O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti xorijiy davlatlarda maktabgacha ta’lim tizimi fanida


Mavzu:Shvetsiyada maktabgacha ta’limning o‘ziga hos xususiyatlari



Download 300,21 Kb.
bet45/92
Sana17.07.2022
Hajmi300,21 Kb.
#812086
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92
Bog'liq
xitoy tili

7.Mavzu:Shvetsiyada maktabgacha ta’limning o‘ziga hos xususiyatlari.
Reja:
1.Shvetsiyada maktabgacha ta’limning o‘ziga xosligi.
2.Maktabgacha ta’lim tizmining rivojlanishi

Maktabgacha ta'lim tizimi – bu zamonaviy jamiyatning ?ziga xos ?zagi va uning rivojlanishining eng muhim omillaridan biridir. Aynan shu sababli rivojlangan mamlakatlar maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor beradilar, zero bu aholining ishchi kuchiga barqaror jalb etilishiga, shuningdek bolalarning tegishlicha jismoniy va ruhiy rivojlanishiga xizmat qiladi.


Shvetsiyada bolalar maktabgacha muassasalari 1970-yillarda oila siyosati doirasida ochilgan. Shvetsiyadagi maktabgacha ta'limning asosiy maqsadlari ota-onalar uchun ish, karera va ota-onaliknii uyg‘unlashtirish imkoniyatini ta'minlashdir. Haqiqatan, xalqaro o‘lchamlarga ko‘ra, maktabgacha ta'lim qamrovi anchayin yuqori – 1 yoshdan 5 yoshgacha bolalarning 80 foizi. Bu MT xizmatlari haqini to‘lash siyosatiga ham bog‘liq, chunki Shvetsiyada bolalar bog‘chasi to‘lovining qiymati ota-onalar daromadidan kelib chiqib belgilanadi. Chunonchi, past daromad oladigan oilalar bolalari MT xizmatlari uchun umuman pul to‘lamasliklari mumkin, shu bilan birga, o‘ziga to‘q ota-onalar uchun maktabgacha ta'lim narxi oyiga 135 yevrogacha yetishi mumkin. Shvetsiyada bolalar bog‘chalarini moliyalashtirish davlat mablag‘lari va ota-onalarning daromadlariga qarab ajratgan badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Shvetsiyadagi bolalar bog‘chalari 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilarni qabul qiladi va 6:00 dan 19:00 gacha xizmat ko‘rsatadi. Shvetsiya maktabgacha muassasasida ta'lim bolalarda bilimlar va qadriyatlar hamda butun umrlari davomida o‘qishga istak shakllanishiga qaratilgan. Asosiy e'tibor birgalikdagi o‘yinlar, bag‘ri kenglik va boshqalarga e'tiborlilik kabi qadriyatlarga qaratiladi. Gender pedagogika tobora kuchli dolzarblik kasb etmoqda – bolalarda, jinsiga qaramay, barobar imkoniyatlar bo‘lishi uchun, o‘quv jarayonida gender stereotiplariga qarshi ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, Shvetsiyada bolalar bog‘chalari tarbiyachilarining taxminan 5 foizini erkaklar tashkil qiladi. Bu kam bo‘lsa-da, harqalay, boshqa mamlakatlardagiga qaraganda ancha yuqori ko‘rsatkich. MTda pedagog bo‘lish uchun oliy ma'lumot va Ta'lim vazirligidan litsenziya bo‘lishi kerak. Bolalar parvarishi bo‘yicha xodimlar o‘rta-maxsus ma'lumotga ega bo‘ladilar va kundalik taomillar uchun javobgarlikni zimmalariga oladilar. Bolalar imkoniyat bo‘ldi deguncha, hatto qish chillasida ham tashqarida o‘ynaydilar. Shuningdek, “ochiq osmon ostidagi” maktabgacha muassasalar ham shuhrat qozongan, ularda, ob-havodan qat'iy nazar, bolalar qariyb har doim tashqarida bo‘ladilar.
Shveytsariyalik bolalar 4—6 yoshda maktabgacha ta’lim muassasasi, 6—12 yoshda boshlang‘ich ta’lim, 12—16 yoshda o‘rta ta’lim va nihoyat, 18—22 yoshda oliy ta’limda tahsil oladi. Mamlakatda bolalarning maktabgacha ta’lim olishi majburiy. Shu bois, barcha ota-onalar farzandini muddatidan kechiktirmay davlat yoki xususiy bog‘chaga joylashtiradi. Maktabgacha ta’lim jarayoni hatto davlat bog‘chalarida ham pullik bo‘lib, hukumat zarur to‘lovning bir qisminigina to‘lab beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga odatdagidek matematika, o‘qish va yozish kabilar o‘qitilmaydi. Boisi, Shveytsariya hukumati bolaga ortiqcha yuklamalarni yuklash unda yaqinni ko‘ra olmaslik, skolioz belgilarini paydo qiladi, degan fikrda. Shuning uchun bog‘chalarda asosiy e’tibor bolalarning toza havoda o‘ynashi, so‘zlar, jumlalar, she’r va qo‘shiqlarni takrorlashiga qaratiladi. Bu tajriba bolaning yaxshi kayfiyatda, jismonan sog‘lom rivojlanishi, tili esa biyron bo‘lishiga xizmat qilar ekan.
Mamlakatda ta’limning birinchi bosqichi 6 yoshdan boshlansa-da, ayrim maktablarda iqtidorli bolalar 4 yoshdan qabul qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari­ning ta’lim dasturida asosiy e’tibor bolaning bilimini rivojlantirish hamda chet tillarni o‘qitishga qaratiladi. Hukumat bola xorijiy tillarni o‘rganishni qancha erta boshlasa, unga moslashishi shuncha oson kechadi, deb hisoblaydi. Maktablarda har bir chet tilini o‘qitish bo‘yicha alohida xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ularni tamomlagan o‘quvchilarga maxsus sertifikat beriladi.
Shveytsariya maktablari o‘quvchilarga ingliz-amerika, fransuz, nemis, shveytsar, italiyan ta’lim tizimidan istalgan birida o‘qish imkoniyatini taqdim etishi bilan ajralib turadi. Maktablarda darslar oliy o‘quv yurtlarida yuqori baholanadigan International Baccalaureate universal xalqaro dasturi asosida o‘tiladi. O‘qish davomida bolalarga mahalliy tildan tashqari, kamida yana 2 ta xorijiy til o‘rgatiladi. Yuqori sifatli ta’lim tizimi bilan jahonda yetakchilik qilayotgan Shveytsariya maktablarining barchasi o‘quvchilarni dunyoning istalgan oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishga tayyorlash imkoniyatiga ega. Bu yerdagi bilim maskanlarida o‘g‘il-qizlarning yay­rab o‘qishi uchun barcha sharoit muhayyo. Maktablarda eng zamonaviy jihozlar, sport anjomlarini ko‘rasiz. O‘quvchilar qishda xokkey, snoubord, tog‘ chang‘i sport turlari, yozda esa tog‘larda yurish, kemada suzish, ot minish kabi qiziqarli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib, darslardan tashqari vaqtini maroqli o‘tkazadi.
Boshlang‘ich va o‘rta maktablar turli kichik ma’muriy bo‘linmalarga bo‘ysungani bois, barcha maktablar uchun yagona majburiy dastur mavjud emas. 26 ta bo‘linmaning har biri maktablarda o‘quvchilarni o‘z o‘quv rejasi asosida o‘qitadi. Matura deb nomlanuvchi Shveytsariya federal dasturi esa ayrim tanlangan maktablargagina tavsiya etiladi.
Xorijliklarning aksariyati farzandlari­ni Shveytsariyadagi xususiy maktablarda o‘qitadi. Ammo hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan davlat maktablari ham ta’lim sifati borasida xususiy maktablardan qolishmaydi. Shunchaki, davlat maktablari hududida bolalarning yashab o‘qishi uchun yotoqxonalar yo‘q. Shu bois, ularda xorijliklar, asosan, mamlakatda uzoq vaqt yashovchi diplomatlar, xalqaro tashkilotlar a’zolarining farzandlari tahsil oladi.
Ammo yashab-o‘qishga mo‘ljallangan xususiy maktab-pansionlarda o‘quvchilar uchun yotoqxonalar mavjud. Shveytsariyada 260 ta xususiy maktab bo‘lib, ular mamlakatning noyob “mahsuloti” hisoblanadi. Bu maktablar o‘zining sifatli ta’limi, yuqori darajadagi qulayligi, xavfsizligi, mashhurligi, va albatta, o‘qish pulining nihoyatda qimmatligi bilan nom chiqargan. Bu yerda oddiy oilalarning farzandlarini deyarli uchratmaysiz. Asosan Shveytsariya va fransuz bankirlari, arab shayxlari, Amerika diplomat va yirik biznesmenlari­ning farzandlari o‘qiydi.
Shveytsariyadagi birinchi xususiy maktabga XIX asrda Iogann Pestalossi, Mariya Montessori va Rudolf Shtayner kabi mashhur pedagoglarning g‘oyalari ta’sirida asos solingan. Hozirgacha maktablarda ular taklif etgan o‘qitish usullaridan foydalaniladi. Xususiy maktablar ilk davrlardayoq xalq tiliga tushgan bo‘lsa-da, I jahon urushidan keyingina xalqaro darajadagi mashhurlikka erishdi. O‘sha kezlari mamlakatda betaraflik tamoyili amal qilgani bois, bu yerga boshqa millat vakillari ko‘chib kela boshladi. Natijada maktablarda turli tillarda o‘qitish tizimi paydo bo‘ldi.
Bugun Shveytsariyadagi xususiy maktablarning aksariyati o‘zining katta hududiga ega bo‘lib, unda o‘quv binosi va yashash uchun qarorgohdan tashqari, sport maydonlari, usti yopiq sport komplekslari hamda boshqa ko‘ngilochar maskanlar yaratilgan. Bu yerda bolalar darslardan so‘ng ilmiy laboratoriyalarda qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borishi, bo‘sh vaqtida musiqa chalib, qo‘shiq aytishi, dramatik san’at turlari bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkin. Mamlakatda ayniqsa, sportga katta e’tibor qaratiladi. Har bir maktabda futbol, regbi, kriket, tennis, chim ustida xokkey sport turlari uchun maxsus maydonlar ajratilgan. Shuningdek, bolalar bo‘sh vaqtini yanada mazmunli o‘tkazishi uchun maktablar tomonidan Italiya va Fransiyaga bepul ekskursiyalar ham tashkil etiladi.Shveytsariyadagi maktablarda yashash ham ancha qulayligi bilan boshqa davlatlarnikidan ajralib turadi. Bu yerda har bir o‘quvchi alohida xonalarda yashaydi. 2 kishilik xonalarni kamdan-kam uchratish mumkin.
Xususiy maktablarning aksariyati tog‘ yonbag‘irlarida joylashgani bois, bir qarashda sihatgohni eslatadi. Aslida, har bir bolaga bo‘lgan alohida e’tibor hamda o‘quvchilarga beriladigan 5 mahal ovqat hech bir sanatoriynikidan qolishmaydi. Maktablar rahbariyati Shveytsariyaning go‘zal manzarasidan hamisha unumli foydalanadi. Bu yerda aksariyat darslar so‘lim tabiat bag‘rida o‘tiladi. Ayniqsa, amaliy fanlarni o‘tish uchun bu ayni muddao.
Shveytsariya maktablari o‘zaro raqobat asosida yanada rivojlanadi. Mamlakatdagi maktablar “Shveytsariyada xalqaro ta’lim” guruhiga kirish uchun bor kuchini ishga soladi. Chunki bu guruhdan ta’lim sifati yuqori bo‘lgan eng mashhur maktablargina o‘rin oladi.
Shveytsariyada 120 ta kollej bor. Ular­ning aksariyati tor mutaxassislikka yo‘naltirilganiga qaramay, yoshlarga professional ta’lim beradi. O‘qish muddati 3-4 yildan iborat bo‘lgan kollejlarda, asosan, ish faoliyatida zarur bo‘ladigan hisobchilik, kotibalik va mehmonxona ishlari o‘qitiladi. Kollejni tamomlaganlar ixtiyoriy tarzda o‘qishni oliy o‘quv yurtlarida davom ettirishi mumkin.
Shveytsariya oliy ta’limining eng kuchli jihati amaliyotga yo‘nalganligidir. Bu yerdagi davlat universitetlari aniq fanlar va huquq sohasida o‘qitish bo‘yicha mashhur. Shveytsariyadagi birinchi universitetga 1460-yili Bazelda asos solingan bo‘lib, bugun mamlakatda 12 ta davlat va bir qancha xususiy oliy o‘quv yurtlari mavjud.
Universitetda talabalar tanlagan fakultet va mutaxassisligiga ko‘ra 4-6 yil davomida atal oladi. Aytish joizki, Shveytsariyada boshqa Yevropa mamlakatlari va Ameri­kadagi kabi gigant universitetlar yo‘q. Mamlakatdagi eng ata universitet Syurixda bo‘lib, unda 20 ming talaba o‘qiydi. Qolgan universitetlarda esa talabalar soni undan bir necha barobar kam. Bu yerda bir qancha xalqaro xususiy universitetlarning filiallari ham mavjud. Ularni tamomlagan bitiruvchilarga litsenziat darajasi beriladi. U maqomiga ko‘ra magistr darajasiga teng. Doktorlik darajasini olish uchun esa yana 3 yil o‘qish kerak.

Download 300,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish