99
AMALIYOTCHI TALABA TOMONIDAN SINF JAMOASIGA BERILGAN
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TAVSIFNOMA TUZILISHI
1. Sinf jamoasi va uni rasmiylashtirish tarixi haqida ma‟lumot (o‟quvchilar soni,
shuningdek, o‟g‟il va qiz bolalar soni,yoshi,sinf jamoasining qachon tashkil
topganligi, sinf rahbarining doimiyligi yoki uning almashib turganligi va boshqalar).
2. O‟quvchilar tomonidan sinfga rahbarlik va sinf jamoasini uyushtirish :
a) sinf faollari, sinf boshlig‟i
va uning faoliyati, tavsifi (tashabbuskorligi,
qat‟iyatliligi, mustaqilligi, o‟ziga va boshqalarga talabchanligi, o‟rtoqlari orasida
obro‟si), tashabbuskorlik qobiliyati va hk.;
b) sinf jamoasining oddiyligi “ ilg‟or” (yetaklovchilar) ning “shef”
larning
mavjudligi ularning sinfga ta‟siri, uning xarakteri, ta‟siri bor yoki yo‟qligining
sabablari, yetakchi sinf faolining mavjudligi;
c) sinf jamoasi a‟zolari orasida o‟zaro munosabat,
jamoaning uyushqoqlik
darajasi, kichik guruhlarga bo‟linishining borligi yoki yo‟qligi, uning sabablari,
o‟zaro yordam va hurmatning ko‟rinishlari, jamoada tanqid va o‟z - o‟zini tanqid,
o‟g‟il va qiz bolalar orasida munosabatning xususiyatlari; o‟rtoqlik va do‟stlikning
ko‟rinishlari va boshqalar.
3. Sinf rahbarining shaxsi va uning sinf jamoasiga ta‟siri (umumiy madaniy
saviyasi, ma‟lumotliligi, tashkilotchilik qobiliyati, o‟quvchilarning
intilishlarini va
ruhiy xolatini tushunishi va boshqalar); jamoa a‟zolarining sinf rahbariga
munosabati, uning sinf o‟quvchilari oldidagi obro‟si.
4. Sinf jamoasi faoliyatining mazmuni va xarakteri:
a) o‟quv faoliyati, o‟quv jarayonida sinfning intizomi (darslarda va uy
topshiriqlarining bajarilishida), o‟quv ishidagi salbiy tomonlar (tartibsizlik,
darsga
kechikib kelish va kelmay qolish holatlari va boshqalar);
b) ijtimoiy mehnat faoliyati turlari, unda sinf jamoasining ishtiroki, jamoaning
faolligi; ularda ongli intizom.
5.Umumiy xulosalar
Sinf jamoasining
taraqqiyot darajasi, jamoada ruhiy-emotsonal holat va xarakter
(ma‟naviy yetuklik, ruhiy tetiklik va boshqalar).
Sinf jamoasi faoliyati, hayotini uyushtirishdagi va uning ayrim a‟zolari ortasidagi
o‟zaro munosabatlardagi asosiy kamchiliklarni aniqlash,
kamchilik va nuqsonlarni
bartaraf qilish yo‟llari.
6.Xulosalar va takliflar.
Tavsifnomani tayyorlovchi - talaba________ __________________________
imzo F.I.SH.
“________” ______________________20_____yil.
100
Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Musiqa ta‟limi ____ guruh
talabasi
____________________________________tomonidan
pedagogik
amaliyot davrida______sinf jamoasiga berilgan pedagogik - psixologik
Do'stlaringiz bilan baham: