Anglanilgan va anglanilmagan psixik hodisalar. Ustanovka tushunchasi (D.N.Uznadze).
mexanizm — bu ijtimoiy ustanovkalardir. Bu — shaxsning atrof muhitida sodir bo’layotgan ijtimoiy xodisalarni, ob’ektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o’rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham o’zgartirishga aloqador kategoriyadir.
Rus olimi V. A. YAdov o’zining dispozitsion kontseptsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni to’rt bosqich va to’rt tizimli sifatida tasavvur qilgan.
A) elementar ustanovkalar (set) — oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko’pincha ongsiz tarzda hosil bo’ladigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish uchun moddiy shart-sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o’zgartirish kifoya.
B) ijtimoiy ustnovkalar (attitud) — ijtimoiy vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish uchun ijtimoiy shart-sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o’zgartirish kerak.
V) bazaviy ijtimoiy ustanovkalar — ular shaxsning umumiy yo’nalishini belgilaydi va ularni o’zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o’zgartirish demakdir.
G) Qadriyatlar tizimi — ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr-qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o’z qadrini yo’qotmay kelayotgan qadriyatlardir.
Ijtimoiy ustnovkalarni o’zgartirishning eng sodda va qulay yo’li — bu ayni vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni qaytarishdir. Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo’lganda, ob’ektivlashadi, ya’ni o’z kuchini va mavjudligini ko’rsatadi. SHuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo’lsak, u erda biror g’oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o’z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so’zlar va iboralar, xarakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo’l bilan ko’pchilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo’llaniladi. SHulardan kelib chiqib, ijtimoiy ustanovkalarni o’zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni o’zgartirishga erishish mumkin.
«Ong» tushunchasi psixologiyada, psixiatriyada va boshqa fanlarda uning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflariga mos keladigan ma’noda ishlatiladi. Psixiatorlarni bemorda ong bor yoki yo`qligi, yo bo`lmasa buzilganligi masalalari doim qiziqtiradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o`z-o`ziga qaerdaligi, vaqt qachonligi, tevarak-atrofdagi vaziyat qandayligi to`g`risida o`z shaxsiy holati hamda harakatlari haqida hisob bera olish imkoniyatlarini tushunadilar. Ongi yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o`zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi va o`zini tevarak-atrofdagi muhitdan alohida ajratib, boshqa odamlarga va faoliyat vaziyatiga nisbatan tarkib topgan munosabatlar sistemasini saqlab qoladi hamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida o`z xatti-harakatini idora qiladi.
Ong ijtimoiy mahsul bo`lib, faqat odamlarga xosdir. Hayvonlarda esa ong bo`lmaydi.
Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdan iboratdir. Ongsizlik — kishini o`zini tuta olmaydigan qilib qo`yadigan ta’sirotlar bilan bog`liq psixik jarayonlar, harakatlar va holatlar yig`indisidir. Psixik holat (bundan shu narsa ravshanki psixika tushunchasi «ong», «ongli» tushunchalariga qaraganda kengroqdir) sifatidagi ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir shakli hisoblanadiki, bunda harakat vaqti va o`rnini mo`ljal qilish yaxlitligi yo`qoladi, xatti- harakatning nutq yordamida boshqarilishi buziladi. Ongsizlikda, onglilikdan farqli o`laroq, kishi o`zi bajarayotgan xarakatlarni maqsadga muvofiq tarzda nazorat qila olmaydi, uparning natijasini baholay olishi ham amri maholdir.
Ongsizlikka quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko`rish); sezilmaydigan, lekin haqiqatan ham ta’sir ko`rsatadigan qo`zg`atuvchilarga («subsensor» yoki «subtseptiv») javob reaksiyalari: oldinlari ongli harakat bo`lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko`ra endilikda anglanilmaydigan bo`lib qolgan harakatlar; faoliyatga undovchi, ammo maqsad hissidan anglanmaydigan ayrim mayllar va hokazo. Ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro`y beradigan ba’zi bir patologik hodisalarni—alahlash, ko`ziga yo`q narsalar ko`rinishi va shu kabilarni ham qo`shish mumkin. Shularga asoslanib, ongsizlikni ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto`g`ri bo`lur edi. Ongsizlik — bu kishining xuddi ong kabi o`ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning etarli darajada bir xil bo`lmagan, qisman aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog`liq holda paydo bo`lgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |