O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti fizika-matematika fakulteti 162-fizika guruhi talabasi masharipov shahzodning optika fanidan kurs ishi mavzu: Spektral apparatlar xarakteristikasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI 162-FIZIKA GURUHI TALABASI MASHARIPOV SHAHZODNING OPTIKA FANIDAN
KURS ISHI Mavzu: Spektral apparatlar xarakteristikasi (dispersiya, ajrata olish qobiliyati).
Topshirdi: Masharipov. Sh. Qabul qildi: Saparov. X
Urganch - 2018 MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………………………
Asosiy qism Nurlanish turlari.Yorug’lik manbalari……………………………………...
Yorug’lik dispersiyasi.Normal va anomal dispersiya………………………
Yorug’lik dispersiyasining elementar klassik nazariyasi…………………..
Spektral qurilmalar xarakteristikasi. Dispersiya, ajrata olish qobiliyati…...
Spektr turlari………………………………………………………………
Spektral analiz……………………………………………………………..
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Optika sohasidagi tadqiqotlarning dastlabki davrlaridayoq optik hodisalarning quyidagi to’rtta asosiy qonuni aniqlangan edi:
Yorug’likning to’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni.
Yorug’lik dastalarining mustaqillik qonuni.
Yorug’likning ko’zgusimon sirtdan qaytish qonuni.
Yorug’likning ikki shaffof muhit chegarasida sinish qonuni.
Bu qonunlarni yanada o’rganish shuni ko’rsatdiki, birinchidan, ular birinchi nazar tashlashda ko’rinishiga nisbatan ancha chuqurroq ma’noga ega, ikkinchidan, ularning tadbiq etilish sohasi chekli va ular faqat taqribiy qonunlardir. Optikaning asosiy qonunlari tadbiq etilishining shart va chegaralari aniqlanishi yorug’lik tabiatini tadqiq qilishda muhim yuksalish bo’ldi.
Bu qonunlarning mohiyati quyidagidan iborat.
Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni. Bir jinsli muhitda yorug’lik to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi.
Bu qonun Evklid (bizning eramizdan 300 yil ilgari) yozgan deb hisoblangan optikaga oid asarda uchraydi, lekin bu qonun undan ancha ilgari ma’lum bo’lgan va qo’llanilib kelingan bo’lsa kerak.
Nuqtaviy yorug’lik manbalari hosil qiladigan keskin soyalar ustida o’tkazilgan kuzatishlar yoki kichik teshiklar yordamida olingan tasvirlar bu qonunning tajribada tasdiqlanishi bo’la oladi. Buyumning konturi bilan uning nuqtaviy manba (ya’ni o’lchamlari undan buyumgacha bo’lgan masofaga nisbatan juda kichik bo’lgan manba) yoritgandagi soya orasidagi munosabat to’g’ri chiziqlar yordamida geometrik proeksiyalashga mos keladi (1-rasm). Shunga o’xshash kichik teshik yordamida tasvir hosil bo’lishini ko’rsatadi, bunda tasvirning shakli va o’lchami buyumning to’g’ri chiziqli nurlar yordamida proeksiyalanishini ko’rsatadi.
1-rasm. Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishi: nuqtaviy manba yoritganda soya hosil bo’lishi.
Darhaqiqat, kichik teshik yordamida tasvir hosil qilishda teshikning o’lchami 0,5mm chamasida bo’lganda yaxshi tasvir hosil bo’ladi; teshik 0,02-0,03 mm bo’lganida tasvir juda noaniq bo’ladi. Teshikning o’lchami 0,5-1 µm chamasida bo’lganida tasvir hosil bo’lmaydi va ekran amalda tekis yoritilgan bo’ladi. Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonunidan chetlashishlar difraktsiya haqidagi ta’limotda ko’rib chiqiladi.
2. Yorug’lik dastalarining mustaqillik qonuni . Yorug’lik oqimini difragmalar yordamida ayrim-ayrim yorug’lik dastalariga ajratish mumkin. Bu ajratilgan yorug’lik dastalarining ta’siri mustaqil bo’lar ekan, ya’ni ayrim bir dasta hosil qiladigan effekt boshqa dastalarning o’sha vaqtda ta’sir ko’rsatayotganiga yoki ularning yo’q qilinishiga bog’liq emas. Masalan, fotoapparat ob’ektiviga keng landshaftdan yorug’lik tushayotgan bo’lsa, u holda biz yorug’lik dastalarining bir qismini to’sganimizda boshqa dastalar borayotgan tasvir o’zgarmaydi. Bu qonunning mazmuni yorug’lik interferensiyasi hodisalarida yanada chuqurroq aniqlanadi.
3. Yorug’likning qaytish qonuni. Tushayotgan nur, qaytaruvchi sirtga o’tkazilgan normal va qaytgan nur bir tekislikda yotadi (3-rasm ), bunda nurlar bilan normal orasidagi burchaklar o’zaro teng bo’ladi. Bu qonun ham Evklid asarida tilga olingan. Bu qonun juda uzoq zamondan buyon ma’lum bo’lgan sayqallangan metal sirtlarining (ko’zgularning) ishlatilishi orqasida kashf etilgan.
4. Yorug’likning sinish qonuni. Tushayotgan nur, singan nur va ajratish chegarasiga o’tkazilgan normal bir tekislikda yotadi (4-rasm).
=
3-rasm.Qaytish qonuni bo’yicha. 4-rasm.Sinish qonuni bo’yicha.
Yorug’likning tushish burchagi α va sinish burchagi β yuqoridagi munosabat bilan bog’langan.Nur sindirish ko’rsatkichi deb ataluvchi va lar esa α va β ga bog’liq bo’lmasdan, balki ikkala muhit xossalariga va nurning rangiga bog’liq bo’lgan kattaliklardir.
Endi biz ushbu sinish qonuni asosida ro’y beruvchi optik hodisalardan biri bo’lgan yorug’lik dispersiyasi haqida gaplashamiz.