Introvert va ekstravertlar o‘rtasidagi farqlar
Ayzenk o‘zining nazariy konsepsiyalarida katta e’tiborni aniq o‘lchovlarga qaratdi. Bugungi kunga qadar uning ishlarini katta qismi introversiya-ekstraversiyaga bog‘liq ravishda shaxs xulq-atvorida farqlar mavjud bo‘lish yoki bo‘lmasligini aniqlashga qaratilgan edi18.
Ayzenkning ta’kidlashicha, xulq-atvordagi individual farqlar faktorli analiz orqali aniqlanishi, so‘rovnomalar hamda laboratoriya sharoitlarida o‘lchanishi mumkin.
Ayzenk nazariyasi doirasidagi test natijalari orqali olingan tadqiqotlarga ko‘ra, bir qator e’tiborga loyiq faktlar keltirilgan. Masalan, ekstravertlar introvertlarga qaraganda, og‘riqqa ancha chidamli bo‘lib, ish paytida suhbat qurish va kofe ichish uchun ko‘proq pauza qilishadi. Ulardagi qo‘zg‘alish harakat va faoliyatlarini samarali bo‘lishini ta’minlasa, bu narsa introvertlarga to‘sqinlik qiladi19.
Ekstravertlar va introvertlar o‘rtasidagi ba’zi bir empirik o‘rnatilgan farqlar quyida keltiriladi.
Introvertlar nazariy va ilmiy ko‘rinishga ega bo‘lgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishni yoqtirishsa (masalan, injenerlik ishlari va ximiya kabi), ekstravertlar esa insonlar bilan ishlashni ma’qul ko‘rishadi (masalan, savdo-sotiq ishlari, ijtimoiy xizmat).
Kolledjda introvertlar ekstravertlarga qaraganda ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishishadi. Kolledjni psixiatrik sabablarga ko‘ra qoldiradigan studentlarning aksariyati introvertlar bo‘lsa, akademik sabablarga ko‘ra qoldiradiganlarining asosiy qismini ekstravertlar tashkil qiladi.
Introvertlar ertalab o‘zlarini ancha tetik his qilishsa, ekstravertlarda bunday holat kechqurun kuzatiladi. Bundan tashqari, introvertlar ertalablari yaxshi ishlashadi, ekstravertlar esa kunning ikkinchi yarmida.
Introvertlar va ekstravertlar o‘rtasidagi asosiy farqlardan biri ularning stimullarga bo‘lgan sezgirligidir. Bu farq “limon tomchisi testi” yordamida oson aniqlanishi mumkin. Agar bir odamning og‘ziga 4 tomchi limon suvi tomizilsa, introvertlarda ekstravertlarga qaraganda ikki baravar ko‘p so‘lak ajralar ekan. Bu holat introvert va ekstravertlar fiziolik faoliyati bilan bog‘liq hisoblanadi. Ayzenkning fikricha, introvert hamda ekstravertlarning stimullarga bo‘lgan reaksiyasidagi farqning asosiy sababi ularning bosh miya stvolidagi retikulyar formatsiyaning faoliyatiga bog‘liq.
Ayzenkning shaxsning to‘liq suratini yaratishda qilgan sa’y-harakatalari tahsinga sazovordir. Ko‘pchilik psixologlar uni ilmiy asoslangan shaxs strukturasi modelini yaratishda birinchi darajali mutaxassis deb hisoblashadi. O‘zining har bir ishida Ayzenk, individual xulqdagi farqlarni tushuntirishda neyrofiziologik hamda genetik omillar roliga e’tibor qaratgan. Bundan tashqari, uning ta’kidlashicha, ishonchli shaxs nazariyasi yaratishdagi asos – bu aniq o‘lchov ishlari hisoblanadi. SHuningdek, uning kriminologiya, ta’lim, psixopatologiya va xulqdagi o‘zgarishlar sohalaridagi tadqiqotlarini alohida tahkidlab o‘tish joiz. Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, Ayzenk nazariyasining shuhrati hali bundanda yuqoriga ko‘tarilib, olimlar tomonidan uni ham nazariy, ham amaliy jihatdan mukammallashtirish davom etadi.
11-Ma’ruza: SHaxsning kognitiv nazariyalari
Dj. Kelli shaxslik konstruktlari nazariyasi. Konstrukt tushunchasi. Bipolyarlik. kullanishdiapazoni va individuallik. Konstruktlar tizimining rivojlanishi. Repertuar panjara testi. Maddining faollashtirish konsepsiyasi. O. Xarvi, D. Xant va G. SHrodening tushunchalar tizimi nazariyasi. Kognitiv psixologiyada shaxe tiplari. A.Banduraning sotsial-kognitiv nazaariyasi. L.Fistengerning kognitiv dissonans nazariyasi. Dj.Roggerning kognitiv sotsial kunikmalar nazariyasi. U.Mishelning kognitiv-affektiv nzariyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |