Pavlov Oliy nerv faoliyatining quyidagi asosiy qoidalarini ishlab chiqqan:
1) shartli reflekslar yoki nerv tutashishlarining hosil boʻlishi;
2) shartli refleks kuchining qoʻzgʻalish kuchiga bogʻliqligi;
3) shartli qoʻzgʻatgichlarning yigʻindisi;
4) shartli reflekslar mustahkam boʻlmaganligi uchun, shartli qoʻzgʻatuvchining keskin kuchayishi yoki yangi qoʻzgʻatuvchining taʼsiri tufayli tormozlanishning oʻsishi;
5) nerv ja-rayonlarining bosh miya poʻstlogʻida tar-qalishi va konsentratsiyalanishi na-tijasida uning ayrim qismlari oʻrta-sida aloqaning vujudga kelishi hamda shartli reflekslarning umumlashishi va ixtisoslashishi;
6) qoʻzgʻalish va tormozlanishning poʻstloq manbalari oʻrtasidagi qarama-qarshi oʻzaro muno-sabatni taʼminlaydigan nerv jarayonlarining bir-biri bilan bogʻliq induk-siyasi.
Oliy nerv faoliyatif. da markaziy hodisa shartli reflekslar boʻlib, ular jahon neyrofiziologiyasi va eksperimental psixologiyadagi muqim tadqiqot obʼyekti hisoblanadi.
Pavlov va uning xodimlari belgilagan Oliy nerv faoliyatif.ning asosiy faktlari va izchilligining toʻgʻri ekanligi olimlarning koʻpgina ishlarida isbotlangan. Xususan, fiziolog P. K. Anoxin funksional sistema nazari-yasini ishlab chiqib, bu nazariyani funksiyalar evolyusiyasiga tatbiq etdi, natijada evolyusion jarayonning umumiy qonuniyati boʻlgan sistemogenez tushunchasini yaratdi.
5. Til o`rganishda, urf-odatlarni egallashda qaysi omilning ta'siri kuchli bo`ladi?
Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikatsiya ta’siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda bo’lishlarini ifodalasa, ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo’lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, sotsial norma va qadriyatlarni o’zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiy-falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar jarayonida shaxs ijtimoiylashuviga xos bo’lgan quyidagi holatlar aniqlangan:
-shaxsning ijtimoiylashuvida ayrim davrlarning va bir davrdan ikkinchi davrga o’tish jarayonida ro’y beruvchi ijtimoiy omillar (mega omillar, makro omillar, mezo omillar, mikro omillar), voqeliklar hamda ularning ta’siri etakchi o’rin tutadi;
-bolaning kamol topishi, shaxs bo’lib shakllanishida ijtimoiy, xususan, ota-onalar va bola o’rtasidagi munosabatlar, ularning o’zaro hissiy birligi muhim ahamiyatga ega;
-shaxs muayyan sxemalar hamda kognitiv tuzilmalar yordamida boshqariladi; shu sababli uning ana shu sxema va kognitiv tuzilmalarga moslashuvi ijtimoiylashuv mohiyatini anglatadi;
-shaxs ijtimoiy ta’sirlar yordamida ilmiy bilimlar hamda kishilik madaniyati unsurlarini o’zlashtiradi, ularning negizida esa u aqliy jihatdan kamol topadi va axloqiy sifatlarga ega bo’ladi – mazkur holat shaxs ijtimoiylashuvining ustuvor jihati hisoblanadi;
-shaxsning ijtimoiylashuvi turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyat rivojining muayyan davrlarida bir xil kechmaydi; har bir davri shaxsning ijtimoiylashuvida o’ziga xos ko’rinishda namoyon bo’ladi;
-ijtimoiylashuv bolalikkagina xos xususiyat bo’lmay, shaxs hayotining barcha davrlarini qamrab oladi.
Ma’lumki, ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatdagi qadriyatlarni qabul qilishi va zaruriy darajada ijtimoiy, fuqaroviy va shaxsiy etuklikka erishishi asosida jamiyatga kirib borishidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa, inson o’zini jamiyatda shaxs sifatida anglab borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta’lim, o’z-o’zini tarbiyalash jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, o’z maqsadlarini mustaqil aniqlay olsa va ularga erishish yo’llarini belgilay olganida, o’z qadr-qimmatini anglab etganida, jamiyatdagi o’z o’rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga oshadi.
ana’naviy – oila va yaqin muhit orqali o’quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni yaratish;
Do'stlaringiz bilan baham: |