Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 7,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/270
Sana22.07.2021
Hajmi7,1 Mb.
#125818
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   270
Bog'liq
Jismoniy umk

Yakuniy  baho  uch  komponentni  hisobga  olgan  holda  chiqariladigan,  son 
ko‘rsatkichi bo‘lmaganda, harakat texnikasi, ta'alluqli bo‘lgan nazariy materiallarni 
bilishi aniqlanadi, sof va raqs mashqlari, akrobatika,  sport o‘yinlarining texnikasi 
va taktikasi.  
Baholanishda  ob'ektivlik  prinsipiga  qat'iyan  rioya  qilish  talab  etiladi,  ya'ni 
bahoni  materialni  qanday  o‘zlashtirib  olganligiga  qarab  umumiy  talablar  asosida 
qo‘yish  kerak.  Qo‘yiladigan  baho  butun  sinf  oldida  e'lon  qilinib,  nima  uchun 
shunday ball, nima uchun baho oshirilgan, pasaytirilgan tushuntirib berilishi kerak.  
Chorak  davomida  har  bir  talaba  4-5  odil  baho  olsa  maqsadga  muvofiq 
bo‘lib, chorak bahosi shular asosida chiqariladi.  
Yillik baho choraklardagi olgan baholari asosida chiqariladi, agar talaba bir 
xil  bo‘lim  materiali  bo‘yicha  oxirgi  tibbiy  tayyorlov  guruhida  kiritilgan 
talabalarning  ulguruvchanligi  umumiy  asosda  aniqlanadi,  biroq,  ularni 
salomatligiga  to‘g‘ri  kelmaydigan  mashqlar  talab  me'yorlariga  kiritilmaydi. 
Talabaga  bog‘liq  bo‘lmagan  son  ko‘rsatishlarini  bajarilmasligi,  jismoniy 
rivojlanishni  noproporsionalligi    uzoq  muddat  darsni  qoldirishi  ijobiy  taxminiy 
baholarda harakat texnikasi uchun va bilimlarni o‘zlashtirib olishi, yakuniy bahoni 
pasaytirish uchun sabab bo‘la olmaydi.  
Talabalar jismoniy tarbiyasi bo‘yicha amaliy ishlar shuni ko‘rsatadiki, ya'ni 
ularga qo‘yilgan talablarni hamma bir xilda bajaravermaydi.  
To‘liq  o‘rganuvchilikka  erishishga  intilib,  o‘qituvchi  dastur  talablarini 
muvaffaqiyatli  xal  etishishda  nimalar  xalaqit  berayotganligi  sababini  aniqlash 
lozim. Ulardan ko‘p uchraydigani quyidagilardan iborat; 


1.Talabalar  harakat  tajribasini  yetishmasligi.  Ma'lumki  har  bir  mashqqa 
o‘rgatishning muvaffaqiyatli harakat va harakat faoliyatining arsenalligiga bog‘liq.  
2. Jismoniy rivojlanish darajasining pastligi. Har qanday harakatni o‘rganish 
uchun kuch, bukuluvchanlik,  tezlik  va  chidamlilik qo‘rquvni  yengib o‘tishi  zarur 
bo‘ldi;  
3. Aqliy rivojlanishda qoloqligi.  
Maxsus  ilmiy  qidiruv  natijalari  shuni  ko‘rsatadiki,  aqliy  rivojlanishdagi 
qoloqlik, jismoniy mashqlarni o‘zlashtirib olish jarayonini tormozlaydi.  
4.  Iroda  sifatlarii  yetarli  darajada  rivojlanmaganligi.  O‘quv  dasturini 
o‘zlashtirib  olishlik-  bu  jiddiy  jismoniy  va  aqliy  mehnat.  U  qat'iyatlilikni,  talab 
etadi,  noxushlik,  ayyorlikni  yengib  o‘tishni  talab  etadi.  Jismoniy  mashqlarni 
bajarish  «o‘lik  nuqtani»  yengishda,  chidam  talabi  bilan  bog‘liq.  Qator  hollarda 
qo‘rquvni yengib o‘tish zarur bo‘ladi.  
 
5.  Shug‘ullanuvchilarning  faollik  darajasini  pastligi.  Bu  13-14  yoshdagi 
bolalar va bo‘sh o‘zlashtiruvchilar uchun xarakteridir.  
 
Bolalarni baholab borib, har bir o‘qituvchi talabalarni kelgusi o‘sishi xaqida 
g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Jismoniy tarbiya dasrlari ko‘p tasnifga ega ulardan har 
bir  ularni  klassifikatsiyasini,  tasnifi  asosiga  tushishi  mumkin.  Biz  amaliy  tarzda 
tez-tez  uchrab  turadigan  institut  darsini  xilma  xilligini  ko‘rib  chiqamiz.  Hamma 
darslar, o‘zining mazmunidan kelib chiqib, ikkita katta guruhga bo‘linishi mumkin: 
predmetli  darslar  va  kompleks  darslar.  Predmetli  darslarni  asosiy  qismining 
mazmunida dastur bo‘limini biror bir bo‘limidan yengil atletika, gimnastika o‘quv 
materiali  kiritiladi.  Bunday  darslar  ayniqsa  yuqori  sinflarda  o‘tkaziladi.  Ularni 
o‘tish  metodikasi  sport  turiga  ta'alluqli  bo‘lgan  mashqlanish  mashg‘ulotlariga 
yaqinlashtiradi.  
Quyi va yuqori sinflarda predmetli darslar faqat suzishda o‘tkaziladi, chunki 
bu  bo‘lim  materiali  boqa  bo‘lim  materiali  bilan  kirishmaydi.  Shuning  uchun 
chang‘i tayyorgarligi va suzish darslari alohida o‘tkaziladi. Kompleksli dasrlar bir 
darsga dasturni boshqa bo‘limlardan kiritish imkonini beradi. Lekin bir dars har xil 
mashqlarni birlashtirish rasmiy xarakterga ega bo‘lmaydi, aksincha qat'iy qoidaga 
javob  berishi  kerak.  Kompleks,  aralash  darslarni  tashkil  etish  qiyin,  lekin  ular 
hayajonli,  bolalar  organizmiga  har  tomonlama  ta'sir  etadi,  asosiysi  zaruriy 
elementlarni  butun  yil  davomida  yoddan  chiqarmaydi,  ularni  yuqori  darajada 
bajarish imkonini beradi. Kompleksli darslar xatto kichik va o‘rta institut yoshdagi 
bolalar  bilan  ishlaganda  ham  qo‘llaniladi.  Predmetli  va  kompleksli  darslar  hal 
etiladigan masalalarni afzalligiga bog‘liq bo‘lgan holda o‘quv mashqlarini, nazorat 
va  aralashga  bo‘linadi.  O‘quv  dasrlarida  asosiy  diqqat  mashqlarni  to‘g‘ri 
bajarilishiga  qaratiladi.  O‘qituvchi,  xatolarni  topib,  ularni  to‘g‘rilash  choralarni 
ko‘radi,  jarohatlanishdan  himoyalashni  ta'minlaydi  va  bolalarni  o‘z-o‘zini 
jarohatlanishdan  himoyalash  qilishga  o‘rgatadi.  Bularning  hammasi  darsning 
tashkiliy va uslubiyotda iz qoldiradi. Bu yerda o‘zaro o‘rganish keng qo‘llaniladi 
va  nazariy  ma'lumotlar  e'lon  qilinadi,  xamda  talabalarni  faolligini  oshirish  uchun 
xilma-xil usullar qo‘llaniladi.  
Mashqlanish darslari o‘rganilganlarni takomillashtirish va jismoniy sifatlarni 
tarbiyalashda ancha afzallikka ega. Bu yerda asosan talabalar faoliyatlarini tashkil 
etishda  guruhli  usuldan  foydalaniladi.  Bunday  darslarda  jismoniy  yuklarni  xajmi 


va unumdorligi ortadi. Ko‘pgina darslar tabiiy sharoitda o‘tiladi. O‘qituvchi xilma-
xil  vaziyatlarni  vujudga  keltiradi,  natijada  mashg‘ulotga  qiziquvchanlik  ortadi. 
Nazariy  darslar  o‘rganilayotgan  mashqlarni  qanday  o‘zlashtirilayotganligi, 
jismoniy sifatlarni vujudga kelishi jarayonini hal etadi. Shuning bilan birga dastlab 
va yakuniy mashqlanishni jismoniy rivojlanish va talabalarni jismoniy tayyorgarlik 
darajasini  aniqlash  maqsadida  o‘tkaziladi.  Bir  vaqtda  nazorat  darslari  katta 
o‘rganuvchi  va  mashqlanish  samarasini  beradi.  Ma'lumki,  jismoniy  sifatlarni 
tarbiyalash  uchun  organizmga  yuqori  talablarni  qo‘yish  zarur  bo‘ladi,  ya'ni 
mashqlarni  charchash  darajasiga  yetkazib  bajarish  talab  etiladi.  Bunday  sharoitda 
nazorat  darslari  jarayonida  yaratiladi.  Ko‘pincha  nazorat  darslarida  ba'zi  bir 
talabalar  o‘quv  darsiga  qaraganda  ko‘proq  narsani  o‘zlashtirib  oladilar.  Bunga 
mashg‘ulotdagi o‘zaro yordam ruhi ma'lum darajada ijobiy ta'sir etadi.  
Jismoniy  tarbiya  amaliyotida  ko‘pincha  o‘quv,  nazorat  yoki  mashqlanish 
darslari  kam  uchraydi.  Har  bir  mashg‘ulotda  o‘rgatish,  nazorat  va  mashqlanish 
elementlari  mavjud  bo‘ladi.  Shuning  uchun  doimo  yodda  tutish  kerakki,  har  bir 
aniq belgilangan dars ostida o‘rganish, mashqlantirish yoki nazorat vazifalarini hal 
etish yotadi. Quyi sinflarda asosan o‘quv darslari mashg‘ulotning umumiy sonidan 
70-80 yaqinini tashkil etadi, o‘rta sinflarda 60 foizga yaqin, katta  sinflarda 25-30 
foiz.  Ko‘rinib  turibdiki  talabalarning  yoshi  ortib  borgan  sari  o‘quv  darslarining 
umumiy  soati  pasayadi,  mashqlanish  darslarini  umumiy  salmog‘i  10-11  sinflarda 
60  foizga  yetadi.    Agar  darslarda  har  xil  vazifalar  bir  xil  maromda  hal  etilsa  bu 
holda  bunday  darslarni  aralash  yoki  murakkab  deb  ataladi.  Bunday  toifadagi 
darslar  tez-tez  hamma  sinflarda  uchrab  turadi,  institut  materiallarini  o‘zlashtirib 
olish uchun qulay sharoit yaratiladi.  
O‘quv tarbiyaviy jarayonini tarkibiy qismi o‘qituvchi o‘z harakat faoliyati va 
har  xil  darsda  talabalar  qaratish  faoliyatlarini  nazorat  qilishdan  iborat,  faqat  shu 
harakat  faoliyatlarini  to‘g‘ri  anglash  va  baholash  orqaligina  o‘z  ishlariga  tuzatish 
kiritishlari,  o‘tilayotgan  darsni  sifatini  oshirishi  va  nihoyat  pedagogik  mahoratga 
erishish mumkin.  

Download 7,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish