8. Bel kuchi (“stanovoy” kuch). Test bel-elka-
qo‘l kuchini o‘lchashga mo‘ljallangan maxsus asbob
yordamida
quyidagi
tartibda
qabul
qilinadi:
tekshiriluvchi oldinga egilib, asbob dastasini ikki qo‘li
bilan ushlaydi; asbobni “strelkasi” 0-nol belgisida
bo‘lishi kerak; ruhsat berilganidan so‘ng, tekshiriluvchi
dastani yuqoriga maksimal tortadi (4 rasm).
9. Qo‘l-bilak-panja kuchi- qo‘l dinamometri
asbobi yordamida o‘lchanadi.
Texnik tayorgarlik bo‘yicha qabul qilinadigan
nazorat sinovlari
1. Ikkinchi to‘pni uzatish aniqligi. 2 va 3 zonalardan bazaviy sport turlari
ustuniga to‘rdan 30-40 sm. balandlikda va undan 20-30 sm. uzoqlikda 4 zonaga
o‘rnatilgan kichik yoshli qiz bolalarga mo‘ljallangan gimnastik xalqaga 5 martadan
ikkinchi to‘p uzatiladi. To‘p uzatish texnikasi (qoidaga binoan) va aniq uzatilgan
to‘plar soni hisoblanadi (5 rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |