133
16.3.Avtotransport korxonalari
va aviakompaniya
bilan shartnomalar.
Turistlarni avtotransport yordamida tashishni tashkil qilishning o‗zaro Xalqaro
munosabatlari 1982 yil 26 mayda Dublinda qabul qilingan avtobuslarda yo‗lovchilarni
nomuntazam Xalqaro tashuvlari to‗g‗risidagi Yevropa bitimi bilan tartibga solinadi.
Ushbu Bitimga muvofiq nomuntazam Xalqaro yo‗lovchilar tashishni tashkil qilishda
Sharqiy va G‗arbiy Yevropa mamlakatlarida avtobus bortida bo‗lishi lozim bo‗lgan
maxsus nazorat hujjatidan (yo‗l varaqalari) foydalaniladi.
Avtotransport korxonalari bilan o‗zaro shartnoma munosabatlari O‗zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksi ("Tashuvlar" bobi); tegishli
idoralar buyruqlari bilan
tasdiqlangan avtobuslarda yo‗lovchilarni tashish xavfsizligini ta‘minlash haqidagi Nizom
va avtomobil transporti nizomi bilan tartibga solinadigan transport vositalarini ekipaji
(haydovchisi) bilan ijaraga olish shartnomasi asosida o‗rnatiladi.
Transport vositalarini ekipaji bilan ijaraga olish shartnomasi bo‗yicha ijaraga
beruvchi ijaraga oluvchiga (turfirmaga) transport vositasini vaqtinchalik foydalanishga,
haq to‗lash asosida beradi va avtoransport vositasini boshqarish va undan texnik
foydalanish bo‗yicha xizmat ko‗rsatadi.
Avtobus haydovchilari tomonlarning shartnomada keltirilgan tartib va qoidalariga
hamda odatdagi amaliyot talablariga javob berishlari lozim. Chunki ular ijaraga beruvchi
tomon xodimlari hisoblanadilar va avtoransport kompaniyasining avtotransport vositasini
boshqarish hamda undan texnik foydalanish bilan bog‗liq ko‗rsatmalariga,
shuningdek,
turfirmaning avtobusdan tijorat maqsadida foydalanishiga tegishli ko‗rsatmalariga
bo‗ysunadilar. Agar transport vositalarini ekipaji bilan ijaraga olish shartnomasida
boshqacha nazarda tutilmagan bo‗lsa, sug‗urta qilish qonun yoki shartnoma kuchga
kirishi uchun zarur deb topilgan hollarda transport vositasini sug‗urta qilish majburiyati
va ularga yoki uchinchi shaxslarga avtobusdan foydalanish bilan bog‗liq yetkazilgan
zarar mas‘uliyati ijaraga beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
Agar avtobusning ekipaji bilan ijaraga olish shartnomasida boshqacha nazarda
tutilmagan bo‗lsa, turfirma avtobusdan foydalanish bilan bog‗liq, foydalanish jarayonida
zarur bo‗ladigan yoqilg‗i va boshqa
materiallar uchun harajatlarni, yig‗imlar (to‗xtash
joyi, yo‗l uchun) bo‗yicha harajatlarni o‗z zimmasiga oladi. Bundan tashqari
avtotransport korxonasi bilan shartnomada quyidagilarni kelishib olish zarur: turistlarga
xizmat ko‗rsatish uchun ajratiladigan avtotransport vositalarining markasini; narxlar va
tariflarni;
avtotransport
grafigi
va
ishlash
muddatlarini;
avtotransportdan
foydalaniladigan yo‗nalishlari; avtotransport ajratish
uchun talabnoma berish
muddatlarini; jarima sanksiyalarisiz talabnomalarni bekor qilish muddatlari; turistlarga
xizmat ko‗rsatish uchun avtotransport berilishidagi uzilishlar uchun ATK javobgarligi;
avtotransportdan foydalanishdagi uzilishlar uchun turistik firma javobgarligi;
turistlar
kech qolganda avtotransportning maksimal kutish muddatlari; avtotransport kech
qolganda (berilmaganda) turistlarning maksimal kutish muddatlari; xizmat ko‗rsatishda
avtotransport vositasidan foydalanishda ekskursovodlar, gidlar,
turistlarning huquq va
majburiyatlari; chegirmalar va imtiyozlar (imkoni mavjud variantlari).
Xalqaro vamamlakatimiz turizmida avtobus turlarida turistlar xavfsizligini va
xizmat ko‗rsatish standartlarini ta‘minlash bo‗yicha chora-tadbirlar ko‗rilmoqda. Ko‗p
davlatlarda turistlar va ekskursantlarni avtobuslarda tashishni litsenziyalash amaliyotga
kiritilgan.
Yevropa transport komissiyasi qarori bilan haydovchi joyi bilan birgalikda 9 va
undan ortiq joyga ega bo‗lgan barcha avtobuslarni maxsus nazorat pribori - taxograf bilan
134
ta‘minlash talabi kiritilgan. Bu, samolyotdagi "qoraquti" analogi, qurilma yo‗nalishda
haydovchi va avtobus harakatini nazorat qiladi va barcha ma‘lumotlarni
taxogrammalarga yozib boradi. Turistik avtobusda taxograf mavjudligi bilan ham
avtotransport korxonasi bilan tuziladigan shartnomaga kiritiladi. Yevropa yo‗nalishlarini
tashkil qilishda mazkur band, shuningdek, yo‗l varaqalari
mavjudligi ham shartnomada
kelishilib olinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: