1.2.Sobiq Ittifoq davrida O'zbekiston hududida ipakchilikning tarqalishi haqida
O‘zbekiston sobiq Ittifoq davrida yetishtiriladigan ipakning 60-65 foizni yetkazib bergan. Umuman, ipakchilik sohasi bilan Ittifoq davrida 11ta respublika shug‘ullangan. Ipak qurtlari Moldova, Ukraina, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Rossiya, O‘zbekiston. Qirg‘iziston. Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston respublikalarida boqilgan. Keyinchalik Moldova hamda Armanistonda ipak qurtini boqish to‘xtagan. Ipak qurtlar tabiatan beozor bo‘lib, xalqimiz uni ardoqlab o‘zi yashab turgan uylarida boqishgan. Shuningdek, Navro‘z arafasida onaxonlar xonaki tayyorlangan yoki bozordan sotib olingan qurt tuxumlarini matoga o‘rab qo‘ltiqqa yoki kiymalarini iliqroq joylarga qo‘yishib, ipak qurtlarini tut daraxtlarining qaldirg‘och tilidek bark ochilishiga mo‘ljallab qurtlarni ochirishgan. Ma’lum vaqtdan so‘ng tuxumlar jonlanib, undan qurtlar chiqa boshlagan va uylarida tayyorlangan qurtxonalardagi so‘kchaklarga joylashtirib boqishgan va pilla hosili olganlar. Ipak qurti uy sharoitiga shunchalik ko‘nikkanki, u hech qayoqqa o‘rmalab ketmaydi, inson yaratib beradigan sharoitdan boshqa sharoitda yashay olmaydi. Pillachilik bo‘yicha mutaxassislar Moskva va Tiflis (Tbilisi) ipakchilik tajriba stansiyalari bitiruvchilaridan iborat edi. Keyinchalik esa Moskva va Zakavkaze universitetlarining pillachilik bo‘limlari va o‘sha paytda yagona bo‘lgan Toshkentdagi pillachilik ilmiy tadqiqot instituti pillachilik sohasini kadrlar bilan ta’minlangan (A.Mirinov, 1931).Ipakchilikni ilmiy asosda yanada rivojlantirish maqsadida o‘lkamizdagi tabiiy shart-sharoitlar tufayli 1927-yilda O‘rta Osiyo ipakchilik stansiyasi va«Туркшелк» boshqarmasining ipakchilik madaniyati bo‘limi bazasida O‘rta Osiyo ipakchilik va ipakshunoslik instituti, keyinchalik O‘rta Osiyo ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti (SANIISH) tashkil etildi. Toshkent shahrida joylashgan 1931 - 91 yillarda O‘rta Osiyo ipakchilik ilmiy tadqiqotlar instituti.1998 yildan “O‘zbek ipagi” Birlashmasi tarkibidagi "Pilla xolding" xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi. Institutda ipak qurti seleksiyasi, ipak qurti naslchiligi, ipak qurti genetikasi, ipak qurti tuxumchiligi, ipak qurti kasalliklariga qarshi kurash, ipak qurti agrozootexnikasi, tut seleksiyasi va agrotexnikasi, tut kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash, pillaga dastlabki ishlov berish va standartlash, ipakchilikni mexanizatsiyalash, ipakchilik iqtisodiyoti laboratoriyalari, ilmiy ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil qilish bo‘limi mavjud.O‘rta Osiyoda birinchi ilmiy tadqiqot muassasasining ochilishi hududlarda ipakchiligini rivojlantirish bilan bog‘liq asosiy masalalarni ishlab chiqishi va O‘zbekistonga sobiq Ittifoq respublikalaridan taklif etilgan olimlarni kelishi natijasida, ipakchilik birmuncha rivojlana boshladi. Ishlab chiqarishda ishlar yaxshi bo‘lishligi uchun Samarqand, Farg‘ona naslchilik stansiyalari tashkil etildi. Olimlar yaratgan zotlar stansiyalarga berilib, stansiyalar o‘z xo‘jaliklarida, o‘zlari uchun tuxum ishlab chiqarib superelita, elita tuxumlari yetkaza boshlashdi. Institut olimlari tomonidan ipak kurtining 60 dan ortiq zot va duragaylari yaratilgan. Hozirgi davrda O‘zbekiston 5, O‘zbekiston 6, Ipakchi 1 x Ipakchi 2, Ipakchi 2 x Ipakchi 1 kabi yuqori mahsuldor tolasi ko‘p bo‘lgan duragaylar ishlab chiqarishga joriy etilgan. Ipak qurti jinsini sun’iy boshqarish borasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi va jinslari bo‘yicha boshqariladigan (100% erkak jinsli) duragaylar yaratildi Sifatli kurt tuxumi yetishtirish, sifatli pilla olish, ipak qurti va tut daraxtining kasalliklari va zararkunandalariga karshi kurash usullari, quruq va tirik pillalarning davlat standartlari, ipak qurti tuxumi tayyorlashdagi ish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va boshqa masalalar o‘rganilgan.Institut faoliyati F. Poyarkov, B. L. Astaurov, V. A. Strunnikov, U. Nasrillaev, X. Rasulov, M. G‘anieva, O. Po‘latov, O‘. Qo‘chqorov kabi olimlarning nomlari bilan bog‘liq. Institutda pillachilikning eng muhim muammolarini o‘rganish bo‘yicha katta yutuqlarga erishildi. Tut ipak qurtining xavfli kasalligi bo‘lgan pebrinaga qarshi kurashning yagona biologik usuli ishlab chiqildi [prof. E. F. Poyarkov (1885-1955)], sanoatbop qurt boqishda duragaylardan foydalanish, ipak qurti naslchiligi, partogenezi va sitogenetikasio‘rganildi, ipak qurtining jahon geno-fondi yaratildi [prof. B. A. Astaurov (1907 -1975)], ipak qurti genetikasi o‘rganildi, 100% erkak jinsli duragaylar yaratildi.(prof. V. A. Strunnikov), ipak qurtining serpushtlik va mahsuldorlik belgilari o‘zgaruvchanligi, irsiylanish, naslchilik ishining texnologik reglamenti, oilalarni baholash va tanlash usullari ishlab chiqildi (prof. U.Nasrillaev), pillachilikka oid darsliklar, monografiyalar yaratildi. Institutda ipak qurti zotlarining 100 dan ortiq, tut navlarining 20 dan ortiq O‘zbekiston, Surxtut, Tojikiston urug‘siz tuti, Mankent, Pioner, SANIISH 33 kabi 9 navi yaratildi va rayonlashtirildi. Ipak qurtlari zotlarini takomillashtirib, ulardan yaratilgan duragaylarni ishlab chiqarishni joriy etishda qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Olimlarimizdan D.K. Shodibekova (1986); B.S. Azizov (2001); U.N.Nasirillaev, S.S. Lejenko, Sh.R. Umarov,B.S. Azizov (2002) va E.X. Tadjiev, N.Nodiralieva, A.B. Yakubov (1994) larning mashaqqatli olib borgan izlanishlari natijasida ishlab chiqarishga quyidagi duragaylar joriy etildi: Orzu, Yulduz, Ipakchi-1, Ipakchi-2 va ularning duragaylari: O‘zbekiston-5, O‘zbekiston-6, Turon-I, Ipakchi-1 x Ipakchi-2, Ipakchi-2 x Ipakchi-1. Tabiat injiqliklarini, ya’ni qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurasha oladigan texnologiyalarni yaratishni davr taqozo etadi. Yangi g‘oya va texnologiyalarni seleksiya ishlarida qo‘llashni quyidagi olimlarning munosib hissalari bor: ulardan A.I. Emmanuilov (1958), N.V. Shurshikova (1971), A.M. Safonova (1978), v.A.Strunnikov, L.M. Gulamova (1957, 1959, 1969), U.N. Nasirillaev (1967, 1978)lardir. Institutda 60 ilmiy xodim ishlaydi, ularning 6 nafari fan doktori va 13 nafari fan nomzodi (2002).[6].Institutda kutubxonasida 10 mingga yaqin soxaga oid asarlar mavjud; ilmiy maqolalar, to‘plamlar, asarlar nashr qilinadi.Pillachilik va uning tarixi haqida hikoya qilar ekanmiz, pilla mahsuli bo‘lgan ipak tufayli qadim zamonlarda yuzaga kelgan karvon yo‘liga oid ma’lumot berishni lozim topdik.Xitoy, O‘rta Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarini bog‘laydigan Buyuk ipak yo‘li miloddan avvalgi II asrdan to XV asrgacha mavjud bo‘lib, Xitoydan, asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Buyuk Ipak yo‘li» deb nomlangan. Fanga bu nom nemis olimi Ferdinand Fond Rixtgofen tomonidan XIX asrda kiritilgan.Arab xalifaligi tashkil bo‘lgunga qadar Xitoy ipagini G‘arb mamlakatlariga sotishda Eron va So‘g‘d savdogarlari vositachilik qilar edilar[7]. Keyinchalik esa bu vazifani o‘z qo‘liga olish uchun Rim imperiyasi bilan Parfiya o‘rtasida o‘rtasida qattiq kurash borgan. Turli davrlarda Buyuk ipak yo‘lining turli yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan. Uning o‘rta asrlardagi yo‘nalishi qo‘yidagicha:Buyuk ipak yo‘li Xitoyning o‘sha paytlaridagi poytaxti Chanyan (hozirgi Sian) shahridan boshlanib, Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan. Bu yerda yo‘l ikkiga ajralgan – shimoliy va janubiy yo‘llar.Shimoliy yo‘l: Dunxuan- Turfon- Qashg‘ar-hozirgi Qozog‘istonning Taroz (Jambul) shahri, Mankent qishlog‘i – Isfijob (Sayram) orqali Chimkent shahridan Binkent (Toshkent) va undan Jizzax orqali Samarqandgacha borgan.[8] Bu yo‘l Samarqandda ikkiga ajralib, Buxoroga borgan: Varaxsha orqali va ikkinchisi esa Kesh (Shahrisabz) – Nasaf orqali, Buxorodan – Poykend orqali Amu (Chorjo‘y) ga kelgan. Amuda yo‘l ikki tomonga: Gurganch (Urganch) orqali Astraxan tomonga yo‘nalgan, Marv va Nishopur orqali Damashqqa undan Quddus orqali Misrgacha borib yetgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |