URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
|
«TASDIQLAYMAN»
Urganch davlat universiteti o`quv ishlari bo`yicha prorektori:
_____________dots. S. Xodjaniyazov
“2” 07. 2021 yil
|
MIKROBIOLOGIYA VA VIRUSOLOGIYA
FANIDAN ISHCHI O‘QUV DASTUR
(2021-2022 o‘quv yili 2 kurs)
Bilim sohasi:
|
|
100 000 – Gumanitar
|
Ta’lim sohasi:
|
|
140 000 – Tabiiy fanlar
|
Bakalavriat yo‘nalishi:
|
|
5140100 – Biologiya (turlari bo’yicha)
|
|
Semestr
Mashg‘ulotlar
|
3
|
4
|
Jami
|
|
|
Ma’ruza
|
30
|
30
|
60
|
|
|
Laboratoriya mashg`ulot
|
30
|
30
|
60
|
|
|
Mustaqil ta’lim
|
90
|
60
|
150
|
|
|
Umumiy o‘quv soati
|
150
|
120
|
270
|
|
|
Kredit miqdori
|
5
|
4
|
9
|
|
Urganch - 2021 yil
Mazkur fanning ishchi o‘quv dasturi 5140100 – Biologiya (turlari bo’yicha) yo’nalishi uchun Oliy va o’rta maxsus, kasb–hunar ta’lim yo’nalishlari bo’yicha O’quv-uslibiy birlashmalar faoliyatni Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2020 yil 29 avgustdagi 4- sonli bayonnomasi bilan ma`qullangan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 29 avgustdagi 452-sonli buyrug’i bilan ma`qullangan fan dasturlarini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlashga rozilik berilgan.
Mazkur ishchi o‘quv dasturi Tabiiy fanlar fakulteti Kengashining 2021 yil 30.06.dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan. (№ 1-sonli bayonnoma).
Mazkur ishchi o‘quv dasturi “Biologiya” kafedrasining 2021 yil 28.06. dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan. (№ 1-sonli bayonnoma).
Tuzuvchilar:
|
UrDU, “Biologiya” kafedrasi o’qituvchisi Sh.R.Allashukurov.
“Biologiya” kafedrasi dotsent
Z.B. Alloberganova
|
|
|
Taqrizchi:
|
UrDU, “Biologiya” kafedrasi dotsent
I.Ismaylova
|
Tabiiy fanlar
fakulteti dekani: dots.X.Q.Polvonov
“Biologiya” kafedrasi mudiri: dots.Z.R.Tojiyev
Fan/modul kodi
MBVB209
|
O‘quv yili
2021-2022
|
Semestr
3/4
|
ECTS – Kreditlar
5/4
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
4/4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Mikrobiologiya va virusoligiya
|
3-semestr-60
4-semestr-60
|
3-semestr-90
4-semestr-60
|
3-semestr-150
4-semestr-120
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o`qitishdan maqsad-talabalarga xozirgi zamon biologiyasi va chegaradosh fanlar yutuqlariga asoslangan yangi fan yo’nalishlari yaratish va uning nazariy asoslarini o’rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi-prokariotlar va viruslar olamining morfologiyasi, hujayra tuzilishini, ko’payishi, ularning tabiatda tarqalishi, odam hayotidagi ahamiyati, ularga har xil tashqi faktorlar ta’siri, tabiatda azot, uglerod va boshqa moddalarning sirkulyatsiyasidagi roli, mikroorganizmlarni o’zaro munosabatlari, inson hayotidagi o’rni va ahamiyatini ochib berish.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Mikrobiologiya fani, o’rganish obe’ektlari, vazifasi hamda bo’limlariga tavsif.
Fanning predmeti, o’rganish ob’ektlari, mikroorganizmlarni o’rganishning ahamiyati, fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, bo’limlari hamda vazifalariga tavsif.
2-mavzu. Mikrobiologiyaning paydo bo’lishi va rivojlanishi
Antoni van Levenguk tomonidan mikroorganizmlarni kashf qilinishi. Mikrobiologiyaning shakllanishida L.Paster, R.Kox, M.Beyerink, S.N.Vinogradskiy, V.L.Omelyanskiy, N.A. Krasilnikov, A.Flemming va boshqalar ishlarining ahamiyati.
Hozirgi zamon mikrobiologiyasi rivojlanishining ustivor yo’nalishlari. Mikrobiologiyaning O’zbekiston Respublikasida rivojlanishi.
3-mavzu. Mikrobiologiya tadqiqotlarining asosiy usullari.
Toza kulturalar va ularning olinishi. Mikroorganizmlar preparatlarini tayyorlash texnikasi. Oddiy va differentsial bo’yash. Gram usulida bo’yash va uning mikroorganizmlar klassifikatsiyasidagi ahamiyati. Mikroorganizmlarni mikroskop yordamida o’rganish metodlari. Zamonaviy mikroskoplar: yorug’ va qorong’i maydonli, faza — kontrast, lyuministsent va elektron mikroskoplar. Biologik mikroskoplar imkoniyatlarining kimyoviy tavsifi. Fiksirlangan, bo’yalgan va tirik preparatlar tayyorlash. Boyitilgan va toza kul’turalar haqida ma’lumotlar, ularni mikroorganizmlarni sistematikasi va fiziologo-biokimeviy xususiyatlarini o’rganishdagi ahamiyati.
4-mavzu. Mikroorganizmlar morfologik turlariga tavsif.
Mikroorganizmlar morfologiyasi va hujayra o’lchami . Mikroorganizmlar hujayra tuzilishi. Eukariot va prokariat mikroorganizmlar. Bakteriya hujayrasining shakllari. Mikroorganizmlar turli guruhlarining tafsifi.
5-mavzu. Mikroorganizmlarning hujayra tuzilishi, kimyoviy tarkibi.
Prokariot hujayralar tuzilishi. Bakteriya hujayrasining struktura asoslari. Hujayra devori, tuzilishi, tavsifi va kimyoviy tarkibi, sitoplazmatik membrana, uning ba’zi xususiyatlari va kimyoviy tarkibi. Sitoplazmatik membrana funksiyasining xilma-xilligi. Mezosomalar. Sitoplazma. Bakteriya hujayrasining qo’shilmalari, kimyoviy tarkibi va axamiyati.
Bakteriya endosporalari, spora hosil bo’lish jarayoni va sporaning vegetativ hujayradan asosiy farqlari. Kapsula va shilliq qavat. Kimyoviy tarkibi va funktsiyalari. Bakteriyalarning harakati, xivchinlari. Joylanishi, tashkil topishi, kimyoviy tarkibi. Fimbriy va pililar va ularning funktsiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |