Sotishning ichki kanallari - bu, shu mamlakatning ichida turli turistik xizmatlar
sotadigan (shu mamlakat hududida joylashgan mamlakat fiqorasimi yoki xorijliklarmi,
ya‘ni, kimga sotilishidan qat‘iy nazar) filiallar, bo‗linmalar va vositachilik tashkilotlari
tizimlaridir.
Sotishning tashqi kanallari - bu o‗z mamlakatida berilgan mamlakatga
shartnomaga asosan turistik sayohatlar sotish majburiyatini qabul qilgan xorijiy turistik
firma-vositachilarning ma‘lum sonidir.
Marketing strategiyasi ham ichki ham tashqi sotish kanallaridan foydalanishni
ko‗zda tutadi. Biroq ularning ahamiyati ishlab chiqariladigan xizmatlar harakteriga mos
ravishda turlicha baholanishi mumkin. Agar turistik tashkilot kompleks xizmat
ko‗rsatishga maxsuslashgan bo‗lsa, uning sotish mexanizmi asosan xorijiy vositachilarga
yo‗naltirilgan bo‗lishi lozim. Turizm biznesi gigantlari «Amerikan Ekspress» yoki
«TomasKuk» kabi xorijiy davlatlarda o‗z agentliklari yoki vakolatxonalarini ochishlari
mumkin. Ammo boshqa mamlakatlarda o‗z sotish kanallarini yaratish juda katta valyuta
harajatlari bilan bog‗liq va bunday qaror qabul qilishga faqat yirik firmalargina
qodirdirlar. O‗z xizmatlarini xorijda sotish uchun o‗rta darajadagi firmalar uchun
mahalliy bozorda yaxshi pozitsiyaga va bunaqa ishlarda katta tajribaga ega bo‗lgan
turistik tashkilotlardan foydalanish ko‗p jihatdan foydaliroqdir.
Tashqi savdo mexanizmini shakllantirishda xorijiy turistik firmalar bilan
shartnoma va bitimlar asosida hamkorlik munosabatlarini o‗rnatishni anglatadi. Shuning
uchun ularni o‗rganish bu mexanizmning samarali faoliyat yuritishining ahamiyatli sharti
hisoblanadi.
Agar turfirma katta hajmlarda alohida turistik xizmatlar ishlab chiqarsa, shunga
muvofiq rivojlangan ichki sotish mexanizmiga ham ega bo‗lishi kerak.
Bozorda turoperator vazifasini ulgurji savdo tashkiloti faoliyati bilan tenglashtirsa
bo‗ladi: u mehmonxona, transport va turizm industriyasining boshqa korxonalari
xizmatlarini katta hajmlarda sotib oladi va vositachilar orqali yoki bevosita to‗g‗ridan-
to‗g‗ri iste‘molchilarga sotadigan turlar dasturlarini ishlab chiqadi.
Turoperatorlik firmalarining ko‗p yillik amaliy faoliyatlarida turmahsulotni
sotishning turli yo‗llaridan foydalaniladi.
Ular orasida quyidagilarni ajratishimiz mumkin:
xususiy sotishlar byurosini tashkil etish (savdo nuqtalari);
vositachi turagentlik tarmoqlarini tashkil etish;
yirik tashkilot va korxonalar bilan aloqa o‗rnatish;
maxsuslashtirilgan magazinlardan foydalanish;
pochta orqali turlarni sotish.
Umumiy qilib aytiladigan bo‗lsa, turmahsulotni sotishni tashkil qilishning ikki
shakli mavjud: xususiy sotishlar byurosini tashkil etish hamda kontragentlik
tarmoqlaridan foydalanish.
Ko‗p firmalarda turmahsulot sotish kanallari kombinatsiyalashgan, ya‘ni, ham
xususiy sotish bo‗linma va tuzilmalari, ham kontragentlik tarmoqlari mavjud.