O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


-MAVZU.   MEHMONXONA XIZMATLARINI BOSHQARISHDA



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/103
Sana13.05.2020
Hajmi2 Mb.
#51199
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   103
Bog'liq
mehmonxona xojaligini boshqarish

19-MAVZU.
 
MEHMONXONA XIZMATLARINI BOSHQARISHDA 
STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH
Reja: 
1.Mehmonxona xizmatlarini standarlashtirish va sertifikatlashning ahamiyati 
2.Mehmonxona xizmatlarini standartlash jarayonlari 


 

114 
3.Mehmonxona xizmatlarini sertifikatsiyalash jarayonlari 
 
1.Mehmonxona xizmatlarini standarlashtirish va sertifikatlashning ahamiyati 
Standartlashtirish.  Standartlashtirish  –  ijro  etish  majburiy  bo‗lgan  hamda ijro etish 
tavsiya etiladigan talablar, normalar, qoidalar va shartlarni ishlab chiqish va belgilashga 
yo‗naltirilgan,  iste‘molchining  lozim  darajadagi sifatli xizmatlarni ma‘qul narxda xarid 
qilish huquqini, shuningdek mehnatning xavfsizligi va qulayligini ta‘minlovchi faoliyat.  
Standartlashtirishning  maqsadi  –  amalda  mavjud,  rejalashtirilgan  yoki  mo‗ljal 
qilingan  vazifalarni  hal  qilish  uchun  muayyan  sohada  belgilangan  qoidalar,  talablar, 
normalardan  keng  va  ko‗p  karra  foydalanish  yo‗li  bilan  oqilona  tartib  o‗rnatilishiga 
erishish. Standartlashtirishning umumiy va tor maqsadlari farqlanadi.  
Umumiy  maqsadlar,  eng  avvalo,  tushunchaning  mazmunidan  kelib  chiqadi. 
Umumiy  maqsadlarning  muayyanlashtirilishi  majburiy  hisoblangan  standartlarning 
talablari bajarilishi bilan bog‗liq. Ularga odamlar hayoti va sog‗lig‗i, atrof-muhit va mol-
mulk  uchun  xizmatlarning  xavfsizligini,  fan-texnika  taraqqiyotining  rivojlanish 
darajasiga  muvofiq  xizmatlar  sifatini,  barcha  turdagi  resurslarning  tejalishini,  xo‗jalik 
obyektlarining  har  xil  (tabiiy  va  texnogen)  ofatlar  va  favqulodda  holatlar  yuzaga 
kelishining  oldini  olish  bilan  bog‗liq  xavfsizligini  ta‘minlovchi  normalar,  talablar  va 
qoidalarni ishlab chiqish kiradi.  
Standartlashtirishning tor (muayyan) maqsadlari ma‘lum faoliyat sohasiga, umuman 
xizmatlar  sohasiga,  u  yoki  bu  korxonaga,  muayyan  xizmatga  va  hokazolarga  talluqli. 
Standartlashtirish  standartlashtirish  obyekti  (predmeti)  va  standartlashtirish  sohasi  kabi 
tushunchalar bilan bog‗liq.  
Standartlashtirish  obyekti  –  muayyan  talablar,  shartlar,  parametrlar,  qoidalar  va 
sh.k.  ishlab  chiqiladigan  xizmat,  xizmat  ko‗rsatish  jarayoni.  Standartlashtirish  umuman 
obyektga yoki uning tarkibiy qismlariga taalluqli bo‗lishi mumkin.  
Standartlashtirish sohasi – standartlashtirishning o‗zaro bog‗liq obyektlari majmui. 
Masalan,  mehmonxona  sanoati  standartlashtirish  sohasi  hisoblanadi,  muayyan 
mehmonxona  xizmatlari:  mehmonlarni  rasmiylashtirish  va  joylashtirish  xizmatlari, 
nomerlarni  tozalash  xizmatlari,  ovqatlantirish  xizmatlari  standartlashtirish  obyektlari 
bo‗lishi mumkin.  
Standartlashtirish  har  xil  darajada  amalga  oshiriladi.  Standartlashtirish  darajasi 
standartni  jahonning  qaysi  jug‗rofiy,  iqtisodiy,  siyosiy  mintaqasi  ishtirokchisi  qabul 
qilishiga qarab farq qiladi. Standartlashtirish amalga oshirilayotgan darajaga qarab: 

  xalqaro  standartlashtirish  –  istalgan  mamlakatning  tegishli  organlari  uchun 
ochiq faoliyat; 

  mintaqaviy  standartlashtirish  –  jahonning  bir  jug‗rofiy,  siyosiy  yoki  iqtisodiy 
mintaqasida joylashgan davlatlarning tegishli organlari uchun ochiq faoliyat; 

  milliy  standartlashtirish  –  bir  muayyan  davlatdagi  standartlashtirish  farqlanadi. 
O‗z  navbatida,  milliy  standartlashtirish  turli  darajada:  davlat,  tarmoq,  iqtisodiyotning 
muayyan  sektori  darajasida,  uyushmalar,  birlashmalar,  korxonalar  darajasida  amalga 
oshirilishi mumkin.   
Halqaro  va  mintaqaviy  standartlashtirish  tegishli  halqaro  va  mintaqaviy 
mehmonxonalarga a‘zo mamlakatlarning mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.  


 

115 
Sertifikatlashtirish – muayyan xizmat qo‗yilgan talablarga javob berishiga uchinchi 
tomon  yozma  kafolat  berishi  bilan  bog‗liq  taomil.  Uchinchi  tomon  deganda  xizmatlar 
ko‗rsatuvchiga  (birinchi  tomonga)  ham,  iste‘molchiga  (ikkinchi  tomonga)  ham  bog‗liq 
emas deb e‘tirof etilgan shaxs yoki organ tushuniladi.  
Taomillar,  qoidalar,  sinovlar  hamda  sertifikatlashtirish  jarayonining  tarkibiy  qismi 
hisoblangan  boshqa  harakatlar  muayyan  omillarga  qarab  har  xil  bo‗lishi  mumkin. 
Mazkur omillar orasida standartlashtirish, sifat va bevosita sertifikatlashtirishga taalluqli 
qonun hujjatlari muhim o‗rin tutadi. Muvofiqlikni isbotlash muayyan sertifikatlashtirish 
tizimida amalga oshiriladi. ISO

MEK 2 qo‗llanmasiga muvofiq, bu sertifikatlashtirishni 
o‗z qoidalariga binoan amalga oshiruvchi tizimdir.  
Umumiy  tarzda  sertifikatlashtirish  tizimi  quyidagi  tarkibiy  qismlardan  tashkil 
topadi:  

  tizimni  boshqaruvchi,  uning  faoliyatini  nazorat  qiluvchi  markaziy  organ.  U 
sertifikatlashtirishni  amalga  oshirish  huquqini  boshqa  organlarga  o‗tkazishi  ham 
mumkin; 

  sertifikatlashtirishni amalga oshirish qoidalari va tartibi; 

  sertifikatlashtirishni amalga oshirishni tartibga soluvchi normativ hujjatlar; 

  sertifikatlashtirish taomillari (sxemalari); 

  inspeksiya nazorati tartibi. 
Xizmatlarni  sertifikatlashtirish  markaziy  (milliy)  organda  akkreditatsiyadan  o‗tgan 
organlar tomonidan amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish organi vazifalarini mustaqillik 
va  kasbga  layoqatlilik  talablariga  javob  beradigan,  kamida  ikkita  ekspert-auditorga  ega 
bo‗lgan korxona va mehmonxonalar bajarishi mumkin.  
Sertifikatlashtirish  tizimlari  milliy,  mintaqaviy  va  halqaro  miqyoslarda  faoliyat 
ko‗rsatishi  mumkin.  Agar  sertifikatlashtirish  tizimi  muayyan  xizmatlar  turining 
muvofiqligini  isbotlash  bilan  shug‗ullansa,  bu  turdosh  xizmatlarni  sertifikatlashtirish 
tizimidir.  U  o‗z  faoliyatida  ayni  bir  xil  xizmatlarga  taalluqli  standartlar,  qoidalar  va 
tartib-taomillarni qo‗llaydi.  
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy xususiyatga ega bo‗lishi mumkin.  
Majburiy  sertifikatlashtirish  qonunlar  va  qonun  hujjatlariga  muvofiq  amalga 
oshiriladi  va  mehmondo‗stlik  xizmatlari  texnik  reglamentlarning  talablariga, 
standartlarning  majburiy  talablariga  muvofiqligini  tasdiqlashni  ta‘minlaydi.  Bunda 
odamlarning hayoti, sog‗lig‗i, xavfsizligini saqlashga majburiy talablar qo‗yiladi.  
Majburiy  sertifikatlashtirish  «Iste‘molchilarning  huquqlarini  himoya  qilish 
to‗g‗risida»,  «Mahsulotlar  va  xizmatlarni  sertifikatlashtirish  to‗g‗risida»gi  qonunlar 
bilan  belgilangan.  Majburiy  sertifikatlashtirishni  amalga  oshirish  uchun  majburiy 
sertifikatlashtirish  tizimlari  tashkil  etiladi.  Majburiy  sertifikatlashtirilishi  lozim  bo‗lgan 
obyektlar nomenklaturasi davlat boshqaruvi darajasida belgilanadi.  
Ixtiyoriy  sertifikatlashtirish  yuridik  yoki  jismoniy  shaxslarning  tashabbusi  bilan 
arizachi  va  sertifikatlashtirish  organi  o‗rtasida  tuzilgan  shartnoma  shartlarida  amalga 
oshiriladi. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish haqida qaror qabul qilinishi odatda xizmatlarning 
raqobatbardoshligi,  xizmatlarni  bozorga  (ayniqsa,  xorijiy  bozorga)  chiqarish,  tanlashda 


 

116 
ko‗proq  sertifikatlashtirilgan  xizmatlarga  qarab  mo‗ljal  oluvchi  xaridorlarning  talablari 
muammolari bilan bog‗liq.  

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish