O‘yin natijalarini yakunlash
O‘yinni besabab cho‘zib yuborish mumkin emasligi kabi uni belgilangan vaqtdan oldin tamomlash maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Rahbar o‘yinni bolalar bir necha marta takrorlagach ѐki o‘yin boshlanganidan ma’lum vaqt o‘tgachgina tuxtatishi mumkin. O‘yin natijalarini yakunlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘yin tugagach ayrim o‘quvchilarning harakatlarini va umuman o‘tkazilgan o‘yinni baholab, uning natijalarini yakunlaydi. Bunda yaxshi o‘ynagan va o‘yin qoidalariga rioya qilgan bolalarni alohida ta’kidlash zarur. O‘yinni tahlil qilish uning qoidalarini yaxshiroq o‘zlashtirishga va o‘yin jaraѐnidagi kelishmovchiliklarni bartaraf qilishga ѐrdam beradi, shuningdek, o‘qituvchiga bolalar o‘yinni qanday o‘zlashtirganini, ularga nimalar ma’qul bo‘lganini va kelgusidagi ishlarni aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |