1.3. O‘zbekiston va Xitoy munosabatlarida ShHTning o‘rni
2001-yil 14-15-iyun kunlari Xitoyning Shanxay shahrida ―Shanxay
beshligi‖ning navbatdagi sammiti bo‗lib o‗tdi. Ana shu uchrashuvda
O‗zbekiston shu tashkilotga rasman a‘zo bo‗ldi, tashkilotning nomi ham
o‗zgarib, unga ―Shanxay Hamkorlik Tashkiloti‖ deb nom berildi, uning oltinchi
a‘zosi bo‗lgan O‗zbekiston tashkilotga a‘zo sifatidagina emas, balki ta‘sischi
sifatida ham tan olinadi. Tashkilotning avvalgi besh a‘zo davlatlari tomonidan
O‗zbekistonning mazkur tashkilotga kirishi bir ovozdan ma‘qullandi. Ayniqsa,
Xitoy tomoni O‗zbekistonning a‘zoligini faol qo‗llab-quvvatlaydi. Xitoy
tomonining fikricha, O‗zbekistonning tashkilotga a‘zoligi mintaqaviy jihatdan
olib qaraganda tashkilot yaxlitligini ta‘minlaydi.
38
O‗zbekiston uchun tashkilotga a‘zolik qator ijobiy xususiyatlarda
namoyon bo‗lib, ularning barchasi mamlakat taraqqiyoti va xalq manfaati uchun
xizmat qilishi nazarda tutilgan. Undan tashqari, Xitoy va Rossiya kabi harbiy va
iqtisodiy jihatdan qudratli davlatlar bilan yagona tashkilotda bo‗lishi yurtimiz
uchun juda katta ham iqtisodiy va ham siyosiy ahamiyatga ega. Sababi, Rossiya
ham Xitoy ham dunyo siyosatida alohida zarur hollarda hal qiluvchi o‗rin
egallaydi, undan tashqari Xitoy keyingi 20-30 yil davomida juda katta
rivojlanish yo‗lini bosib o‗tdi. Uning tajribasi keyingi yillarda boshqa
mamlakatlar uchun ham tajriba vazifasini bajarishi mumkin.
37
Жалолов А. Хитой: ислоҳот мевалари. Ўзбекистон овози. 1994й. 28 июнь
38
Халқ сўзи. 2004 йил 16-июнь. №126 (3401).
24
2004-yil 17-iyunda Toshkent shahrida ShHTning rasman 4-sammitda
O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov, Xitoy rahbari Xu
Szintao, Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‗iston Prezidenti
Nursulton Nazarboyev, Qirg‗iziston Prezidenti Asqar Akayev, Tojikiston
Prezidenti Imomali Raxmonlardan tashqari birinchi marta tashkilot sammitining
mehmoni sifatida Afg‗oniston muvaqqat ma‘muriyati rahbari Hamid Karzay va
Battulga Dashjams boshchiligida Mo‗g‗uliston delegatsiyasi ishtirok etdi
39
.
Toshkent sammitida birinchi bor tashkilotga a‘zo bo‗lmagan davlatlar
vakillari ishtirok etishdi va kelajakda tashkilot a‘zolari sonining ortib borishi
uchun dastlabki ulkan qadam qo‗yildi. Sababi, Afg‗oniston va Mo‗g‗uliston
delegatsiyasi yurtboshimiz tomonidan taklif qilingandi.
2005-yil 5-iyulda Qozog‗iston Respublikasining poytaxti Ostona shahrida
ShHTning navbatdagi sammiti bo‗lib o‗tdi. Unda odatdagidek a‘zo davlatlar
bilan birga mazkur sammitda Belorussiya Respublikasi va Shri-Lanka
delegatsiyalari ishtirok etishib, ular tashkilotga kuzatuvchi maqomini berilishini
so‗rab murojaat qilishdi. Undan tashqari mintaqadagi yirik va ta‘siri kuchli
hisoblangan Hindiston, Pokiston va Eron delegatsiyalari ham aynan shu
sammitda kuzatuvchi maqomini oldi.
Shanxay Hamkorlik Tashkilotining keyingi sammitlarida, xususan, 2006-
yil 14-15-iyun kunlari Shanxay shahrida, 2007-yil 16-avgustda Bishkek
shahrida, 2008-yil 28-avgustda Dushanbe shahrida, 2009-yil 15-16 iyun kunlari
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida, 2010-yil 10-11-iyunda Toshkentda va
2011-yil 14-15-iyun kunlari Ostona shahrida ShHTga a‘zo davlatlar bilan birga
kuzatuvchi va mehmon davlatlar ham ishtirok etdi
40
.
2004-yildagi Toshkent va 2005-yildagi Ostona sammitdaridan boshlab,
ShHTning oliy darajadagi sammitlarida doimiy ravishda kuzatuvchi
maqomidagi davlatlar, hamkor davlatlar, xalqaro tashkilotlarning vakillari
ishtirok etib kelmoqda.
39
Ўзбекистон овози. 2011 йил, 18-июн. №73 (31.349), 1-бет.
40
Шанхайска Организация сотрудничества// http:www.seet SCO.org.
25
Ma‘lumot sifatida quyidagi misollarni keltirib o‗tishimiz mumkin. 2010-
yil 10-11-iyun kunlari ShHTning Toshkent sammitida tashkilotga a‘zo davlatlar
rahbarlari (faqatgina Qirg‗iziston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi
Ruslan Kazakbayev) qatnashdi
41
.
Ulardan tashqari kuzatuvchi maqomidagi davlatlar delegatsiyalari
rahbarlari ishtirok etishadi. Xususan, Mo‗g‗uliston Prezidenti Saxia Geyn
Elbegdorj, Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Manuchehr Muttaqiy,
Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Osif Ali Zardoriy, Hindiston
Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Somonaxalli Malayya Krishna, sammit
mehmonlari Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Hamid Karzay,
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovlardir. Shuningdek,
majlisda ShHT Bosh kotibi Muratbek Imonaliyev, ShHT MATT Ijrochi
direktori Jenisbek Jumanbekov, BMT Bosh kotibining o‗rinbosari Yan Kubin,
MDH Ijroiya qo‗mitasi raisi Sergey Lebedev, ODKB Bosh kotibi Nikolay
Bordyuja, ASEAN Bosh kotibining o‗rinbosari Sayakan Sisovonglar ham
ishtirok etishdi
42
.
Shunday ekan mazkur sammitda ShHTning ta‘sir geografiyasi doimiy
ravishda kengayib borayotganligini ko‗rsatib berdi.
Ostona shahrida ShHTning navbatdagi sammiti 2011-yil 14-15-iyun
kunlari bo‗lib, unda a‘zo davlatlardan tashqari majlis ishida kuzatuvchi
maqomidagi davlatlar delegatsiyalari rahbarlari – Eron Islom Respublikasi
Prezidenti Mahmud Axmadinajod, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Osif
Ali Zardoriy, Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Somonaxalli Malayya
Krishna, Mo‗g‗uliston Prezidenti ma‘muriyati rahbari Battulga Dashjamslar
ham qatnashdi. Qolaversa sammitga va tashkilotga raislik qiluvchi mamlakat
mehmoni sifatida taklif etilgan Afg‗oniston Respublikasi Prezidenti Hamid
41
Халқ сўзи. 2010 йил 12-июн. №116 (5031), 2-бет.
42
Халқ сўзи. 2010 йил 12-июн. №116 (5031), 2-бет.
26
Karzay, shuningdek, BMT, MDH, ODKB, ASEAN va boshqalarning vakillari
ham ishtirok etishdi
43
.
2013-yilning 4-5-dekabr kunlarida ushbu tashkilot davlatlarining bosh
vazirlari ishtirokida Bishkekda yig‗ilish bo‗lib o‗tdi. Uchrashuvda 30 ga yaqin
dasturlar ishlab chiqildi. Ushbu dasturlar orasida yo‗llar qurilishidan tortib,
tadqiqot institutini tashkil etish to‗g‗risida shartnomalar imzolandi.
Shartnomalar orasida janubiy Chelyabinskda metallurgiya zavodlarini qurish
belgilandi. Rossiya va Qirg‗iziston elektr lampalar ishlab chiqarish, Tojikiston
va Qozog‗iston mayda va o‗rtacha kattalikdagi GES lar qurishga kelishib
oldilar. Ushbu shartnomalarga kuzatuvchi (Afg‗oniston, Hindiston, Eron,
Mo‗g‗uliston) va hamkor davlatlar (Belorussiya, Shri-Lanka, Turkiya) ham
qo‗shildilar.
ShHT doirasidagi hamkorlik o‗zaro ikki tomonlama qalin aloqalarning
salmoqli qismini tashkil qiladi. ShHT doirasidagi hamkorlik bugungi kunda
mintaqada va butun dunyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash yo‗lida
jiddiy omil bo‗ladi.
Strategiya va liderlik Osiyo instituti (Malayziya) vitse-prezidenti Maks
Seyning so‗zlariga qaraganda, Xitoyning O‗zbekiston bilan aloqalarining
rivojlanish sur‘ati bu davlatlar o‗rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni tekis
o‗sishi to‗g‗risida dalolat beradi. Xitoy tomoni O‗zbekiston bilan yuqori
darajadagi aloqalarni qo‗llab-quvvatlashdan manfaatdordir, chunki O‗zbekiston
nafaqat mintaqada, balki uning chegarasidan tashqarida ham geosiyosiy
vaziyatni rivojlantirishda muhim rol o‗ynaydi, Markaziy Osiyodagi vaziyat
ko‗pgina, shu jumladan dunyodagi yirik davlatlarning siyosatining
shakllanishiga ta‘sir qiladi
44
.
Uning fikri bo‗yicha O‗zbekiston rahbariyatining hamkorlik qilayotgan
mamlakatlarning investitsiyalarini jalb qilishga, qo‗shimcha ishchi o‗rinlari
tashkil qilishga, zamonaviy yangi ishlab chiqarishni rivojlantirishga va o‗zbek
43
Ўзбекистон овози. 2011 йил, 18-июн. №73 (31.349), 1-бет.
44
Додобоев Ю, М. Обидов. Китай: экономика, политика, культура. Т.2016. C. 436.
27
mahsulotlarini eksport imkoniyatini oshirishga yo‗naltirilgan siyosati to‗g‗ri
hisoblanadi. Bu borada Xitoyning tajribasi O‗zbekiston iqtisodiy taraqqiyoti
uchun foydali bo‗lishi mumkin.
Xitoy ishonchli va pragmatik sherik hisoblanib, uning tashqi siyosati
birinchi navbatda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirishga
yo‗naltirilgan bo‗lib, eng avvalo, Pekin tashqi siyosati shu vazifalarni hal
qilishga qaratilgan.
O‗zbekiston katta va xilmna-xil tabiiy resurslarga, rivojlangan
industriyaga, yaxshi intellektual salohiyatga ega. Darhaqiqat, Birinchi Prezident
Islom Karimov tomonidan to‗g‗ri tanlangan tashqi siyosiy yo‗nalish tufayli
mamlakat xalqaro jamoatchilik subyektlari orasida katta obro‗ va hurmat
qozondi, dunyoning ko‗pgina davlatlari, shu jumladan Xitoy bilan hamkorlikni
tez rivojlantirmoqda
45
.
O‗zbekiston Xitoy bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish
yo‗lidan borishi katta istiqbolga ega chunki, o‗zbek – xitoy munosabatlari
o‗zaro foydali harakterga, mustahkam do‗stona va chuqur tarixiy aloqalarga
asoslanadi.
China Cotton-Indutries, Co LTD (XXR) prezidenti Vang Sinlong
fikricha, O‗zbekiston mintaqaning barcha mamlakatlari bilan chegaradosh
bo‗lgan Markaziy Osiyoda yagona davlat hisoblanadi. Mamlakat katta tranzit,
sanoat va yuqori malakali kadrlar salohiyatiga, strategik ahamiyatdagi foydali
qazilmalarga va tabiiy zaxiralarga ega. Xitoy o‗z navbatida O‗zbekiston sanoat
salohiyatini rivojlantirishga yordam beruvchi zamonaviy texnologiyalar va
investitsiya zaxiralariga ega. Ishonamanki, Xitoy va O‗zbekistonning yirik
kompaniyalari va moliyaviy tashkilotlari o‗rtasida investitsiyaviy hamkorlik
bo‗yicha imzolangan bitimlar iqtisodiyot va investitsiya sohalaridagi ikki
tomonlama hamkorlikni sifatli va yuqori darajaga olib chiqishga yordam beradi.
45
http://naesmi.uz/uz/site/page.html?id=28047
28
Bizning mamlakatlarimiz o‗rtasida iqtisodiyotni, qishloq xo‗jaligini, energetika
va telekommunikatsiya sohalarini birgalikda rivojlantirish zaruratini umumiy
tushuncha mavjud. O‗ylaymanki, ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlikni
kengaytirishga mamlakatlarimiz rahbarlarining tashabbusi bilan tashkil qilingan
xorijlik tadbirkorlarni samarali faoliyat yuritishlari uchun qulay investitsiya
sharoiti va zarur infrastrukturani yaratgan ―Jizzax‖ maxsus industrial zonasi
doirasidagi yuqori texnologiyalar sanoat parki katta yordam beradi
46
.
O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2013-
yilning 12-13-sentabr kunlari Bishkekda o‗tkazilgan Shanxay Hamkorlik
Tashkiloti a‘zo davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‗ilishida
ishtirok qildi. ShHT ning a‘zo davlatlari rahbarlarining yig‗ilishi tor tarkibdagi
uchrashuvdan boshlandi. Unda O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
Islom Karimov, Qozog‗iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev,
XXR raisi Si Szinpin, Qirg‗iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek
Atambayev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin hamda Tojikiston
Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon qatnashdilar. Xalqaro va mintaqaviy
dolzarb masalalar hamda ShHT ni yanada rivojlantirish istiqboli to‗g‗risida fikr
almashish bo‗lib o‗tdi. Qayd qilindiki, ShHT konstruktiv aloqa va mintaqaviy
hamda global muammolarni hal qilishninng samarali yo‗llarini birgalikda
izlashni optimal maydoni hisoblanadi. Ishtirokchi mamlakatlarning rahbarlari
yig‗ilishni kengaytirilgan tarkibda davom qildirdilar. Ularga kuzatuvchi
davlatlar va xalqaro tashkilotlarning vakillari qo‗shildilar. Qayd qilindiki,
zamonaviy siyosat va iqtisodiyotning haqqoniyligi, barqarorlik va xavfsizlikni
ta‘minlash masalalariga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadigan xalqaro munosabatlar tez
sur‘atlarda sodir bo‗lmoqda. ShHT maydonida ijtimoiy-iqtisodiy barqaror
taraqqiyotni ta‘minlash, global xavf va tahdidlarga samarali yakdil qarshi turish
vazifalari birinchi o‗ringa chiqadi. ShHT mamlakatlari xalqaro terrorizm,
46
http://oz.sputniknews-uz.com/infographics/20170512/5387097/Ozbekiston-va-Xitoyning-siyosiy-savdo-
munosabatlari.html
29
separatizm va ekstremizmga, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka, narkotik
vositalari, psixotrop moddalar va ularning qo‗shimchalariga, axborot
xavfsizligiga qaratilgan tahdidlarga qarshi kurashadilar, bu sohalarda
hamkorlikning huquqiy asosini yanada takomillashtirish uchun harakat
qiladilar
47
.
O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‗z nutqida
yig‗ilish qatnashchilarining e‘tiborini Suriya va Afg‗onistonda sodir
bo‗layotgan voqealarga qaratdi. Qon to‗kilishini Suriya hududidan tashqariga
tarqalishiga yo‗l qo‗ymaslik kerak. Yana ta‘kidlandiki, afg‗on muammosini
harbiy yo‗l bilan hal qilib bo‗lmaydi, yagona to‗g‗ri yo‗l - bu siyosiy masalada
BMT rahnamoligida muzokaralar yo‗li bilan qarama-qarshi kuchlarni
kelishuviga erishish kerak. O‗zbekiston bu mamlakat bilan faqat ikki
tomonlama asosda munosabatlar olib boradi. Davlatimiz rahbari birgalikda yirik
loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish muhimligi, ayniqsa, transport
kommunikatsiyasi sohasida, ShHT ning taraqqiyot banki va taraqqiyot fondi
tashkil qilishni ta‘kidladi. Islom Karimov Orol mintaqasida ekologik vaziyat
og‗irligini qayd qilib, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Orolni qutqarish xalqaro
fondini o‗zaro hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishga, ekologik
muammolarni hal qilishda ShHT imkoniyatlari va salohiyatidan foydalanishga
chaqirdi.
Sammit
qatnashchilari
milliy
iqtisodiyotni
yanada
zamonaviylashtirish, transport qatnovi va kommunikatsiya, innovatsion
texnologiyalar, agrosanoat kompleksi sohalarida mustahkam investitsiyaviy
sheriklikka moyilliklarini bildirdilar. Ilmiy-texnik, madaniy-ijtimoiy va turizm
sohalarida o‗zaro harakatni yanada rivojlantirish muhimligi qayd qilinganligi
ShHT
hududida yashovchi xalqlarning manfaatlariga mos keluvchi
madaniyatlararo aloqalarni kengaytirish, ma‘naviy yaqinlashish, yaxshi
qo‗shnichilik, do‗stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga
yordam beradi. Davlat rahbarlari kengashining yig‗ilishi natijalari bo‗yicha
47
http://uzbekistonovozi.uz/uz/articles/index.php?ELEMENT_ID=37014
30
Bishkek deklaratsiyasi qabul qilindi, unda o‗zaro amaliy harakatni yanada
rivojlantirishning asosiy yo‗llari aks ettirilgan, ko‗p tomonlama hamkorlikni
kengaytirish va chuqurlashtirish uchun maksimal kuchaytirilgan intilish
ifodalangan.
Davlat rahbarlari ShHT qatnashchi davlatlarining uzoq muddatli yaxshi
qo‗shnichilik, do‗stlik va hamkorlik shartnomasi shartlarini amalga oshirish
bo‗yicha 2013-2017-yillar uchun harakat dasturini imzoladilar. ShHT a‘zo
davlatlari rahbarlari kengashining yig‗ilishida ishtirok doirasida O‗zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Qirg‗iziston Respublikasi
Prezidenti A. Atambayev bilan uchrashuvi bo‗lib o‗tdi. Ikki davlat rahbarlari
qirg‗iz tomonining ShHT sammitini kuchli tayyorgarlik asosida yuqori tashkiliy
va mazmunli darajada o‗tkazgani bo‗yicha fikr almashdilar. Birinchi Prezident
Islom Karimov ShHT doirasida o‗zaro foydali hamkorlikni yanada
mustahkamlashga yo‗naltirilgan, davlat rahbarlari darajasida imzolash uchun
tayyorlangan qator hujjatlarni qabul qilininshi muhimligini ta‘kidladi.
O‗tkazilgan muzokaralarda O‗zbekliston va Qirg‗iziston o‗rtasida ikki
tomonlama va ko‗p tomonlama hamkorlik masalalariga alohida e‘tibor qaratildi.
Tomonlar ikki tomonlama transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish,
o‗zaro tovar aylanmasini kengaytirishga yo‗naltirilgan taklif va aniq choralarni
muhokama qildilar. Chegara tumanlarida o‗zaro faoliyat sharoitlarini yaxshilash
hamda ikki davlatning yaxshi qo‗shnichilik munosabatlarini rivojlantirish bilan
bog‗liq boshqa masalalar to‗g‗risida kelishuvlarga erishildi
48
.
Xitoy-buyuk davlat. O‗zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridanoq
bu qo‗shni davlat bilan yaqin va yaxshi munosabatlar o‗rnatdi. Birinchi
Prezident I. A. Karimovning Xitoyga qilgan rasmiy tashrifi o‗zaro manfaatli
muzokaralar hamda do‗stona uchrashuvlar bu munosabatlarga asos soldi.
Keyinchalik Xitoy rahbari Szyan Szemin O‗zbekistonga rasmiy tashrif bilan
keldi va o‗zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‗shdi.
48
O‗zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash yo‗lida. Xalq so‗zi. 2015y 3-sentyabr
31
2004-yil 18-20-aprel kunlari XXR Davlat Kengashi rahbari Li Pen
O‗zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu tashrif O‗zbekiston – Xitoy
munosabatlarida yangi qadam bo‗ldi.
XXR Davlat Kengashi rahbari Li Pen bilan O‗zbekiston Birinchi
Prezidenti I.A.Karimov o‗rtasida yakkama-yakka suhbat bo‗lib o‗tdi. Unda
O‗zbekiston bilan Xitoy o‗rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy
hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokoralar so‗ngida bir qancha hujjatlar imzolandi. O‗zbekiston bilan
Xitoy davlatlari o‗rtasida kredit, xalqaro iqtsiodiy hamkorlik hamda ikki
mamlakat o‗rtasida havo transporti aloqalarini yo‗lga qo‗yish bo‗yicha
hukumatlararo bitimlar imzolandi
49
.
1992-yil mart oyida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning Xitoyga
qilgan rasmiy safari chog‗ida 20 dan ortiq hujjat imzolangan edi. Endi unga
qo‗shimcha yana 10 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Bular ikki mamlakat o‗rtasida
savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish uchun huquqiy asos bo‗lib
xizmat qiladi
50
.
1996-yil may oyida XXR Raisi Szyan Szemin davlat tashrifi bilan
O‗zbekistonga keldi. Yuqorida qayd etilgan uchrashuvlarda jami 40 ga yaqin
hujjatlar imzolandi.
Xitoy O‗zbekistonning ishonchli hamkoriga aylandi. O‗zbekistondan 20
dan ziyod samolyotlar va ehtiyot qismlarini Xitoylik xaridorlar sotib oldi.
2004-yil 14-15 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasi raisi Xu Szintao
davlat tashrifi bilan O‗zbekistonda bo‗ldi.
Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov va Xu Szintaoning yakkama-yakka
suhbatida O‗zbekiston – Xitoy munosabatlariga doir masalalar muhokama
qilindi. Mamlakatlarimiz siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda samarali
hamkorlik qilib kelayotgani, xavfsizlik masalalari borasidagi aloqalar
faollashayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
49
Жалолов А. Хитой: ислоҳот мевалари. Ўзбекистон овози. 1994й. 28 июнь
50
Норматов И. Тараққиѐтга янги куч билан. Ўзбекистон овози. 2002й. 19 ноябр
32
Tomonlar e‘tirof etganlaridek, ayni paytda O‗zbekiston – Xitoy
munosabatlari o‗z tarixidagi eng yuqori pog‗onaga ko‗tarilgan. Buning eng
muhim omili hamjihatlikdir. Dunyodagi vaziyat qanday yo‗nalishda
o‗zgarmasin O‗zbekiston va Xitoy yaqin qo‗shnichilik, do‗stlik va o‗zaro
manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantiraveradi. Zotan mamlakatlarimizning
xalqaro muammolarga munosabat va yondoshuvlari o‗xshash yohud yaqin.
Ayniqsa terrorchilik, ayirmachilik, ekstremizm va narkobiznes kabi
xavfsizlikka tahdid soluvchi illatlarga qarshi kurashda murosasizlik tamoyiliga
har ikki davlat birdek qat‘iy tayanadi. Tomonlarning Shanxay Hamkorlik
Hashkiloti doirasidagi hamkorligida ham xavfsizlikni ta‘minlash masalasi
ustuvor yo‗nalishlardandir.
O‗zbekiston rahbaryatii ko‗p yillardan buyon jahon hamjamiyatini bu
illatlarga qarshi kurashda birlashishga da‘vat etib kelmoqda. Xitoy tomoni esa
xalqaro doiraga terrorchilik, ekstremizm va ayirmachilikni anglatuvchi ―uch
yovuz kuch‖ atamasini kiritdi. O‗zbekiston Xitoyning ―Xavfsizlik kamari‖
tamoyili – qo‗shni davlatlar bilan aloqalarni har tomonlama rivojlantirish orqali
xavfsizlikni ta‘minlash va taraqqiyotni jadallashtirishga asoslangan tashqi
siyosatni qo‗llab-quvvatlaydi.
O‗zbekistonning Birinchi Prezidenti I. A. Karimov zahiradagi
imkoniyatlar ko‗pligini ta‘kidlar ekan. O‗zbekiston Xitoy bilan neft-gaz va
minerallar konlarini o‗zlashtirish, volfram va boshqa qimmatli metallarni qazib
olish, kimyo sanoati elektronika mahsulotlari va kompyuter texnikasi ishlab
chiqarishda hamkorlik qilishga tayyor ekanini aytdi.
51
Ko‗p tomonlama hamkorlik borasida ham qilinishi mumkin va lozim
bo‗lgan ishlar talaygina. Muzokaralar yakunida Islom Karimov va Xu Szintao
O‗zbekiston bilan Xitoy o‗rtasida sheriklik munosabatlari, do‗stlik va
hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash to‗g‗risidagi qo‗shma
deklaratsiyani imzoladilar.
51
Додобоев Ю, М. Обидов. Китай: экономика, политика, культура. Т.2016. C. 464.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |