O‘quv faoliyati motivatsiyasi muammosi hamdo‘stlik davlatlari qatori respublikamizda ham ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar tomonidan keng miqyosda o‘rganib kelinmoqda. Jumladan, keyingi yillarda mazkur ilmiy muammolarning turli jabhalariga nisbatan qiziqish yanada kuchayib bormoqda. Bunga yaqqol misol sifatida respublikamiz miqyosida ushbu muammo yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borayotgan taniqli psixolog olimlarni ta'kidlab o‘tish joizdir. Bular sirasiga respublikamizda psixologiya fanining rivojlanishiga amaliy va nazariy hissasini qo‘shib kelayotgan M.G.Davletshin rahbarligidagi uning shogirdlari A.Q.Saitova, F.I.Haydarovlar hamda E.G‘.G‘oziev va E.Z.Usmonova, V.A.Tokareva, A.A.Fayzullaev, R.Asomova, U.Jumaev va boshqalarning ushbu muammo yuzasidan olib borgan tadqiqotlarini kiritishimiz mumkin.
Keyingi o‘n yilliklar mobaynida M.G.Davletshin rahbarligida ushbu muammo yangicha ilmiy asosda talqin qilinib, keng ko‘lamda o‘rganilmoqda. M.G.Davletshinning fikrlariga ko‘ra, O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan yoshlar har xil sohaning mazmuniga ongli ravishda yondashuvi orqali, ularni mumkin qadar ertaroq, to‘g‘ri va oqilona tasavvur qiladi. M.G.Davletshin konsepsiyasidan kelib chiqqan holda olib borilgan tadqiqotlardan biri A.Q.Saitovaning "O‘smir yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv motivlarini va qadriyatlarini o‘rganishga" bag‘ishlangan ishdir. Bu ishda muallif o‘smir yoshining xususiyatlariga tayangan holda bir qator xulosalarga kelgan. Xususan tadqiqotchi fikriga ko‘ra, o‘smirlar o‘quv faoliyatida potensial hisoblangan motiv o‘z-o‘zini namoyon qilish motividir; o‘quv faoliyati o‘smir o‘quvchilarda o‘z-o‘zini takomillashtirishga, bu esa o‘quv faoliyati bilan bog‘liqdir. Muallif tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarda shaxsdagi qadriyatlar yo‘nalganligining o‘quv faoliyatga bog‘liqligi masalalari tadqiq qilinadi.
Motivatsiya modellariga oid nazariyalar
Motivlashtirish modellari:
oqilona (ratsional) model:
insoniy munosabatlarni motivlashtirish modeli;
Kompleks (o’z-o’zini mukammallashtirish) motivlashtirish modeli.
Motivlashtirishning oqilona modeli. Bu yerda kishilarni motivlashtirish uchun moliyaviy dastak mukofot va jazo qo‘llaniladi. Bu “shirin kulcha” va “qamchi” taktikasidir.
Insoniy munosabatlarni motivlashtirish modeli.
O‘z-o‘zini mukammalshitirshni motivlashtirish modeli.
David McCellandning “Maqsadga erishish” (Need for achievement), Frederick Herzbergning “Ikki omil” (Two-factor theory), Lawler va
Xakmenning “Rejalashtirish, ehtimollik” kabi nazariyalarda tadbirkorlik faoliyati motivatsiyasini shakllantirishda tadbirkor faoliyati, uning qarorlar qabul qilishi va rejalashtirishiga oid masalalar ijtimoiy-psixologik talqin qilingandir.
Tadbirkorlik faoliyati motivatsiyasini yanada kengroq ochishda, bir kontseptsiya mavjudki – bu boshqaruv tajribalarida keng qoʼllaniladi. Bu F.Herzbergning “ikki omil” nazariyasi. F.Herzberg sanoatda ishlaydigan ishchilarning psixologik kasalliklarini davolovchi mutaxassis edi. Unga ishchilarni ragʼbatlantirish (harakatga keltirish) kontseptsiyasini ishlab chiqish taklif etilgan. U oʼzining ishlab chiqqan nazariyasini “motivatsiyali gigiena” yoki “ishni jonlantirish” nazariyasi deb ataydi.
F.Herzberg ishga boʼlgan ishtiyoqlarni ikkiga boʼladi. U birinchi guruhga barcha yuzaki narsalarni kiritadi. Ularga maosh, hamkasb bilan munosabat, moddiy shart-sharoitlar kiradi. U koʼpgina kuzatuvlari natijasida bir toʼxtamga keldi va bu qarashlarini 1966 yil nashr qilingan “Motivatsiya va inson borligʼi” deb nomlangan kitobida bayon etadi. Uning fikricha, hamma asosiy motivlar ikkita tarkibiy va bir-biridan farq qiladigan guruhlarga boʼlinishi kerak – ular gigiyena omillari va motivlar omillari.
Birinchi omil, odamlar ishining muvaffaqiyatini taʼminlaydi yoki pasaytirib yuboradi. Herzberg bu omillarni quyidagilar, deb hisoblaydi:
mehnat sharti;
firmaning siyosiy ahamiyati;
maoshi;
jamoadoshi va boshligʼi bilan munosabati va shunga oʼxshaganlarni kiritadi.
Motiv omillariga esa:
ishdagi muvaffaqiyat;
ish yuzasidan koʼtarilishi;
qulay imkoniyatga egaligi;
ishning qiziqligi va qiyinligi;
ishning turli xilligi;
ishning rejalashtirilishida qatnashish va hokazolar.
Shuningdek, bular koʼpincha motivlashtirish vazifasining natijasi uchun kerak. Bu motivlar bir-biri bilan nafaqat tadbirkorlik motivatsiyasini shakllantiruvchi faoliyatda, balki tadbirkorlik faoliyatini boshqarishda ham muhim oʼrin kasb etadi.
V.M.Karimovaning taʼkidlashicha, “Faoliyat – ehtiyoj – motivatsiya” tushunchalari oʼzaro bogʼliqdir. Har qanday faoliyat ortida insonning aniq ehtiyoji yotib, bu ehtiyoj – shaxsni oʼrab turgan muhitga bogʼliqdir va bunda maʼlum maʼnoda psixologik tobe ekanligini tushuntiruvchi talablar mavjuddir. Shu ehtiyoj taʼsirida paydo boʼladigan faollikning turtkisi – motivdir.
Umuman olganda, motivatsiyaga oʼzini maʼlum bir xatti- harakatlarga undovchi organizmning ichki holati sifatida qaraladi. А.А.Krilov oʼz qarashlarida, motivatsiya fenomenini uchta asosiy talqinini sharhlab oʼtadi:
“Fiziologik talqinlar – ichki turtki yoki ehtiyojlarning ahamiyatliligini taʼkidlaydi. Misol uchun, yemishdan mahrum boʼlgan hayvon ochlikni his etadi va yegulikni izlab topishga va oʼz fiziologik ehtiyojini qondirishga intiladi.
Ochlik, chanqoqlik va jinsiy mayl kabi holatlar organizm uchun muhim ahamiyatga ega boʼlganligi sababli, odatda “birlamchi drayv” deb hisoblanadi.
Bixevioristik talqinlar – oʼrgatish (oʼqitish) jarayonida orttirilgan ichki turtkilarga suyanadi. Masalan, pulga ega boʼlishdek motivatsion moyillik. Ochlik va chanqoqlik singari “birlamchi drayv (boshqarish, undash)” holatlar pullar bilan assotsiatsiyalanishi sababli, biz ishga nisbatan yoʼnaltirilgan yuqori motivatsiyani sezamiz.
Psixologik talqinlar – aniq harakatlarga bizni undovchi “birlamchi drayv” kontseptsiyasi insoniyat xulq-atvorini undaganda murakkab turlarini tushuntirishda ham dolzarb boʼlib qolaveradi. Ichki murakkab ehtiyojga erishish motivatsiyasi affiliatsiya yoki Maslov boʼyicha oʼzini roʼyobga chiqarish misol boʼla oladi”. ajratiladi:
Аdabiyotlarda motivatsiyaga oid nazariyalar, asosan, ikkita toifaga ;
Motivatsiyaning mazmuniy nazariyalari birinchi navbatda insonlarni harakatga undovchi ehtiyojlarini aniqlashga harakat qiladi, aynan unda ishning hajmi va mazmuni aniqlanadi. Motivatsiyaning zamonaviy mazmuniy kontseptsiyalariga asos solinishi, asosan, Abraham Maslow, Frederick Herzberg, David McCellandlarning ishlari bilan bogʼliq.
Mashhur nemis sotsiologi Maks Veber XIX asr boshlarida biznesdagi holatni tahlil etar ekan, biznes odobi masalasida mufassal toʼxtalib oʼtgan. Biznesning mohiyatini tushunib yetgan holda u: “Trubinalardan tutun chiqishi uchun foyda olinishi zarur”, – deb taʼkidlagan. Bu yerda u tadbirkorlar faoliyatidagi ikki yoʼnalishni ajratib koʼrsatadi:
usiz ishlab chiqarish mavjud boʼlmaydigan oqilona foydaga intilish;
“boylikka intilish”.
M.Veber ikkinchi yoʼnalishni biznes emas deb taʼkidlaydi. “Bunday intilish ofitsiantlar, vrachlar, rassomlar, yengil tabiatli kishilar, askarlar, qimorboz va gadoylarda uchraydi va toʼliq ishonch bilan u barcha davr va mamlakatlarning barcha aholi guruhlari va alohida shaxslariga xos boʼladi”.
Motivatsiyaning mazmuniy nazariyalari odamlar xulqini belgilovchi ehtiyojlar va unga bogʼliq omillarga asoslanadi. Jarayoniy nazariyalar motivatsiyani boshqacha tarzda oʼrganadi. Ularda inson qanday qilib aniq bir xulq turini tanlashi tahlil qilinadi. Jarayoniy nazariyalar asoschilari ehtiyojlar mavjudligi toʼgʼrisida bahslashmaydilar, balki odamlar xulqi ehtiyojlar bilangina emas, balki psixologik jarayonlar bilan aniqlanadi, deb hisoblashadi.
Motivatsiyaning jarayoniy nazariyasining uchta asosi mavjud: kutishlar nazariyasi, adolatlilik nazariyasi va Porter-Louler modeli.
XULOSA
Motivatsiya shaxsiyat tuzilishida yetakchi o‘rinni egallaydi va xatti- harakat va faoliyatning harakatlantiruvchi kuchlarini tushuntirish uchun ishlatiladigan asosiy tushunchalardan biridir. Umuman motivatsion tizimning mazmuni shaxsga xos bo‘lgan faoliyat turlarining mazmunini belgilaydi. Motivatsiya tizimi nafaqat haqiqiy faoliyatni, balki istalgan sohani, faoliyatni yanada rivojlantirish istiqbolini ham belgilaydi. Binobarin, motivatsiya muammosi metodologik, nazariy va amaliy jihatdan dolzarb muammolardan biridir.
Ilmiy adabiyotlar tahlili motivlarni o‘rganishda ko‘plab yondashuvlar mavjudligini ko‘rsatdi. Motiv rag‘batlantirish, niyat, idrok, munosabat, fikrlar, his-tuyg‘ular, motivlar va boshqalar sifatida ko‘rib chiqilgan. Ammo barcha olimlar motiv bu faoliyat uchun mo‘ljallangan degan fikrga qo‘shilishadi va motivatsiya shaxsning yo‘nalishini aniqlaydi. Ta’lim motivatsiyasini o‘rganish muammosi ko‘plab mahalliy va xorijiy psixologlarning e’tiboriga berilgan. Shunga qaramay, psixologiya fanida yagona "tushuncha" ta’lim faoliyati motivi shakllanmagan, uni o‘rganishda turli xil yondashuvlar va usullar qo‘llaniladi. Tarixda buni tushunishga bir qancha yondashuvlar mavjud. Eng keng tarqalganlaridan biri uni polimotiv hodisa, ya’ni inson motivlarining keng doirasiga kiritilgan va inson faoliyatining diqqatini bilim, ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratadigan xususiyatini tavsiflovchi muayyan turtki sifatida ko‘rib chiqadi.
O‘smirlik davrida markaziy neoplazma - bu "yetuklik hissi", bu ta’limga bo‘lgan qiziqishning pasayishiga va voyaga etishishga bo‘lgan qiziqishning kuchayishiga, o‘qituvchilar va ota-onalar bilan yangi hayot pozitsiyasini tushunishni va qabul qilishni istamaydigan, hurmat va tenglikka bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi. Talabalarning kattalar talablariga bo‘ysunish istagi keskin kamayadi. Shu bilan birga, bir guruh tengdoshlarning obro‘si oshmoqda. Yetakchi faoliyat - bu aloqa. Shunga qaramay, o‘spirinning hissiy holati uning ta’lim faoliyati kattalar tomonidan qanday baholanayotganiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |