib oldilar. Bu Pekin uchrashuvlari
mamlakatlarimiz o‗rtasidagi o‗zaro hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‗tarishda
navbatdagi zalvorli qadam ekanligidan, istiqbolda
O‗zbekiston-Xitoy
munosabatlari yanada keng ko‗lamda rivojlanib borishidan dalolatdir.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 5 marotaba (1992,
1994,1999, 2001, 2005 yillarda) rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‗lgan. 1994
yilda O‗zbekiston XXR Davlat kengashi boshlig‘i Li Pen kelgan XXR Raisi
Tszyan Tszemin (1996 yilda) va uning o‗rnini egallagan Xu Tszintao (2004
yilda) lar ham rasmiy tashrif bilan O‗zbekistonda bo‗ldilar. Xu Tszintao XXR
raisi o‗rinbosari sifatida ham 1995 yilda O‗zbekistonda bo‗lgan edi. O‗tgan davr
maboynida Xitoy o‗rtasida sheriklik munosabatlari va hamkorlikni yanada
rivojlantirish to‗g‘risida bir qancha deklaratsiyalar, memorandumlar va boshqa
hamkorlikka oid bitimlar imzolandi.
2003 yilda ikki tomon tovar ayirboshlash xajmi 216 mln AQSh dollariga
teng bo‗ldi. O‗zbekistonning Xitoyga qilgan eksport 53 mln, import 163 mln
AQSh dollarini tashkil etdi.
O‗zbekistonda Xitoy investorlari ishtirokida tuzilgan 122 korxona
ro‗yxatdan o‗tgan. Shulardan 102 tasi qo‗shma korxona, 20 tasi 100% Xitoy
sarmoyasi hisobidan Xitoy kompaniyalarining 23 ta korxonasi faoliyat
36
ko‗rsatmoqda. Xitoyning O‗zbekistonga kiritilgan sarmoyasi xajmi 435 mln
AQSh dollarini tashkil etadi.
53
2013 yil 8-10 sentyabr kunlari O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimovning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpining
O‗zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi.
Munosabatlarimizning asosiy huquqiy bazasini 2005 yilda imzolangan
Do‗stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‗g‘risidagi shartnoma, 2010
yildagi Do‗stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlarini har tomonlama
chuqurlashtirish
va
rivojlantirish
to‗g‘risidagi
qo‗shma deklaratsiya,
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil iyun oyida Xitoyga davlat
tashrifi davomida imzolangan strategik hamkorlik munosabatlarini o‗rganish
to‗g‘risidagi qo‗shma deklaratsiya tashkil qiladi.
Maxsus
hujjatlar
mamlakatlarimizning
uzoq
muddatli
strategik
hamkorlikka, o‗zaro xurmat hamda o‗zaro manfaatlarni e‘tiborga oladigan
tamoyillarga asoslangan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarda
tobora rivojlanib borayotgan serqirra munosabatlarning ishonchli asosi bo‗lib
xizmat qilayotir.
Si Tszinpinning O‗zbekistonga davlat tashrifi 2013 yilning mart oyida
Xitoyning yangi Raisi etib saylangan, XXR rahbarlarining ―beshinchi avlodi‖
vakilining mamlakatimizga ilk tashrifidir. XXR Raisi Si Tszinpin mazkur
tashrifidan ko‗zlangan vazifalar haqida gapirar ekan, O‗zbekiston bilan
strategik hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash Xitoyning eng muhim
strategik maqsadi ekanini ta‘kidladi. Shu bois mazkur tashrifning asosiy
maqsadi mamlakatlarimiz o‗rtasida o‗rnatilgan munosabatlar uzviyligini,
erishilgan oliy darajadagi o‗zaro ishonch va do‗stlik rishtalarini saqlash,
shuningdek, 2012 yilda imzolangan qo‗shma deklaratsiyada belgilangan
strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilganini qayd etdi.
53
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. Т.2004й. 14 жилд. 433 бет
37
Muzokaralar chog‘ida ikki davlat rahbarlari o‗zaro munosabatlarni
mustahkamlash uchun ustuvor ahamiyatga ega qator masalalarni batafsil, har
tomonlama va o‗zaro ishonch asosida muhokama qildilar. Muzokaralar
yakunlari bo‗yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Tashrif natijalari bo‗yicha mohiyati va siyosiy ahamiyatiga ko‗ra misli
ko‗rilmagan ko‗plab hujjatlar imzolandi. Ikki davlat rahbarlari tomonidan
tasdiqlangan O‗zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‗rtasida
Do‗stlik va hamkorlik to‗g‘risidagi shartnoma, ikki tomonlama strategik
hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi
qo‗shma deklaratsiya ushbu hujjatlarning eng muhimlaridir.
Mubolag‘asiz aytish mumkinki, mazkur hujjatlarning qabul qilinishi ulkan
tarixiy ahamiyatga ega bo‗lib, ko‗lami jihatidan ushbu tashrif doirasidan ancha
kengdir. Ular uzoq muddatli istiqbolda nafaqat mamlakatlarimiz o‗rtasidagi
munosabatlarni yanada rivojlantirishga, balki butun mintaqadagi umum-siyosiy
vaziyatga ham katta ta‘sir ko‗rsatadi.
Imzolangan hujjatlarning ahamiyati shundaki, jahonda voqealar shiddat
bilan o‗zgarib borayotgan xozirgi yangi geosiyosiy vaziyatda mamlakatlar
o‗rtasida sheriklik munosabatlarini o‗rnatish va mustahkamlash g‘oyat dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Xitoy-O‗zbekistonning hayot sinovidan o‗tgan
ishonchli hamkori va bundan keyin ham shunday bo‗lib qoladi. Ushbu
mamlakat bilan yo‗lga qo‗yilgan o‗zaro manfaatli hamkorlik jadal, barqaror va
izchil xususiyatga ega.
Prezidentimiz Islom Karimov Xitoy O‗zbekiston bilan munosabatlarni
hech qanday siyosiy shartlar bilan bog‘lamasdan, har doim faqat o‗zaro tenglik,
o‗zaro hurmat, o‗zaro manfaatlarni inobatga olish va ichki ishlarga
aralashmaslik tamoyillariga asoslangan holda rivojlantirayotganini alohida
ta‘kidladi.
Tashrif asnosida imzolangan bitimlar ayrim mamlakatlar o‗rtasida bo‗lgani
kabi qisqa muddatli kon‘yunktura nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda qabul
38
qilinadigan hujjatlardek deklarativ xarakterga ega emas. Mamlakatlarimizning
uzoq muddatli tub manfaatlariga mos mazkur hujjatlar har tomonlama puxta
o‗ylangan, aniq maqsadlarga yo‗naltirilgan o‗zaro ko‗p qirrali hamkorlikni
nazarda tutadi va shubhasiz, butun mintaqamizda barqarorlik, tinchlik va
osoyishtalikni mustahkamlashda muhim omil bo‗lib xizmat qiladi.
Shu tariqa, XXR Raisining mazkur davlat tashrifi o‗zaro sheriklik
munosabatlarimizni va strategik hamkorligimizni sifat jihatdan yangi bosqichga
ko‗tarish, davlatlarimiz o‗rtasidagi o‗zaro hamkorlikning barcha yo‗nalishlarini
tizimli va keng ko‗lamda rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asosni
shakllantirish jarayonini nihoyasiga etkazish imkonini berdi.
Iqtisodiy sohada tobora mustahkamlanib borayotgan hamkorlik, ikki
tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy aloqalarni milliy
manfaatlarimiz va pragmatizmni hisobga olgan holda chuqurlashtirish hamda
kengaytirish-
mamlakatlarimiz
o‗rtasida jadal rivojlanib borayotgan
munosabatlarning tasdig‘idir. Investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish,
strategik
tovarlarning
uzoq
muddatli
savdosi
bo‗yicha
imzolangan
xukumatlararo bitimlar, shuningdek, noxom ashyo va yuqori texnologiyali
sohalardagi o‗zaro hamkorlik dasturi ushbu munosabatlarni yanada
mustahkamlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
2011 yilda tuzilgan O‗zbekiston-Xitoy hamkorlik qo‗mitasi faoliyati ikki
tomonlama hamkorlikning deyarli barcha yo‗nalishlarini qamrab olgan. Qo‗mita
savdo, transport, qishloq xo‗jaligi, madaniyat, ilmiy-texnik hamkorlik,
energetika va boshqa sohalardagi munosabatlarni mustahkamlash hamda
chuqurlashtirish bo‗yicha oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‗z vaqtida
amalga oshirishni ta‘minlash imkonin bermoqda.
Keyingi besh yilda o‗zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb to‗rt barobar
oshib, 2012 yilda 3,4 milliard dollarga etgani, ayniqsa, e‘tiborga molik, Joriy
yilning birinchi yarmida o‗zaro savdo yanada jadallashib, 59 foiz o‗sdi va 2,3
milliard dollarni tashkil etdi. Davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy
39
inqiroz oqibatida jahon iqtisodiyotidagi umumiy pasayishga va muammolarga
qaramay, mamlakatlarimiz o‗rtasidagi savdo barqaror sur‘atlarda o‗sayotganini
alohida ta‘kidlash joiz.
54
XXRning etakchi sanoat kompaniyalari bilan uzoq muddatli va o‗zaro
manfaatli aloqalarni, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali tarmoqlarda
mustahkamlashi evaziga savdo tuzilmalari diversifikatsiya qilinmoqda. Bugun
O‗zbekiston Xitoyning jadal rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun hayotiy zarur
bo‗lgan tabiiy gaz, uran, paxta tolasi, mis, mineral o‗g‘it va boshqa muhim
strategik tovarlarni uzoq muddatli asosda barqaror etkazib bermoqda.
Investitsiyaviy hamkorlik- O‗zbekiston va Xitoy o‗rtasidagi o‗zaro
hamkorlikning eng muhim yo‗nalishidir. Ushbu hamkorlik ayni paytda har ikki
tomon uchun ustuvor loyihalar xisobidan kengayib, eng muhim barcha
yo‗nalishlar bo‗yicha sifat jihatidan yangi bosqichga ko‗tarildi.
Bugungi kunda Xitoy O‗zbekiston iqtisodiyotiga eng ko‗p investitsiya
kiritayotgan yirik sarmoyadorlardan biridir. O‗zlashtirilgan to‗g‘ridan-to‗g‘ri
investitsiyalar hajmi 6,7 milliard dollardan oshdi.
Eng yirik mintaqaviy loyihaning amalga oshirilishi, ya‘ni ―O‗zbekiston-
Xitoy‖ gaz quvurining dastlabki ikki tarmog‘ini barpo etish mamlakatlarimiz
hamkorligi va yuksak darajadagi o‗zaro ishonchga yorqin misoldir. Mazkur
loyiha Xitoyga nafaqat tabiiy gazni barqaror etkazib berishning ishonchli
yo‗nalishi, balki investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish va
diversifikatsiya qilish omilidir. Kelgusi yilda ushbu gaz qurining uchinchi
tarmog‘i ishga tushiriladi.
Yirik qo‗shma loyihalarning amalga oshirilishi mamlakatimiz sanoatining
etakchi tarmoqlarini tarkibiy o‗zgartirish, modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik qayta jihozlash, yaqin o‗tmishda bir tomonlama, faqat xom ashyo
etkazib berishga yo‗naltirilgan iqtisodiyotimizni eng ilg‘or texnologiyalardan
foydalanish asosida mavjud xom ashyo hamda resurslarni chuqur qayta
54
Ўзбекистон-Хитой: дўстлик муносабатлари ва стратегик ҳамкорликни янада ривожлантиришга
қудратли асос бўладиган тарихий ташриф. Халқ сўзи. 2013й. 18 сентябр
40
ishlaydigan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarga asoslangan zamonaviy,
diversifikatsiya qilingan iqtisodiyotga aylantirishda muhim omil bo‗lmoqda.
Qo‗ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‗g‘itlar zavodini qurish va
ishga tushirish, Yangi Angren issiqlik elektr stantsiyasi va Angren ko‗mir
konini texnik qayta jihozlash, Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda neft, gaz
hamda uran konlarini qidirish, razvedka qilish va o‗zlashtirishga oid qator
qo‗shma loyihalar bunday o‗zaro manfaatli investitsiyaviy hamkorlikning
yaqqol dalillaridir.
XXR kompaniyalari mamlakatimizda telekommunikatsiya va axborot
tarmoqlari tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy temir yo‗l teplovozlari
va elektrovozlarini etkazib berish, yangi avtomobil yo‗llari, elektr uzatish
liniyalari, suv ta‘minoti tizimlarini qurish, ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmaning ko‗plab ob‘ektlarini rekonstruktsiya hamda modernizatsiya
qilishda faol ishtirok etmoqda.
Bugungi kunda O‗zbekistonda Xitoy investitsiyasi ishtirokida tashkil
etilgan va mamlakatimizning barcha xududlarida muvaffaqiyatli faoliyat
yuritayotgan 455 ta qo‗shma korxona respublikamiz sanoatini rivojlantirishga,
uning eksport salohiyatini yanada oshirishga o‗z hissasini qo‗shmoqda. Xitoylik
sarmoyadorlar neft, gaz, kimyo, elektr texnika, charm va farmatsevtika
sanoatida yangi korxonalar tashkil etish, faoliyat ko‗rsatayotganlarini chuqur
modernizatsiya qilish, zamonaviy qurilish va pardozlash materiallarini ishlab
chiqarishda, ayniqsa faol ishtirok etmoqda.
Moliya sohasida ham mamlakatlarimiz o‗rtasidagi hamkorlik jadal
rivojlanmoqda. O‗zbekiston tijorat banklariga Xitoy Davlat taraqqiyoti banki,
Eksimbanki va boshqa banklari tomonidan taqdim etilgan uzoq muddatli
kreditlarning umumiy hajmi 4,5 milliard dollardan oshdi. Ularning 90 foizi
davlat kafolatlarisiz jalb etilgan.
Tashrif doirasida bo‗lib o‗tgan muhokamalar chog‘ida savdo-iqtisodiy,
investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlariga
41
alohida e‘tibor qaratildi. Davlat rahbarlari strategik sheriklik munosabatlari
amaliy kelishuvlar va bitimlar bilan mustahkamlanishi lozimligi ma‘qulladilar,
o‗zaro tovar ayriboshlash hajmini yanada ko‗paytirishga intilish hamda yaqin
kelajakda bu ko‗rsatkichni 5 milliard dollarga etkazish zarurligini ta‘kidladilar.
O‗zbekiston erishilgan kelishuvlarga binoan Xitoy bozorlariga
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan raqobatdosh, talab yuqori bo‗lgan
mahsulotlarni etkazib berish hajmini oshirish va barqarorligini ta‘minlashga
tayyorligini bildirdi.
Muhokamalar chog‘ida Si Tszinpin Islom Karimovning o‗zaro iqtisodiy
hamkorlikdagi muvozanatni saqlash maqsadida O‗zbekistonning boy xom
ashyo resurslarini chuqur qayta ishlaydigan yirik qo‗shma korxonalar, yuqori
texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan investitsiyaviy
hamkorlik ko‗lamini yanada kengaytirish va tayyor mahsulotlar bilan jahon
eksport bozorlariga chiqish zaruratiga doir fikrlarini qo‗llab-quvvatladi.
Tashrif yakunlari bo‗yicha investitsiyaviy sohada umumiy qiymati 15
milliard dollardan ortiq 31 ta loyihani amalga oshirish, shu jumladan, qiymati
7,7 milliard dollar bo‗lgan XXR moliya resurslarini taqdim etishga oid hujjatlar
imzolangani alohida e‘tiborga loyiqdir.
Tashrif doirasida imzolangan iqtisodiy hamkorlikka doir hujjatlar orasida
O‗zbekiston Xitoy iqtisodiyotini energiya bilan barqaror ta‘minlash tizimining
muhim bo‗g‘ini sifatida belgilangan ―O‗zbekiston-Xitoy‖ gaz quvurining
to‗rtinchi tarmog‘ini qurish haqidagi bitim ikki tomonlama munosabatlar
butunlay yangi bosqichga ko‗tarilganidan dalolat beradi.
Xitoy rahbari Turkmaniston va O‗zbekiston tabiiy gazini etkazib
berayotgan transmilliy gaz quvurining barcha liniyalari O‗zbekiston xududi
orqali o‗tishi mamlakatlarimiz o‗rtasida qaror topgan oliy darajadagi o‗zaro
ishonchning yana bir yorqin tasdig‘i ekanini alohida ta‘kidladi.
CNPC kompaniyasi bilan Muborak shahrida yiliga 500 ming tonna
polietilen ishlab chiqaradigan yangi gaz-kimyo majmuasini qurish, kaustik soda
42
va metanol ishlab chiqarishni tashkil qilish, Angren IESda 150MVt quvvatiga
ega yangi ko‗mir blokini barpo etish, Urganch shahrida XSMG kompaniyasi
bilan hamkorlikda ekskavatorlar va boshqa qurilish texnikasini ishlab
chiqarishni yo‗lga qo‗yish, telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqarish,
keng polosali foydalanish uchun mo‗ljallangan axborot tarmoqlarini
kengaytirish, neft-gaz, elektr texnika, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda yirik
loyihalarni amalga oshirishga doir hujjatlar imzolandi.
55
Muzokaralar davomida XXR rahbari Xitoyning O‗zbekistonda sanoatning
muhim tarmoqlari va infratuzilmasini modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilash bo‗yicha investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish,
shuningdek, kichik biznes loyihalarini qo‗llab-quvvatlash uchun moliyaviy
resurslar ajratishga tayyor ekanini ta‘kidladi. Tashrif doirasida O‗zbekiston
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Milliy banki va ―O‗zsanoatqurilish bank‖
Xitoy Davlat taraqqiyot banki va Eksimbanki bilan qiymati 6 milliard dollardan
ortiq uzoq muddatli Xitoy investitsiyaviy kreditlarini jalb qilishni nazarda
tutuvchi tegishli bitimlarni imzoladi.
Xitoy tomoni uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlash, elektr
stantsiyalarini modernizatsiya qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
foydalanadigan yangi texnologiyalarni joriy etish, sanaot mahsulotlarini ishlab
chiqarish hamda boshqa sohalarda qo‗shma korxonalar tashkil qilish va
zamonaviy texnologiyalar taqdim etishga tayyor ekanini bildirdi.
Shu munosabat bilan O‗zbekiston-Xitoy yuqori texnologiyalar sanoat
parkini tashkil etishga oid loyixa ustuvor ahamiyatga ega. O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining mazkur loyiha bo‗yicha 2013 yilga qabul qilingan
tegishli Farmoniga muvofiq, Sirdaryo viloyatida o‗z filialiga ega bo‗lgan
―Jizzax‖ maxsus industrial zonasi tashkil etilib, investorlar uchun misli
ko‗rilmagan imtiyoz va preferentsiyalar joriy qilindi. Bugungi kunda ―Jizzax‖
55
Ўзбекистон-Хитой: дўстлик муносабатлари ва стратегик ҳамкорликни янада ривожлантиришга
қудратли асос бўладиган тарихий ташриф. Халқ сўзи. 2013й. 18 сентябр
43
maxsus industrial zonasida mobil telefonlar, zamonaviy qurilish materaillari va
boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
XXR Raisi Si Tszinpin davlatimiz rahbarining takliflarini to‗liq qo‗llab-
quvvatladi va Xitoy tomoni bunday qo‗shma korxonalar tashkil qilishni
ma‘qullashini ta‘kidladi. Mazkur tashrif doirasida ―Jizzax‖ maxsus industrial
zonasida Xitoydan to‗g‘ridan-to‗g‘ri investitsiyalarni jalb etgan holda, kimyo,
farmatsevtika, elektr texnika, neft-kimyo va boshqa sanaot mahsulotlari,
shuningdek, iste‘mol tovarlarini ishlab chiqarish bo‗yicha yangi korxonalar
tashkil etish haqida 14 ta bitim imzolandi.
56
2014 yil 19 avgustda O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan davlat tashrifi
bilan Pekinga keldi.
57
So‗nggi yillarda O‗zbekiston-Xitoy munosabatlari keng ko‗lam kasb etib,
strategik sheriklik yuksak darajaga ko‗tarildi. Mamlakatlarimizning milliy
manfaatlariga, O‗zbekiston va Xitoyning iqtisodiy taraqqiyotiga, jahondagi
nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar, avvalo, Islom Karimov va Si
Tszinpin o‗rtasidagi do‗stlik, mustahkam ishonch negizida, shuningdek,
Do‗stlik va hamkorlik to‗g‘risidagi shartnoma hamda ikki tomonlama strategik
hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi qo‗shma
deklaratsiya ruhida taraqqiy etmoqda.
Bu ikki davlat rahbarlari muntazam uchrashib, o‗zaro munosabatlarni
yanada yuqori pog‘onaga ko‗tarishning yangi imkoniyatlarini ochish va ishga
solish, O‗zbekiston va Xitoyning barcha sohalardagi salohiyatini to‗la yuzaga
chiqarish borasida fikr almashib kelayotganida ham yaqqol namoyon
bo‗lmoqda. Xususan, Prezident Islom Karimovning 2012 yil iyul oyida Xitoyga
tashrifi chog‘ida o‗ttizdan ortiq sarmoyaviy loyihani amalga oshirishga
qaratilgan, umumiy qiymati 5,3 milliard AQSh dollariga teng hujjatlar
56
Халқ сўзи.2013 й. 18 сентябр
57
Додобоев Ю, М. Обидов. Китай: экономика, политика, культура. Т.2016. C. 437.
44
imzolangan edi. XXR Raisi Si Tszinpinning 2013 yil sentyabr oyidagi
O‗zbekistonga tashrifi doirasida yana 15 milliard dollarlik loyihalarni ko‗zda
tutuvchi 31 hujjat imzolandi.
Islom Karimov va Si Tszinpin joriy yil may oyida Osiyoda hamkorlik va
ishonch choralari bo‗yicha kengashning IV sammiti doirasida Shanxay shahrida
ham uchrashdilar.
Bu galgi tashrifning asosiy voqealari 19 avgust kuni bo‗lib o‗tdi.
Butunxitoy xalq vakillari kengashi saroyida O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi o‗tkazildi.
Shundan so‗ng Islom Karimov va Si Tszinpinning tor doiradagi uchrashuvi
boshlandi. Unda tomonlar O‗zbekiston bilan Xitoy o‗rtasidagi munosabatlarni
yanada rivojlantirish bilan bog‘liq keng ko‗lamli masalalar, tomonlarni
qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan atroflicha fikr
almashdilar.
Islom Karimov O‗zbekiston tomoni Xitoy rahbariyati bilan har bir
uchrashuvni yuksak qadrlashini, bugungi muzokaralar oliy darajadagi
muloqotlarning mantiqiy davomi ekanini ta‘kidladi.
Si Tszinpin O‗zbekistonni Xitoyning ishonchli sherigi deb bilishini, ikki
tomonlama hamkorlik uzoq muddatlilik va o‗zaro manfaatdorlik asosida
rivojlanayotganini qayd etdi.
Tomonlar o‗zaro siyosiy ishonchni mustahkamlash, xalqaro maydonda bir-
birini qo‗llab-quvvatlash va sa‘y-harakatlarni muvofiqlashtirish hamda
xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
ShHT doirasidagi munosabatlar ushbu tuzilmani rivojlantirish masalalari
ham ko‗rib chiqildi.
Davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalar o‗zaro
munosabatlarning
muhim
bo‗g‘ini
ekanini inobatga olgan holda,
ishbilarmonlarning bevosita muloqotlarini yanada faollashtirish, savdo va
investitsiyaga oid ko‗rsatkichlarni yuksaltirish, energetika, noxom ashyo, yuqori
45
texnologiyalar, transport infratuzilmalarini rivojlantirish sohalaridagi hamkorlik
ko‗lamini oshirish masalalarini muhokama qildilar.
58
Islom Karimov va Si Tszinpin muzokarani O‗zbekiston va Xitoy rasmiy
delegatsiyalari a‘zolari ishtirokida davom ettirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |