O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti turizm va Iqtisodiyot fakulteti 181-Turizm guruhi talabasi Salayev Yashinning Turizmda ekskursiya xizmatlarini tashkil qilish fanidan


Ekskursiyani tashkil etish asoslari va bunda gidlarning ahamiyati



Download 0,84 Mb.
bet7/15
Sana28.07.2021
Hajmi0,84 Mb.
#130787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi.2020[1]

2.2 Ekskursiyani tashkil etish asoslari va bunda gidlarning ahamiyati

Demak, ekskursiya xizmati - bu tarixiy va madaniy yodgorliklar, tabiat

manzaralari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa diqqatga sazovor joylarni

ko‘rsatish, hikoya qilish jarayonini uslubiy jihatdan tashkil qilishdir. Ushbu

jarayonda ekskursantlar ko‘z oldidagi ob’ektlar, ular bilan bog‘liq voqea-hodisalar

malakali mutaxassis-gid tomonidan hikoya va tahlil qilinadi. Ekskursiya xizmatida gid ekskursantlarga mavzuni yoritishga yordam beruvchi ob’ektlarni ko‘rishga (birinchi vazifa), ushbu ob’ektlar haqida zaruriy ma’lumotlarni olishga (ikkinchi vazifa), tarixiy voqeaning mohiyatini his etishga(uchinchi vazifa), ekskursiya ob’ektlarini mustaqil kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishga (to‘rtinchi vazifa) yordam beradi. So‘nggi vazifani bajarishda ekskursantlarda ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘rish qobiliyatini shakllantira olish katta o‘rinni egallaydi. Ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘ra olish qobiliyati deganda estetik qabul sifatida me’morchilik massalari, ranglari, har xil turdagi chiziqlar, jismlar

guruhini, ranglar jilosini, chiziqlar va ularning kompleksini yorug‘lik, ma’lum

burchak ostida ko‘rish, qabul qilish tushuniladi. Ob’ektlardagi tarixiy jozibadorlikni anglay olish quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, ekskursiya ob’ektidagi tarixiy-madaniy o‘ziga xoslikni topa olish; ikkinchidan, ekskursiya ob’ektida turli davrlardan qolgan izlarni aniqlay olish; uchinchidan, monumental va muzey-tarixiy yodgorliklaridan tarixiy faktlarni topa olishdir. Bu jarayon har doim katta bilim va ko‘nikmani talab qiladi. Ekskursiya ma’lumotlari va ularni hikoya qilishda gidning malakaviyligi ekskursantlarning kerakli xulosaga kelishi imkonini beradi. Bu haqda rossiyalik pedagog A.V. Bakushinskiy shunday degan: «Ekskursiya rejasi, vazifasi, maqsadi bilan asoslangan materialning uslubiy ishlanmasi qatnashchilarga mustaqil his qilish, qabul qilish va baholash ko‘nikmalarini uyg‘otishi kerak».Ob’ektlarni ko‘rsatish jarayoni malakali mutaxassis - gid rahbarligida amalga oshiriladi. Ob’ektlarni tushunish, qabul qilish jarayoni aniq mavzuni yoritishdagi vazifalari bilan belgilanadi. Gid ekskursantlarning ob’ekt ko‘rinishini, tarixiy joyning qadr-qimmatini, ob’ekt bilan bog‘liq tarixiy voqeani tushunib olishlarigayordam beradi. Ekskursant ayni damda nimani ko‘rayotgani, tushunayotgani, his etayotgani gid uchun muhimdir. Gid o‘z hikoyasi bilan ekskursantlarni to‘g‘ri xulosa qilishga, baho berishga ko‘maklashadi, shu bilan ekskursiya xizmatining zaruriy samaradorligiga erishiladi.

Gidga psixologiya va pedagogika sohalaridan bilimlarning mavjudligi

ekskursiya xizmatini to‘g‘ri tashkil qilishga yordam beradi. Gid va ekskursantlar

o‘rtasida to‘g‘ri tashkil etilgan o‘zaro muloqoti ekskursiya kabi pedagogik

jarayonning negizidir. Kommunikativ komponent gid kasbiy mahoratining asosiy

qismidir. Ekskursiya xizmatining samaradorligi nafaqat gidning mavzu bo‘yicha

bilimi, uni auditoriyaga yetkazish uslubiga balki, ekskursantlar, boshqa

mutaxassislar, haydovchi bilan o‘zaro muloqotiga ham bog‘liqdir. Auditoriya bilan muloqotda hushyorlik, dialog o‘rnata olish kabi xususiyatlar ham muhimdir. Ekskursiya muassasasi rahbarlari ekskursiya xizmatida gidning roliga katta e’tibor berib, uning yutuqlari bilan birga kamchiliklarini ham tahlil qilishadi. Ekskursiya jarayonida ekskursantlarning faolligini oshirish maqsadida gid turli variantlarni qo‘llashi kerak bo‘ladi. Agarda u hikoyani kengroq yoritsa, ma’ruzachiga aylanib qoladi, bu esa ko‘rgan va eshitganlarni his qilishda gidning rolini susaytiradi. Gid ma’lumotlarga urg‘u berayotganida, ekskursant diqqatini aniq yo‘naltirib, uni fikrlashga, taqqoslashga, baholashga, xulosa qilishga undasagina jarayon samarali bo‘ladi. Gid ekskursiya jarayonida ekskursantlarni hamjihatlikda fikrlash, tahlil qilish, hamdardlik bildirish, qiziqishlari bo‘yicha birlashib, jamoaga aylanishini ta’minlashi kerak. Gid ekskursiya xizmatining nafaqat ta’limiy, balki tarbiyaviy jihatlariga ham e’tibor qaratishi lozim. U ekskursiya ma’lumotlarini shunday tanlashi va foydalanishi kerakki, ekskursantlarda vatanga bo‘lgan muhabbat, boshqa millatlar, ularning urf-odatiga nisbatan hurmat kabi xislatlar paydo bo‘lsin. Gid pedagogik jarayonning davomi sifatida ekskursiya jarayoni yakunida ekskursantlar bilimini mustahkamlash maqsadida mustaqil shug‘ullanishlari uchun adabiyotlar ro‘yxati, kinofilmlar ro‘yxati, boshqa ekskursiyalar nomi kabilarni tavsiya etadi. Gidning pedagogik faoliyatida quyidagi bosqichlarni ajratishmumkin:

Ekskursiya jarayoniga gid va guruhni tayyorlash;

Ekskursiya xizmatini o‘tkazish;

Ekskursiya xizmati ma’lumotlarini mustahkamlovchi ekskursiyadan

keyingi ishlar.

Gid pedagogika-psixologiya asoslaridan ham xabardor bo‘lsa maqsadga

muvofiq bo‘ladi. Pedagogik-psixologiya ta’lim va tarbiyaning psixologik

muammolarini o‘rganadi. Gid pedagogikaning asosiy talablarini o‘rganib,

auditoriyaga bilimlarni yetkazishning samarali shakllarini, ta’lim va tarbiya

vositalarini qo‘llaydi. Ta’lim va tarbiyaning pedagogik tamoyillari ekskursiya

xizmatining negizini tashkil etadi. Gid faoliyatining bosh vazifasi ekskursantlarga

o‘rgatish va tarbiyalash, shaxsiyatini, bilim va ishonchini shakllantirishga yordam

berishdir. Gidning ishi yaqin o‘tmishgacha kasb sifatida qaralmagan, u havaskor guruh uchun qiziqarli mashg‘ulot bo‘lgan, xolos. Gid ishini turli soha mutaxassislari o‘zlarining asosiy faoliyatlaridan ajralmagan holda bajarishgan (pedagoglar, muzey ilmiy xodimlari, institut ilmiy xodimlari va h.k.). Faqatgina bir necha ekskursiya muassasasi va alohida muzeylar shtatida gidlar mavjud bo‘lgan, xolos. Ammo o‘sha paytlarda bu faoliyat kasbiy xususiyatlarga ega bo‘la boshlagan. Ekskursiya xizmati funksiyasining o‘zgarishi, uning dam olish shaklidan mehnat jamoalarida madaniy-tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakliga aylanishi, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqqa aylanishi, yangi mutaxassislik, ya’ni gid rolining oshishiga olib keldi.

O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasiga turistik guruh rahbari (turlider) va gid (ekskursiya yetakchisi) tushunchalari kiritilgan.5 Unga ko‘ra «turistik guruh rahbari - turistik faoliyat sub’ektlarining vakili bo‘lgan va uning nomidan ish ko‘rib, turistlarga xizmat ko‘rsatish shartnomasi shartlarining bajarilishini ta’minlovchi jismoniy shaxs», «Gid (ekskursiya yetakchisi) - tur qatnashchilariga turistik xizmatlar ko‘rsatishshartnomasi doirasida ekskursiya-axborot, tashkiliy yo‘sindagi xizmatlar va

malakali yordam ko‘rsatuvchi jismoniy shaxs»-degan ta’riflar kiritilgan.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish