O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#698958
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123
Bog'liq
dd00a58bf8bf5b7130ca944958e8f7c9 TURIZM OPERATORLIK XIZMATINI TASHKILLASHTIRISHNING ASOSLARI

Guruhli turizm.
Nisbatan arzon, ko‗p sonli turistlar uchun hamyonbop, ammo 
guruhli turizmda guruhning barcha a‘zolari o‗rnatilgan tartibga bo‗ysunishlari lozim. 
Jozibador turistik mahsulot yaratish turoperatorlarning eng muhim va eng birinchi 
vazifasidir. Turistik tashkilotlar faoliyatining ushbu sohasi ishlab chiqarish jarayonlari 
bilan bevosita bog‗liq. Tashkilotning tovar siyosati ishlab chiqarish va sotish o‗rtasidagi 
kelishilgan, shuningdek turlar assortimenti, xizmat ko‗rsatish dasturi va turmahsulot
birligi bilan bog‗liq qarorlar qabul qilishini talab etadi. ―Turistik mahsulot yaratishda 
turist nima sotib oladi‖ degan savolga aniq javob berish lozim. Axir turist
mehmonxonadagi joylashtirish uchun emas, yangi hissiyotlar va notanish narsalar bilan 
tanishish uchun restorandagi bifshteks yoki go‗shtli qiyma uchun emas, e‘tibor, qo‗laylik
uchun pul to‗laydi. Shuning uchun turmahsulot yaratish turistning iste‘molchilik 
hususiyati va sifatlarini o‗rganishdan, turistlar uchun eng jozibali tomonlarni ochishdan
boshlanadi. Aynan shu ko‗rsatkichlar turistik mahsulotni ishlab chiqish va sotishdagi eng 
muhim yo‗naltiruvchilar hisoblanadi. Mutaxassislar tomonidan turistik mahsulotning bir 
nechta iste‘molchilik hususiyatlari ajratib ko‗rsatiladi:

asoslanganlik, barcha xizmatlarni takdim etish turist ehtiyojlariga asoslangan, 
sayohat maqsadi va tegishli sharoitlar bilan moslashgan bo‗lishi lozim;

ishonchlilik, axborot, ma‘lumot ishonchliligi, mahsulot real tarkibining reklamaga 
muvofiq kelishi; 

samaradorlik, turist tomonidan kam harajatlar evaziga ko‗proq samaraga 
erishilishi;

butunlik, mahsulotning yakunlanganligi, uning turist talabini to‗la qondira olish 
hususiyati; 


64 

aniqlik, mahsulot iste‘moli, uning yo‗naltirilganligi ham turist uchun, ham xizmat 
ko‗rsatuvchi xodim uchun tushunarli bo‗lishi lozim; 

qo‗llashdagi oddiylik; 

egiluvchanlik, mahsulot va xizmat ko‗rsatish tizimining iste‘molchilarning turli 
tiplariga mos kelishi va xizmat ko‗rsatuvchi xodimning o‗zgarishiga nisbatan 
befarqligi; 

naflilik, mahsulotning bir yoki bir nechta maqsadga erishish uchun xizmat qilishi 
(masalan dam olish va o‗rganish) turistning u yoki bu ehtiyojlarini qondira bilish 
qobiliyati. 
Ushbu hususiyatlar sotilishi ustidan nazorat birinchi navbatda turistning sayohatdan 
qoniqish darajasini o‗rganish (so‗rov, anketa) hisoblanadi. Ammo turistik xizmat ustidan 
nazoratning o‗zi turmahsulotni rejalashtirish bosqichida boshlanadi. Yuqoridagi 
ta‘kidlangan hususiyatlar bilan bir qatorda turmahsulotning mehmondo‗stlik kabi 
betakror hususiyati ham tan olingan. Ushbu hususiyatsiz har qanday eng mukammal 
turmahsulot ham o‗z qiyofasini yo‗qotadi va turist o‗zining u yoki bu ehtiyojining 
qoniqtirilishining ko‗tilayotgan darajasiga erisha olmaydi. Turistik industriya sohasida 
mehmondo‗stlik – bu kasbiy talab, bu turistlarga xizmat qilishdan xursand ekanligini 
bildirishdir. Mehmondo‗stlikning ajralmas qismlari bo‗lib e‘tibor, xurmat, persanalning 
iltifotliligi hisoblanadi. Mehmondo‗stlik serqirra tushuncha bo‗lib, bir necha tashkil 
etuvchi omillardan iborat: 
a)
dam olish imkoniyatlari, bilim olish va vaqtichog‗lik haqidagi mahalliy va 
hududiy bozorlarning sifatli axboroti; 
b) potensial iste‘molchilarga xizmat ko‗rsatuvchi tashkilotlar va turistik xudud 
to‗g‗risida ijobiy tasavvur yaratish (reklama, teleko‗rsatuvlarda qatnashish va h.k.); 
v) xizmat ko‗rsatuvchi persanolning turistlarga iltifot ko‗rsatishga intilishi 
(hammasi mijoz uchun shiori bo‗yicha xizmat ko‗rsatish); 
s) turistik mahsulotni taqdim etuvchilarning turistlar xajmi va iltimoslariga e‘tiborli 
munosabati (biz siz uchun nima qila olamiz? tamoyili bo‗yicha); 
d) xizmatlarni olishda turistning moslashuvini yengillashtirish (turfirma ichki 
axboroti, turistga tushunarli bo‗lgan tilda tayyorlangan bukletlar, sayohatnomalar); 
e) turistlarga marhamatli munosabatda bo‗lish ushbu hususiyat xizmat ko‗rsatish 
tamoyillaridan biriga aylanish lozim. 
Yuqorida ta‘kidlangan tamoyillarning barchasi xizmat ko‗rsatish texnolgiyasiga 
kiritilishi lozim. Turni tashkillashtirish texnologiyasida turistlar va xizmat ko‗rsatuvchi 
xodimning o‗zaro ta‘sir muhiti ham turistlar tomonidan xizmatlar qabul qilinishining 
psixologik jihatlari ham birdek muhimdir. Bu shuni anglatadiki, turistning shaxsiy 
qiziqshlari, unga bo‗lgan samimiy munosabat doimo birinchi o‗ringa qo‗yilishi lozim. 
Shu nuqtai nazardan xalqaro turizmda qo‗yidagi e‘tibor alomatlarini turistlarga 
ko‗rsatish allaqachon amaliyotga aylangan: 
- har bir turist uchun qo‗tlovchi suvenirlar mehmonxona xizmatidan farqli o‗laroq 
(mehmonxonada xatto yostiq ustidagi shokolod ham suvenir) turlarda suvenirlar sayohat 
maqsadidan kelib chiqib beriladi. Masalan: kasbiy sayohat, ya‘ni ish yuzasidan 
sayohatlarda prospektlar yoki turistlarni qiziqtiruvchi mahsulotlar namunalari, falklor 
turlarda esa milliy harakterdagi suvenirlar bo‗lishi mumkin; 
- tur yakunida turistlarga bosib o‗tilgan marshrutlar hamda maxsus tayyorlangan 
diplomlar, yorliqlar, nishonlar taqdim etish; 
- reklama varaqlari, bukletlar, yo‗l ko‗rsatuvchilar va dam olish maksanlari 
haqidagi ma‘lumotlar turistlar uchun doimiy ravishda tarqatilishi lozim; 


65 
- sayohatning ilk kunlarida asosiy va qo‗shimcha xizmatlar bo‗yicha tushuntirish 
ishlarini olib borish uchun turistlar bilan gidning uchrashuvini tashkil etish. 
Bularning barchasi juda samimiy tus oladi va turistlar uchun joziba kashf etadi. 
Xizmat ko‗rsatishni tashkil qilishda ozodlik tamoyilini inobatga olish juda 
muhimdir, ya‘ni sayohat chog‗ida barcha ko‗ngilsiz narsalardan ozod bo‗lishi lozim. 
Masalan, turistlarni transportga biletlar buyurtmasidan, konsert va teatrlarga biletlar
buyurtmasidan, har qanday turdagi xizmatlarni kutishidan butunlay xolos qilish lozim.
Xizmat ko‗rsatishning optimalligi mehmondo‗stlikka aloqador bo‗lgan iste‘molchi 
hususiyatlaridan biri. Xizmat ko‗rsatishning optimallashuvi qo‗yidagilarni nazarda 
to‗tadi: 

barcha xizmat turlarining yagona daraja (klass)ga mos kelishi; 

barcha xizmatlarning tur mazmuniga mos kelishi; 

turning iste‘molchilarning ma‘lum maqsadli guruhiga yo‗naltirilganligi; 

xizmat ko‗rsatish dasturini oldindan kelishish; 

dasturlarning qayishqoqligi (elsatiligi) u yoki bu xizmatlarni almashtirish imkoni 
mavjudligi; 

taqdim etiladigan xizmatlar soni bo‗yicha xizmatlarning maqsadga muvofiq 
tarkibi; 

xizmat ko‗rsatishda majburiylik alomatlarining yo‗qligi; 
Ushbu 
tamoyillarning 
barchasini 
turistik 
mahsulotni 
ishlab 
chiqarish 
bosqichidayoq inobatga olish muhimdir. Bunda noto‗g‗ri tayyorlangan mahsulotga 
nafaqat talab mavjud bo‗lmasligi, balki bunday mahsulot tashkilotdan bo‗lajak potensial 
mijozlarning ixlosini ham qaytarishi mumkinligini uno‗tmaslik lozim. Bugungi kunda 
turistik bozorda hukm so‗rayotgan raqobat sharoitida yuqoridagilar kuchli omil bo‗lib 
hisoblanadi. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish