O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Boshqaruv qarorlariga qo„yiladigan talablar



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/103
Sana13.05.2020
Hajmi2 Mb.
#51199
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103
Bog'liq
mehmonxona xojaligini boshqarish

3.Boshqaruv qarorlariga qo„yiladigan talablar 
Oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish omillariga quyidagilar kiradi: 

  qarorlar qabul qilishda ierarxiyaga rioya qilish; 

  funksiyalararo guruhlardan foydalanish; 

 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri gorizontal aloqalardan foydalanish; 

  rahbarlikni markazlashtirish. 
Qarorlar  qabul  qilishda  ierarxiya  -  qarorlar  qabul  qilish  vakolatini  boshqaruvning 
zarur  axborot  ko‗proq  bo‗lgan  va  qabul  qilingan  qarorni  amalga  oshirishda  bevosita 
ishtirok  etadigan  darajasiga  o‗tkazish.  Bu  holda  turdosh  darajalarning  xodimlari  qabul 
qilingan qarorning ijrochilari hisoblanadi.  
Funksiyalararo  maqsadli  guruhlardan  foydalanish.  Mazkur  guruhlarning  a‘zolari 
mehmonxonaning turli bo‗limlari va darajalaridan tanlab olinadi.  
To‗g‗ridan-to‗g‗ri (bevosita) gorizontal aloqalardan foydalanish. Bu holda (ayniqsa, 
qaror qabul qilishning dastlabki bosqichida) axborot yig‗ish va unga ishlov berish yuqori 
rahbariyatga  murojaat  etmasdan  amalga  oshiriladi.  Mazkur  yondashuv  qarorlarni 
nisbatan qisqa muddatda qabul qilish va ularning bajarilishi uchun javobgarlikni oshirish 
imkonini beradi.  
Rahbarlikni markazlashtirish. Qaror qabul qilish jarayoni bir (umumiy) rahbarning 
qo‗lida  jamlanadi. Bu holda qarorlar qabul qilishda ierarxiya vujudga keladi, ya‘ni har 
bir  quyi  rahbar  o‗z  muammolarini  eng  yuqori  darajadagi  rahbar  bilan  emas,  balki 
o‗zining bevosita rahbari bilan birga hal qiladi (qarorlar qabul qiladi).  
Qabul  qilingan  qaror  hal  qilinayotgan  muammo  va  mehmonxona  maqsadlaridan 
kelib chiqadigan talablarga javob berishi, ya‘ni: 

  oqilona; 

  tejamli; 

  asoslangan; 

  real; 

 
o‗z vaqtida qabul qilingan bo‗lishi lozim.  
Qarorlarning  oqilonaligini  ta‘minlashda  qabul  qilingan  qarorlarni  ijrochilarga 
etkazish uslublari alohida rol o‗ynaydi. Qarorlarni ijrochilarga etkazish odatda gruppaviy 
va  individual  topshiriqlarni  ajratish  va  ijrochilarni  tanlashdan  boshlanadi.  Natijada,  har 
bir  xodim  o‗zining  bevosita  xizmat  majburiyatlariga  qarab  muayyan  topshiriq  oladi. 
Ijrochilarga  topshiriqlar  bera  olish  qabul  qilingan  qarorning  samaradorligini 
ta‘minlashning  bosh  manbaidir.  Shu  munosabat  bilan  qarorlar  bajarilmasligining  to‗rt 
asosiy sababi farqlanadi: 

  qarorni menejer etarli darajada aniq ta‘riflamagan; 


 

111 

  qaror aniq ta‘riflangan, biroq ijrochi uni yaxshi tushunmagan; 

  qaror aniq ta‘riflangan va ijrochi uni yaxshi tushungan, biroq u mazkur qarorni 
bajarish uchun zarur shart-sharoit va vositalarga ega bo‗lmagan; 

  qaror  aniq  ta‘riflangan,  ijrochi  uni  yaxshi  tushungan  va  bajarish  uchun  barcha 
zarur vositalarga ega bo‗lgan, biroq u qarorning menejer taklif qilgan variantiga ichdan 
rozi bo‗lmagan. Ayni holda ijrochi mazkur muammoni hal qilishning o‗z, uning nazarida 
yanada oqilona yechimiga ega bo‗lishi mumkin. 
Ijrochilarga  topshiriqlar  berish  ishining  asosiy  mazmuni  ongda  boshqaruv qarorini 
bajarish 
bo‗yicha  bo‗lg‗usi  faoliyatning  muayyan  obrazi  (texnologiyasi)ni 
gavdalantirishdan iborat. Ijrochi topshiriqni olganidan va uni idrok etganidan keyin unda 
mazkur  ish  haqida  dastlabki  tasavvur  paydo  bo‗ladi.  Shundan  so‗ng,  g‗oya  (topshiriq 
modeli)  aniqlanadi,  ichki  va  tashqi  muhitning  amaldagi  va  obyektiv  sharoitlariga 
moslashtirish yo‗li bilan boyitiladi.  
Shu  asosda  qarorni  bajarish  texnologiyasi  (ijrochining  menejer  topshirig‗ini 
bajarish  bo‗yicha  faoliyatining  ideal  modeli)  ishlab  chiqiladi.  Ijrochi  faoliyatining 
modeli  menejerning  dastlabki  g‗oyasiga  muvofiq  bo‗lishi  uchun  unga  (modelga)  bir 
qancha talablar qo‗yiladi: 

  modelning mukammaligi; 

  dastlabki g‗oyaning modelda aks etish darajasi; 

  stressga chidamliligi va mustahkamligi; 

  modelning moslashuvchanligi; 

  muvofiqlashtirilganligi; 

  motivlashtirilganligi. 
Qaror  modelining  mukammalligi  uning,  bir  tomondan,  rahbar  g‗oyasiga,  uning 
qaroriga  va  qo‗ygan  vazifalariga,  ikkinchi  tomondan  esa  –  ijrochilik  faoliyatining 
mazmuni,  tuzilishi  va  shartlariga  muvofiqligini  tavsiflaydi.  Ijrochiga  ishga  kirishishdan 
oldin  bo‗lg‗usi  faoliyatning  barcha  jihatlarini  tasavvur  qilish  imkonini  beruvchi  model 
mukammal modelning ideal variantidir.  
Dastlabki  g‗oyaning  modelda  aks  etish  darajasi  operativ  modelni  unda  bo‗lg‗usi 
faoliyatning butun dinamikasi mujassamlashganligi nuqtai nazaridan tavsiflaydi. 
Modelning  stressga  chidamliligi  va  mustahkamligi  ijrochining  o‗z  ongida 
shakllangan  harakatlar  rejasini  har  qanday  murakkab  sharoitda  aniq  bajarishga 
qodirligini nazarda tutadi.  
Modelning  moslashuvchanligi  -  bu  mezon  bir  qarashda  yuqorida  keltirilgan 
mezonlarga 
zid 
tuyuladi. 
Bu 
modelning 
barqarorligi 
(turg‗unligi) 
va 
moslashuvchanligining oqilona nisbatini tanlashni taqozo etadi.  
Qaror  modelining  muvofiqlashtirilganligi  shu  bilan  bog‗liqki,  ijrochi  ko‗pincha 
ishning  o‗z  bosqichini  yolg‗iz  bajaradi,  shu  bois  uning  harakatlari  vazifalar,  vaqt  va 
joyga ko‗ra boshqa ijrochilarning vazifalari bilan muvofiqlashtirilishi lozim.  
Qaror  modelini  motivlashtirish.  Ma‘lumki,  qarorni  tushunish  va  uning  ideal 
modelini o‗zlashtirish ijrochilarning bor imkoniyatlari lozim darajada safarbar etilishini 
doim ham ta‘minlayvermaydi, shu bois ularning faoliyatini motivlashtirish talab etiladi. 
Topshiriqlarni bajarishda ijrochilarni faollik ko‗rsatishga da‘vat etuvchi motivlarga ta‘sir 


 

112 
ko‗rsatish  rahbariyat  tomonidan  qabul  qilingan  qarorlarni  bajarishga  mehnat  jamoasini 
safarbar etishning bosh mazmunidir.  

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish