O‘yindagi intizomlilik
O‘yindagi intizomlilik o‘quvchi o‘yinning barcha tartib-qoidalarini, o‘z zimmasiga yuklangan hamma vazifalarni ongli va vijdonan bajarishini bildiradi. Bunday o‘yinchi maqsadga erishish uchun o‘z jamoasi bilan birgalikda harakat qiladi. Ongli intizom o‘yinni yaxshiroq o‘zlashtirishga, o‘yinchilar kayfiyatining yaxshilanishiga ѐrdam beradi. Buning natijasida mashg‘ulotlar qiziqarli va samarali o‘tadi. O‘quvchilarni o‘yinda o‘z xatti-harakatlariga tanqdiy munosabatda bo‘lish, bir-birlariga beg‘araz ѐrdam berish ruhida tarbiyalash bilan ana shunday intizomga erishish mumkin. Ba’zan o‘qituvchi o‘yinni mantiqan to‘g‘ri va aniq tushuntirib bera olmagani sababli, o‘yin nitizomi buziladi. O‘quvchilar o‘yin mazmunini etarli darajada anglab olmagani, tushunmagani uchun ham qoidalarni buzadilar, o‘zaro bahslashadilar. O‘yinda har xil xatolixlarga yo‘l qo‘yadilar va bir-birlariga qo‘pollik qiladilar. Rahbar bu xatolarni o‘quvchilarga yana bir marta o‘yinni tushuntirish bilan osongina tuzatishi mumkin.
Hakamlik qilish
Har bir o‘yin ob’ektiv va odilona hakamlikni talab qiladi. Agar belgilangan qoidalarning bajarilishini diqqat bilan jiddiy kuzatilmasa, o‘yin o‘zining ta’lim-tarbiyaviy qimmatini yo‘qotadi. Hakamlikni ko‘pincha o‘yin rahbarining o‘zi bajaradi. Ammo bu ishni o‘ynovchilardan birortasi (bolalarning o‘zlari saylagan ѐki o‘qituvchi tayinlagan o‘quvchi) bajargani ma’qulroq. Bu tadbir bolalarda tashkilotchilik malakalarini tarbiyalashda ѐrdam beradi. Agar o‘yinda bolalardan birortasi hakamlik qilsa, rahbar o‘zining fikr-mulohazalarini o‘ynovchilarga hakamlik vazifasini bajaraѐtgan o‘quvchi orqali aytadi. Rahbar - hakam o‘yinning borishini dikqat bilan kuzatishi va imkoni boricha har bir o‘yinchini nazorat qilib turishi lozim. Faqat shundagina o‘yinning natijasiga ob’ektiv baho berish mumkin. SHuni unutmaslik kerakki, xolis turmagan hakamga o‘ynovchilar ishonmay, u bilan hisoblashmay qo‘yadilar. Bunday hakamning obrusi qolmaydi. Rahbar - hakam jamoalarning kuchi va ulardagi o‘yinchilar soni teng bo‘lishini, shuningdek, ishtirokchilar uchun bir xil sharoit yaratilishini, ya’ni ular o‘ynaladigan joy, asbob-uskunalar va boshqalar bilan bir xil ta’minlanishini hisobga olishi lozim. Hakam o‘yinda qo‘polliklarga yo‘l qo‘ymasligi, o‘yin usullarining to‘g‘ri bajarilishini kuzatib turishi, o‘yindagi harakatlarni takomillashtirishga 87 va chaqqonlikni orttirishga e’tibor berishi kerak. hakam o‘yin jaraѐnida tarbiyachi rolini ham bajarishi, bolalarga kelgusida zarur bo‘ladigan xislatlar va malakalarni shakllantirishi, hamda mustaxkamlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |