O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti


Darvozadan chiqqandagi harakatlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/45
Sana19.08.2021
Hajmi0,67 Mb.
#151839
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45
Bog'liq
12-13 yoshdagi darvozabonlarni texnik-taktik jixatdan tayyorlashda maxsus mashqlarning ahamiyati

Darvozadan chiqqandagi harakatlar. 

O‘yindagi  ahvol  darvozabonni  ko‘pincha  darvozani  tashlab  chiqib,  jarima 

maydoni doirasida  harakat qilishga  majbur  etadi.  Bunday  hollarda  darvozabon  yo 

jarima  maydoni  doirasiga  yo‘naltirilgan  (uzatilgan  yoki  g‘izil-latilgan)  to‘plarni 

tutib  koladi,  yo  bo‘lmasa  to‘pni  qo‘lga  kiritish  uchun  raqib  bilan  yakkama-yakka 

kurash boshlaydi (bunda to‘p darvozabon bilan yakkama-yakka chiqqan hujumchi 

nazoratida bo‘lishi, uchib kelayotgan to‘p esa «hech kimda» bo‘lmasligi kerak). 

Darvozabon quyidagi hollarda darvozani tashlab chiqishi mumkin. 

– darvozadan chiqish nihoyatda zarur bo‘lsa; 

–  darvozabon  tepalatib  uzatilgan  to‘pga  eta  olishiga,  ya’ni  o‘z 

o‘yinchilarining  va  raqib  tomon  o‘yinchilarining  joylashishi  birmuncha  bemalol 

harakat qilish imkonini berishiga ishonsa; 

– raqib g‘izillatib uzatgan to‘p darvoza yaqinida o‘tayotgan bo‘lsa. 

Darvozabon quyidagi hollarda darvozani tashlab chiqmasligi kerak: 

– to‘pni qo‘lga kiritish uchun kerakli pozitsiyaga o‘tib ulgurishiga ishonmasa; 

–  himoyachilardan  birortasi  to‘pni  egallagan  hujumchi  bilan  yoki  «neytral 

to‘p» uchun kurashib to‘rgan bo‘lsa; 

–  jarima  maydoni  o‘yinchilarga  to‘lib  ketib,  ular  darvozabonning  kerakli 

pozitsiyaga chiqishiga xalaqit berishi mumkin bo‘lsa.  

Tashlab chiqilgan darvoza raqib uchun ochilib qoli-shini darvozabon hamma 

vaqt  esda  tutishi,  shuning  uchun  ham  qanday  bo‘lmasin,  to‘pni  qo‘lga  kiritib, 

hujumdagilarni zarba berish imkoniyatidan mahrum qilishi kerak. 

 Darvozabonning hujumdagi harakatlari. 

O‘yin  vaqtida  to‘pni  qo‘lga  kiritgandan  keyin  yoki  darvozadan  tepish 

huquqini  olgandan  keyin,  o‘z  koman-dasining  hujum  harakatlari  boshlang‘ich 

bosqichini uyushti-rib berish darvozabonning muhim vazifasi hisoblanadi. 

S.N.Andreevning  fikricha,  darvozabonlar  texnikasidan  tashqari,  aniq  taktik 

bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Jamoaning g‘alabaga erishishi  darvozabonlarni aqlli 

taktik  harakatlariga  bog‘liq.  Bu  harakatlarga  darvozabonlarning  darvoza  oldida 

to‘g‘ri  joy  tanlashi,  himoyachilar  bilan  tuShunib  harakatlanishlari,  jamoani 




 

32 


hujumini  boshlab  berishda,  ya’ni  to‘pni  egallashi  bilan  ochiq  turgan  o‘yinchiga 

oshirib berish kabilardir. 

V.I.Simakovni 

 

bildirishicha, 



to‘pni  o‘yinga  kiritish  jamoadagi 

darvozabonlarning  taktik    vazifalaridir.  Yaxshi  puxta  o‘ylab  ishlab  chiqilgan 

taktikani darvozabon boshlab beradi. Darvozabon  to‘pni sherigiga  aniq oshirishi, 

sherigiga  to‘g‘ri  tashlab  berishi  jamoaning  hujumlarini  uyushtirishlari    va  ijobiy 

natijalarga  erishishi  mumkin.  Ko‘pgina  holatlarda  darvozabonlarni  to‘pni  tepib 

berishlari raqib jamoalarning o‘yinchilariga tushib qoladi. 

S.N.Andreev  qo‘shimcha  qilgan  holda  shuni  takidlaydiki,  o‘yin  davomida 

darvozabonlar 

turli-tuman 

harakatlarni 

bajariShadi. 

Shuning 


uchun 

darvozabonlarning  taktik  o‘yinlari  nazarida,  darvozabonni  himoya  qilish  uchun 

turli-tuman harakatlarni bajarilishi tuShuniladi. 

B.A.Arkadev  yozishicha,  o‘yin  davomida  raqibni  to‘p  uzatib  zarba  berish, 

o‘zining  taktik  harakatlari  va  texnik  holati  bilan  darvozani  himoya  qilish, 

maydonda  hujumchi  bilan  baxs  olib  borish,  ko‘pincha  o‘yinni  asablari 

taranglashgan holda  kuzatadi.  

Bundan  tashqari  darvozabon  darvoza  oldidagi  oshirishlarga,  kelayotgan 

to‘plarni  imkoni  boricha  bartaraf  qilishi  Shart.  Har  xil  qa’tiyatsizlik  darvoza 

yonida,  havfli  imkoniyatlarni  yuzaga  keltirib  chiqazadi.  Ba’zida  gol  holatiga  olib 

kelishi mumkin. (20,21,22) 

B.A.Arkadevning  takidlashicha,  darvozabonlarning  maydondagi  o‘yinlari 

darvozabon  ampluasini  taktik  imkoniyatlarini  to‘liqligicha  qo‘llay  olishmayapti. 

Shuning  uchun  darvozabonlar  o‘zlarining  mashg‘ulotlarda  himoyachilar  bilan 

birga  o‘tkazishlarini    ya’ni  basketbol  o‘ynashlari    foyda  beradi.  Misol  uchun 

darvozabon  kamdan-kam  hujumchi  bilan  to‘qnaShuvga  kiradi.  Hujumchi  hujum 

qilishini hisob kitob qilish yoki hujumchiga hujum qilish mahali noto‘g‘ri harakat 

qilishi  uchun  halaqit  qilishi,  darvozaga  gol  urishini  oldini  olgan  bo‘ladi.  Bu  esa 

darvozabondan maydon o‘yinchisini mashg‘ulotlarida ishtirok etishini talab qiladi. 



 

33 


Yana  shuni  takidlaydiki,  hozirgi  kunda  darvozabonlarining  ko‘pchiligi 

darvozani  chiqib  maydonda  o‘ynash  taktik  mahoratini  ko‘rmaymiz.  Bu  bizning 

darvozabonlardan ko‘p o‘zlarining ustilarida ishlashlarini talab qiladi. 

Bundan  tashqari  darvozabon  maydondagi  bo‘layotgan  harakatlarini  aniq 

hisobga  olishini  bilishi  shart.  Darvozabon  o‘yin  davomida  himoyachilarga  aniq 

ko‘rsatmalar  orqali  havf  solayotgan  joyini  ko‘rsatish  yoki  himoyachilar  o‘zlarini 

yoqatgan  mahal    va  o‘yinga  berilgan  mahal  darvozabonni  mahorati  hal  qilib, 

darvozani    goldan  asrashi  kerak.  Hamma  himoyachilar  darvozabonning  aytgan 

so‘zidan  chiqmasdan  bo‘ysunishlari  lozim.  Bu    tomondan  darvozabonlar 

o‘zlarining mahoratlarini oshirishlari shart. Darvozabon  o‘yin davomida faqatgina 

darvozani  himoya  qilibgina  qolmaydi.  Shuni    ham  takidlash  lozimki, 

darvozabonlar  20-30  martgacha  to‘pni  o‘yinga  kirg‘azib  berishadi.  Bu    esa 

sheriklari  to‘pni  egallashlari  bilan  hujum  uyushtirish  imkonini  beradi.  O‘yin  

davomida  darvozabonlarining  20-30ta  to‘pni  sheriklariga  aniq  etkazib  berishlari 

o‘yinga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazadi.  Shuni  o‘am  ututmaslik    kerakki,  darvozabonlar 

sherigiga  qo‘l  yoki  oyoq  bilan    aniq  oshirib  berishlari  shart.  Shu  yo‘sinda 

darvozabon hujum taktikasida ishtirok etadi. 

Arpad  chanadi  takidlashicha,  jismonan  va  psixologik  tomondan  yaxshi 

ko‘rsatgichga  ega  darvozabonlarning  turli-tuman  texnik  harakatlarni  egallagan 

darvozabon,  hali  jamoani    foydali  o‘yinchisi  qatorida  harakat  qila  olmaydi. 

Darvozabonlarning  asosiy  maqsadi  darvozani  himoya  qilish,  ikkinchisi  eng  qulay 

vaziyatda  hujumni  boshlab  berish  kerak.  Darvozabon  o‘zining  hamma 

imkoniyatlarini  ko‘rsatishi  uchun  darvozabon  o‘yin  taktikasini  his  qilishi  kerak.  

Darvozabonlarning  taktikasi  ikkiga  bo‘linadi.  Hujum  va  himoya  taktikasiga 

bo‘linadi. 

Pozitsiya  (joy)  tanlash.  To‘g‘ri  tanlangan  pozitsiya  darvozabonga  eng  kam 

kuch  sarflab,  raqiblar  darvozaga  yo‘naltirgan  to‘plarni  ishonchli  qabul  qilib  olish 

imkonini  beradi.  Bunda  hujum  qilayotgan  komandaning  to‘pni  boshqarayotgan 

o‘yinchisi holatini, ya’ni qanday burchak hosil qilib zarba berilishini hisobga olish 

zarur.  Burchak  qanchalik  o‘tkir  bo‘lsa  (masalan,  raqiblar  jamoasining  o‘yinchisi 




 

34 


qanotda darvoza  chizig‘iga  etib  kolsa),  darvozabon to‘pni  egallab turgan o‘yinchi 

tomondagi  ustunga  shunchalik  yaqinlasha  boradi.  Markazdan  hujum  bo‘lganda 

darvozabon  nishonga  urish  burchagini  toraytirish  va  darvozaning  istalgan 

burchagiga  yo‘naltirilgan  to‘pni  olishni  osonlashtirish  uchun  bir  oz  oldinroqqa 

chiqishi  kerak.  Pozitsiyani  yaxshi  tanlovchi  darvozabon  to‘pga  kamdan-kam 

yiqilib  tashlanadi.  Bu  esa  hujumchi  go‘yo  darvozabonni  poylab  to‘p 

yo‘naltirganday taassurot hosil qiladi. Xuddi Shuning o‘zi pozitsiya tanlay bilishga 

berilgan eng yuksak bahodir.  




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish