Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti



Download 0,68 Mb.
bet2/3
Sana22.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#835821
1   2   3
Bog'liq
O\'rinboyeva Iroda

MUNDARIJA
Kirish.……………………………………………………...............................

Asosiy qism


I. Ixtiro haqida ma’lumot ..........
1.1. Ixtironing kashfiyotdan farqi............................................................
1.2. Ixtirolarning ilmiy-texnik taraqqiyotga ta’siri...........................................
1.3. Ixtirochilik huquqi...................................................................
II. Rasionalizatorlik tushunchasi.......................................................
2.1. Rasionalizatorlik taklifi haqida ma’lumot .........................................................
2.2. Patent hujjatlari. Patent axboroti......................
2.3. O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi
III. Texnik ijodkorlikda ishlatiladigan metodlar..........................................................................
3.1. Ijodkorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligii........
3.2. Texnik ijodkorlik jarayonida qo’llaniladigan metodlar..............
IV. Xulosa……………………………………………………...................
V. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………...............
VI. Ilovalar……………………………………………………………….

Kirish.
Talabalarning texnik tafakkurini rivojlantirish va mehnatga ijodiy munosabatini shakllantirish, fan-texnika taraqqiyotini jahon talablari darajasiga ko'tarish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilash, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta'minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bo'lajak mutaxassislarda ijodiy faoliyat asoslariga oid bilim, ko'nikmalarni shakllantirish orqali zamonaviy ishlab chiqarishiga xos texnik, texnologik-konstruktorlik fazilatlarini shakllantirish va ishlab chiqarish faoliyati asoslarining puxta egallanishiga erishiladi.
Fanning asosiy maqsadi bo'lajak o’qituvchilarga umumiy o'rta ta'lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, maktabdan tashqari ta’lim muassalarida o'quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilishning ilmiy metodik asoslarini o’rgatishdan iboratdir. Mazkur maqsadga erishishda talabalar tomonidan quyidagi muhim vazifalarning hal etilishi ko'zda tutilgan:
- o'quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida texnik ijodkorlik va dizayn asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo'lish;

  • texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishish;

  • kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari bo’yicha

  • tushunchalarga ega bo'lish;

  • texnik masalalarni yechishning samarali metod va usullaridan foydalanish

ko'nikinalarini hosil qilish;

  • texnik ijodkorlik obyektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish;

  • mustaqil ravishda texnik obyektlami va ularning modellarini loyihalay olish;

  • texnik ijodkorlik bo'yicha sinf va sinfdan tashqari mashg'ulotlar uchun

moslama, dastur va boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish;

  • respublikada o'quvchilar texnik ijodkorligi faoliyati hozirgi holati va uni

takomillashtirish istiqboli to'g’risida tushunchalarga ega bo'lish;

  • o'quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodlarini bilish;

  • texnik ijodkorlik to'garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik obyektlarni ilmiy asosda tanlay olish;

  • to’garaklarning o’quv moddiy-texnik bazasini tashkil qila olish;

  • sinfdan va maktabdan tashqari o'quv mashg’ulotiarida texnik ijodkorlikni

shakllantirishning metodik asoslarini bilish;

  • ijodiy faoliyatga yo’naltirilgan tadbirlarni tashkil qilish va o'tkazishning

ilmiy asoslarini bilish kerak.
Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo'lajak mehnat va kasb ta’limi o’qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko’p qirrali bo'lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo’llarini aniqlash va uning o’ziga xos mazmunini tanlash bilan bir qatorda bo’lajak mutaxassislarning o’quv jarayonida texnik ijodkorligi, ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik vazifalarni ham amalga oshiradi. Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tishi va dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi natijasida mamlakatimizda kasb ta’limini axborotlashtirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi va amalda dastlabki meyyoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Bunga yaqqol misol sifatida "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida", "Axborotlashtirish to’g'risida", "Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlari va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to’g’risida", "Aloqa to'g’risida"gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlami keltirish mumkin. Ushbu qonunlar yaratgan imkoniyat va imtiyozlar intellektual mulkdan unumli foydalanish, iqtisodiy samarani oshirish, yangi texnika va texnologiyalarini o’zlashtirish, ular vositasida yangi turdagi xalq ehtiyoji mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo’naltirilgan intellektual mulkni shakllantirishning innovatsion jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi.



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish