O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universitetining



Download 4,28 Mb.
bet7/8
Sana21.05.2023
Hajmi4,28 Mb.
#941966
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
suv ekosistemasi organizimlarining trofik aloqalari

Produtsentlar autotrof organizmlar bo‘lib, quruqlikdagi va suvdagi yashil o‘simliklar hisoblanadi. Sintezlangan organik moddaning bir qismi konsumentlar geterotroflar, o‘txo‘r hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadi. Ular esa o‘z navbatida go‘shtxo‘r hayvonlar va odamlar uchun oziq hisoblanadi.
Redutsentlar ham geterotroflar hisoblanadi. Ular asosan mikroorganizmlardan tashkil topib, hayvon va o‘simliklarning o‘lik tanasini parchalab, organik moddalarni oddiy anorganik moddalarga parchalaydi. Organik moddalarning ko‘p qismi darhol parchalanmay, yog‘och, tuproqning organik qismi, suvdagi cho‘kmalar sifatida saqlanadi. Bu organik moddalar ko‘p ming yillar davomida saqlanib, qazilma yoqilg‘iga (torf, ko‘mir va neft) aylanadi. Har yili Yerda fotosintezlovchi organizmlar 100 mlrd t ga yaqin organik moddalarni sintezlaydi. Geologik davr (1 mlrd yil) davomida organik moddalar parchalanishiga ko‘ra ko‘proq sintezlanishi natijasida atmosferada CO2 ning miqdori kamayib, O2 miqdorining ortishiga olib keldi. XX asrning ikkinchi yarmidan sanoat va qishloq xo‘jaligining tobora rivojlanishi atmosferada CO2 miqdorining tobora ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Bu hodisa sayyora iqlimining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Oziq orqali bog‘lanish (oziq zanjiri). Avvalgisi keyingisi uchun oziq hisoblangan, o‘zaro bog‘langan bir nechta turlar yoki organizmlar oziq zanjiri deb ataladi (87-rasm). Oziq zanjiri — o‘simliklar energiyasini bir turning ikkinchisini yeyishi orqali bir necha organizmlar qatoridan o‘tkazishdir. Shunday qilib, oziq zanjiri turlar orasidagi trofik bog‘lanishlardir (yunoncha trofe — oziqlanish). Ekologik sistemada har xil oziq darajalari trofik darajalar deb ataladi. Oziq zanjirining birinchi zvenosi autotrof o‘simliklar (produtsentlar) hisoblanadi. Fotosintez jarayonida ular quyosh energiyasini kimyoviy bog‘lar energiyasiga aylantiradi. Produtsentlarga xemosintezlovchi

87-rasm. Oziq zanjirlari.
organizmlarni ham kiritish mumkin. Ikkinchi zvenoni o‘txo‘r (birlamchi iste’mol qiluvchilar) va go‘shtxo‘r (ikkilamchi iste’mol qiluvchilar) hayvonlar yoki konsumentlar tashkil etadi. Oziq zanjirlarining uchinchi zvenosini organik moddalarni mi- ne ral moddalargacha parchalovchi mikroorganizmlar (redu- tsentlar) hosil etadi. Ikkinchi va uchinchi zveno geterotrof organizmlar hisoblanadi. Tabiatda oziq zanjiri odatda uch-to‘rt darajadan tashkil topadi. Bir darajadan ikkinchi darajaga o‘tishda energiyaning va moddaning miqdori taxminan o‘n martaga yaqin kamaya boradi, chunki qabul qilingan energiyaning 90 foizga yaqini organizmlarning hayot faoliyatini ta’minlashga sarflanadi. Qolgan 10 foizigina organizmlar tanas ining tuzilishi uchun sarf bo‘ladi. Shu tufayli har bir keyingi oziq darajasida individlar soni ham progressiv kamaya boradi. Masalan, o‘rtacha olganda 1000 kg o‘simlikni yeganda hayvon 100 kg gacha semiradi. Bunday massali o‘txo‘r hayvonni yegan yirtqichlarning biomassasi 10 kg gacha ortishi mumkin, ikki- lamchi yirtqichlarniki esa faqat 1 kg gacha ortadi.
Shunday qilib, oziq darajalarida moddalar va energiyaning progressiv kamaya borishi kuzatiladi. Bu qonuniyat ekologik piramida qoidasi deb ataladi (88-rasm). Ekologik piramidada produtsentlar, konsumentlar va redutsentlardagi organizmlar soni biomassa va energiya nisbatining ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Piramidaning asosini autotrof organizmlar — hosil qiluvchilar tashkil qiladi, ulardan yuqorida o‘txo‘r hayvonlar, undan ham yuqorida yirtqich hayvonlar, piramidaning eng cho‘qqisida yirik yirtqichlar joylashadi.
Suv havzalaridagi oziq zanjirining tipik misoli fitoplankton— zooplankton — mayda baliqlar — yirik baliqlar hisoblanadi. Bu oziq zanjirida ham biomassa va energiya miqdori ekologik piramida qoidasiga muvofiq tobora kamaya boradi.
Sun’iy qishloq xo‘jalik ekosistemalarida ham har bir keyingi oziq zanjiri darajasida energiya miqdori 10 martagacha kamaya boradi.
Biogeotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri o‘zo‘zini idora qilishdir. O‘z-o‘zini idora qilish — tabiiy sistema- ning qandaydir tabiiy ta’siri yoki antropogen ta’siridan keyin o‘z ichki xususiyatlarini qayta tiklash qobiliyatidir. O‘z-o‘zini idora qilishning yorqin misoli — keng bargli o‘rmondagi biogeo tsenozdir. Bu yerda o‘simliklar joy, yorug‘lik va suv uchun raqobatlashadi.
Bu xildagi biogeotsenozlarda yaruslik, ya’ni o‘simliklar jamoasining vertikal bo‘ylab bir necha qatorda joylashishi kuzatiladi.
Keng bargli o‘rmonning birinchi yarusini yorug‘sevar

88-rasm. Sonlarning soddalashtirilgan ekologik piramidasi.
daraxtlar (eman, shumtol), ikkinchi yarusini esa birmuncha kam yorug‘sevar daraxtlar (zarang, chetan), uchinchi yarusini har xil butalar (kalina) va to‘rtinchi yarusini o‘tsimon o‘simliklar (paporotniklar, gulxayri, qirqbo‘g‘in) tashkil qiladi. Yarus qancha past bo‘lsa, undagi o‘simliklar shunchalik soyaga chidamlidir. Yuqori yarusdagi o‘simliklarning ildizlari juda chuqur joylashadi.
Keng bargli o‘rmonda yoritilganlik sharoiti yil davomida keskin o‘zgarib turadi. Shu tufayli quyi yarusdagi o‘simliklar bahorda daraxtlar barg chiqarguncha tez rivojlanadi va gullaydi. Har qanday biogeotsenozlarda iqlim ritmiga bog‘liq holda o‘zga rishlar kuzaliladi. Masalan, kuzda haroratning pasayishi, kun uzunligi qisqarishi, namlikning o‘zgarishi natijasida ko‘p o‘simliklar bargini to‘kadi. Ularning jamg‘arish a’zolarida oziq moddalari to‘planadi, daraxtlarda po‘kak shakllanadi. O‘simliklar sitoplazmasida suv kamaya boshlaydi. Hayvonlar ham qishga faol tayyorlana boshlaydi Qushlar janubga uchib ketadi. Sutemizuvchilar tullaydi, qishga oziq jamg‘aradi.
Biogeotsenozlar uzoq yillar davom etadigan tabiiy jarayonlar mahsulidir. Masalan, vulqonlar otilishidan hosil bo‘lgan tog‘ jinslarida tuproq bo‘lmagani uchun hech qanday o‘simliklar o‘smaydi. Bu joylarda lishayniklar va suv o‘tlari paydo bo‘lishi tuproq hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tuproqda endi moxlar, paporotniklar, o‘tlar, butalar va daraxtlar birin-ketin o‘sa boshlaydi va barqaror holatdagi biogeotsenoz shakllanadi. Bio- geotsenoz hosil bo‘lishi yoki bir biogeotsenozning ikkinchisi bilan almashinishi jarayoni ekologik suksessiya deb ataladi (lotin cha success— o‘rin almashinish).
Quruqlikda o‘rmon hosil bo‘lishi suksessiyasini quyidagicha ifodalash mumkin:
Yalang‘och yer — lishayniklar — suv o‘tlari — moxlar — paporotniklar o‘tlar — butazorlar — daraxtlar (o‘rmon) — klimaksli biogeotsenoz.
Suksessiyalar birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Birlamchi suksessiya — hayot bo‘lmagan joylarda asta-sekin biogeotsenoz rivojlanishidir. Ikkilamchi suksessiya — yong‘in, qurg‘oqchilik, o‘rmonlar kesilishi va boshqa sabablar ta’sirida buzilgan biogeotsenozlarning o‘rniga yangisining rivojlanishi.


Xulosa
Biogeotsenozda hamma organizmlar oziqlanishiga va energiya qabul qilishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: autotroflar va geterotroflar. Autotroflar asosan o‘simliklardan tashkil topgan bo‘lib, ular fotosintez tufayli Quyosh energiyasini o‘zlashtirib, oddiy anorganik birikmalardan murakkab organik birikmalarni sintezlaydi. Geterotroflarga hayvonlar, odamlar, zamburug‘lar, bakteriyalar kiradi Ular tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi va o‘z hayot faoliyati jarayonida oddiy birikmalarga parchalaydi. Bu moddalar o‘z navbatida tabiatga qaytariladi va autotroflar tomonidan yana moddalar davriy aylanishiga jalb qilinadi. Suv neft mahsulotlari bilan ifloslanganda suv yuzasida parda xosil bo’ladi va u suvning atmosfera bilan gaz almashinuviga to’sqinlik qiladi. Unda, shuningdek og’ir fraksiyalar emulsiyasida boshqa ifloslanuvchilar yig’iladi, bundan tashqari, neft maxsulotlarining o’zi suv organizmlarida to’planadi. Suvning neft maxsulotlari bilan ifloslanishining asosiy manbalari - suv transporti va shahar xududi yuzasidagi oqavalar. Organik moddalar - bo’yoqlar, fenollar, PAV, dioksinlar, pestitsidlar va boshqalar suv havzalarida toksikologik vaziyat yuzaga kelishi xavfini tug’diradi. Ayniqsa bu kimyoviy va biokimyoviy ishlov berilgan oqavalarga taalluqli. Korxonaning turli sexlaridan chiqadigan oqavalar oddiy qo’shilganda ham ularning tarkibiy qismlari o’rtasida kimyoviy reaksiyalar yuz beradi va yangi moddalar hosil bo’ladi. Oqavalar xlorlanganda anorganik va organik moddalarning oksidlanishi mahsulotlari va ularning xlorli xosilalari paydo bo’ladi. Хo’jalik-maishiy suvlar bilan aralashgan sanoat oqava suvlari biokimyoviy tozalanganda tozalangan suvda butunlay kutilmagan organik birikmalarni aniqlash mumkin. Shuning uchun nafaqat yangi korxonalar paydo bo’lganda, balki yangi texnologik jarayon joriy etilganda va hattoki texnologik jarayonda qandaydir sezilarli o’zgarish yuz berganda yangi oqava suvlar hosil bo’lganda ularni dastlabki tahlil qilish zarurati tug’iladi

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish