Tayanib tebranishdan qo‘llarni bukish va yozish
Bajarish texnikasi. Mashq oldinga siltanish kabi, orqaga siltanishda ham bajariladi. Oxirgi variant anchagina qiyinroq. SHuning uchun IX gurux o‘quvchilari bilan qo‘llarni bukish va yozishni oldinga siltanishda o‘rganishni boshlash maqsadga muvofiq. Orqaga siltanishning oxirgi holatidan, oldinga siltanishni boshlanish bilan bir vaqtda elkalarni biroz oldinga berish va qo‘llarni bukish. Vertikaldan o‘tish paytida tos-son bo‘g‘imidan biroz bukilish. Oyoqlar oldinga-yuqoriga harakatlanishi bilan qo‘llarni yozish. Qo‘llarni bukish vaqtida elka holatiga e’tibor berish zarur. Agar elkalar biroz orqaga “tushgan” bo‘lsa, unda o‘rganuvchi tana bilan vertikaldan o‘tish paytida tayanchda ushlanib qololmaydi. SHuning uchun mashqni qo‘shpoyaning o‘rtasida bajarish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |