MNS tuzilishi. Odam psixik hayotining asosi bosh miya bo`lib, bosh miya nerv sistemalarining birlashgan joyi - markazidir. Nerv sistemasi organizm bilan tashqi muhit o`rtasidagi o`zaro ta’sirni va to`qimalar faoliyatini tartibga solib turadi.
Nerv sistemasi hujayralardan iborat. Bu hujayralar o`zlarining uzun va kalta hajmdagi o`simtalari orqali organizmning barcha qismlariga tarqaladi. Nerv sistemasidagi hujayralar va uni qoplovchi oq pardalar hamma o`simtalari bilan birga neyronlar deyiladi.
Neyron anatomik tuzilishi va fiziologik xususiyatlariga ko`ra nerv sistemasining tuzilish birligi hisoblanadi.
Nerv hujayrasining bevosita nerv uchlarigacha borib etadigan o`simtasi neyrit deb ataladi. Nerv tolalari sistemasining elementlaridir.
Nerv sistemasini tashkil etuvchi neyronlar o`rtasida anatomik jihatdan bevosita bog’lanish yo`q. Ular o`rtasidagi qo`shilish bitta neyronning neyriti oxirgi tarmoqlarining boshqa neyronlarning hujayrasiga nozik tegib turishidan iboratdir.
Normal odam miyasida 16 milliardga yaqin neyronlar bor. Bu neyronlar organizmga ko`rsatadigan xizmati jihatidan ikkiga bo`linadi;
Retseptorlar
Effektorlar.
Retseptorlar tashqi ta’sirotni qabul qilib miyaga o`tkazadi. Shuning uchun retseptorlarni sezgi nerv markazlari deb ham yuritiladi. Effektorlar esa tashqi ta’sirot natijasida ichki organlarga buyruq beradi va ularni harakatga keltiradi. Shuning uchun effektorlarni harakat nerv markazlari deb ham yuritiladi.
Retseptorlar va effektorlar birlikda birinchi signal sistemalaridir.
Birinchi signal sistemasi odamda tashqi dunyoning sezgi a’zolari tomonidan qabul qilib olinadigan aksi bo`lib, odam voqelikni eng avvalo birinchi signal sistemasi orqali idrok qiladi.
Tashqi muhitdagi voqea-hodisalarning sezgi a’zolarimizga ta’siri orqali ongda aks etishi birinchi signal sistemalaridir. Birinchi signal sistemalari odamning sezgilari, idroki va tasavvurlariga bog’liq bo`ladi. Tashqi muhit voqea-hodisalarining so`zlar (o`sha narsalarning nomlari) orqali ongda aks etishi ikkinchi signallar sistemasini tashkil etadi.Bu sifat faqat odamlargagina xos bo`lib, boshqa jonzotda yo`q.Odam tashqi ta’sirotlarni so`zlar orqali aks ettiradi va bilib oladi - o`zlashtiradi.
Ikkinchi signal sistemalari yordamida odam fikrlaydi, xotirlaydi, xayol suradi va , eng muhimi , so`zlaydi . So`z - signallarning signalidir (I.P.Pavlov). Ikkinchi signal sistemalari faqat odamlardagina mavjuddir.
Odamning nerv sistemasi uch qismdan iborat ;
Markaziy nerv sistemasi.