18.3. Ijtimoiy ta‟minot tizimi
Davlatga tegishli bo‗lgan har qanday muassasa va tashkilot bo‗limlarining
o‗ziga xos huquqiy asoslar yaratiladi hamda belgilanadi. Shu singari Ijtimoiy
ta‘minot bo‗limining ham o‗ziga xos quyidagi huquqlar belgilab berilgan bo‗lib,
bular;
Birinchidan - aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi boshqaruvini
takomillashtirish va rivojlantirish, ijtimoiy ta‘minot organlarining moddiy-texnika
318
bazasini mustahkamlash va ular uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‗yicha Bosh
boshqarmaga takliflar kiritish:
- bo‗limgap oldiga qo‗yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur bo‗lgan
axborotni mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, korxonalar,
muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‗rash va olish;
- o‗z majlislarida hududdagi mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma‘sul xodimlarining bo‗lim
vakolatiga tegishli bo‗lgan masalalar bo‗yicha hisobotlarini eshitish;
- tegishli hududdagi davlat boshqaruvi organlari, xo‗jalik birlashmalari,
korxonalar va muassasalarning pensiya ta‘minoti, nogironlarni ijtimoiy muhofaza
qilish to‗g‗risidagi amaldagi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilgan
buyruqlari va boshqa me‘yoriy hujjatlarini harakatdan to‗xtatish yoki bekor qilish
yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish:
- korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda pensiya va nafaqalar olish uchun
hujjatlarning to‗g‗ri rasmiylashtirilganligini tekshirish hamda bu borada aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish bo‗yicha tavsiyalar berish.
Ijtimoiy ta‘minot bo‗limi faoliyatini tashkil etishda tuman, shahar,
hokimining taqdimnomasiga binoan hamda O‗zbekiston Respublikasi Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining roziligi bilan Bosh boshqarma
tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq
boshqaradi.
Boshliq bo‗limga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun
shaxsan javob beradi.
Boshliqning tuman, shahar hokimi bilan kelishilgan holda Bosh boshqarma
tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan o‗rinbosarlari bo‗ladi.
Oliy yuridik yoki iqtisodiy bilimga hamda mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish tizimida kamida uch yil mehnat stajiga ega bo‗lgan shaxslar
bo‗lim boshlig‗i va boshliq o‗rinbosari lavozimida ishlashlari mumkin.
Boshliq:
Bo‗lim faoliyatiga rahbarlik qiladi:
319
- ijtimoiy ta‘minot va ijtimoiy yordam masalalari bo‗yicha qarorlar hamda
farmoyishlar loyihalarini tuman, shahar xalq deputatlari Kengashiga, tuman, shahar
hokimiyatiga ko‗rib chiqish uchun kiritadi:
- o‗z vakolatlari doirasida bo‗lim xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy
bo‗lgan buyruqlar chiqaradi, ko‗rsatmalar va topshiriqlar beradi;
- bo‗lim xodimlarini mehnat qonunchiligiga muvofiq ishga qabul qiladi va
ishdan bo‗shatadi, kadrlar bilan yakka tartibda tarbiyaviy ishlar olib boradi;
- boshliq o‗rinbosarlari va xodimlar o‗rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ular
faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- xodimlarning malakasini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshiradi;
- boshliq o‗rinbosarlari, tarkibiy bo‗linmalar rahbarlarining zimmasiga
yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun ularning ma‘suliyati darajasini belgilaydi:
- tasdiqlangan smetalar va ajratilgan mablag‗lar doirasida kreditlar va
mablag‗larni boshqaradi, moliya-shtat intizomiga rioya qilishni, pul mablag‗lari va
moddiy boyliklarning saqlanishini ta‘minlaydi;
- o‗rnak ko‗rsatgan xodimlarni mukofot va faxriy unvonlarga tavsiya qiladi;
-qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‗ladi.
Ijtimoiy ta‘minot bo‗limining namunaviy tuzilishi quyidagi sho‗‘ba va
xizmatlardan iborat bo‗ladi:
- pensiya va nafaqalar tayinlash sho‗‘basi;
- pensiya va nafaqalar to‗lash sho‗‘basi;
- byudjetdan tashqari pensiya jamg‗armasi daromadlari va xarajatlari
sho‗‘basi;
- ijtimoiy yordam ko‗rsatish sho‗‘basi;
- tashkiliy-huquqiy sho‗‘basi;
- buxgalteriya.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:
a) vaqtincha mehnat qabiliyatini yo‗qotish bilan bog‗liq kasallikda
(shikastlanishda);
b) sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
320
v) kasallangan oila a‘zosini parvarishlash zarur bo‗lganda;
g) karantinda;
d) sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‗tkazilganda;
e) mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a‘zo (protez) qo‗ydirish uchun
reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat
belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik
varaqasi) asos bo‗ladi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yo‗qolgan hollarda, nafaqa uning
o‗rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat)
asosida beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‗yicha nafaqa mehnat qobiliyati
yo‗qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-mehnat ekspertiza
komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, hatto bu davrda
xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham beriladi.
Uzoq vaqt kasal bo‗lganlarni TMEK ko‗rigiga yuborish muddatlari
Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma‘lumotnomalar berish tartibi to‗g‗risidagi
Yo‗riqnomaga (ro‗yxat raqami 873, 2000 yil 19 yanvar) binoan belgilanadi.
Oliy, o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim muassasalarini, magistratura,
aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda
ishga yuborligan shaxslarga nafaqa ular ishga chiqishi lozim bo‗lgan kundan
boshlab beriladi.
Ish haqi, sutkali va ko‗chish bo‗yicha xarajatlarni olish huquqiga ega
bo‗lgan xodimga ish joyiga borayotgan davrda boshlangan mehnatga
qobiliyatsizlik kunlari uchun nafaqa to‗lanadi.
Xodimning mehnatga qobiliyatsizlik kunlari yillik (asosiy va qo‗shimcha)
ta‘til davriga to‗g‗ri kelgan hollarda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida
ko‗rsatilgan barcha kunlar uchun nafaqa to‗lanadi.
Sanatoriy-kurortda davolanishda, agar asosiy va qo‗shimcha ta‘til
xodimning sanatoriyda davolanish uchun yetarlli bo‗lmasa, nafaqa beriladi.
321
Bunday holda sanatoriy-kurortda davolanishning barcha davri uchun (yo‗llanma,
davolanish muddati) sanatoriyga borish-kelish vaqtini qo‗shib, ammo xodimning
yillik ta‘tilini chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi.
Asosiy va qo‗shimcha ta‘tildan sanatoriyga borishdan oldin foydalangan
bo‗lsa ham nafaqa uni chiqarib tashlagan holda beriladi. Bunda ish beruvchi ta‘til
beradi.
Ikkinchi jahon urushi nogironlariga, baynalminal jangchilarga, Chernobil
AES falokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaxslarga, shuningdek,
sanatoriyga davolanishni davom ettirish uchun davolash muassasalaridan o‗tkir
miokard infarkti bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan yurakning aortakoronar
shuntrovkasi va anevrizmlari, oshqozonning yaralik kasalligi, o‗n ikki barmoq
ichak kasalligidan davolangan va o‗t pufagini olib tashlashdan keyin bevosita
yuborilgan xodimlarga, shuningdek sil kasalligi bilan og‗riganlarga nafaqa
sanatoriyda bo‗lgan barcha vaqt uchun beriladi.
O‗n olti yoshgacha bo‗lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan
biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha
davri uchun (sanatoriyga borib-kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda
parvarish zarurligi to‗g‗risidagi tibbiy xulosa mavjud bo‗lganda nafaqa beriladi.
Uch yoshgacha bo‗lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo‗lgan nogiron bolani
parvarishlashda band bo‗lgan ona kasal bo‗lib, bolani parvarishlashga qurbi etmay
qolgan hollarda, parvarish bilan band bo‗lgan ishlayotgan boshqa oila a‘zolari yoki
qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi.
Oilaning kasal bo‗lgan a‘zosiga qarash bo‗yicha vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga muhtoj bo‗lgan, lekin 7
kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi.
O‗n to‗rt yoshga etmagan bemor bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak bo‗lgan, ammo 14 kalendar kunidan
oshmagan davri uchun beriladi.
322
Agarda xodim karantin vaqtida sanitariya –epidemiologiya xizmati organlari
tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli kasallikka chalinish xavfini oldini
olish maqsadida ishdan chetlatilgan bo‗lsa nafaqa beriladi.
Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalingan xodim davolanish qoidasini
buzmagan holda boshqa ishni bajarish imkoniga ega bo‗lib, u tibbiy-maslahat
komissiyasi (TMK) xulosasi (bunday komissiyalar bo‗lmagan joylarda esa
davolovchi shifokorning, davolash muassasasining bosh shifokori tomonidan
tasdiqlangan xulosasi) asosida vaqtincha boshqa ishga o‗tkazilishi mumkin.
Xodimga, vaqtinchalik kamroq haq to‗lanadigan ishga o‗tgan vaqt uchun,
lekin ikki oydan ortiq bo‗lmagan muddat davomida kasallik varaqasi bo‗yicha
yangi ishda beriladigan ish haqiga qo‗shilganda avvalgi ishidagi to‗liq ish haqidan
oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to‗lanadi.
Bunda kasb kasalligi oqibatida boshqa ishga o‗tkazilgan shaxslarga nafaqa,
agar u amaldagi qonun hujjatlariga binoan avvalgi ish haqi bilan yangi ish haqi
o‗rtasidagi farqni korxonadan olish huquqiga ega bo‗lmasa beriladi.
Basharti, kasallik varaqasida ko‗rsatilgan muddatda ish beruvchi xodimga
boshqa ish topib berolmagan bo‗lsa, u holda shuning oqibatida bekor o‗tgan ish
kunlari uchun nafaqa umumiy asoslarda to‗lanadi.
Reabilitatsiya muassasalarida bo‗lgan barcha vaqt uchun va unga kelib-
ketish vaqti uchun nafaqa to‗lanadi.
Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band bo‗lgan xodimlarga mehnatda
mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik,
homiladorlik va tug‗ish bo‗yicha nafaqa umumiy asoslarda, boshqa sabablar
oqibatidagi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‗yicha nafaqa mavsumiy yoki
vaqtinchalik ish to‗g‗risida tuzilgan mehnat shartnomasida ko‗rsatilgan ish kunlari
doirasida to‗lanadi.
Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‗yicha
nafaqa mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari, ketma-ket
ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan muddatga beriladi.
323
Ishlayotgan Ikkinchi jahon urushining nogironlarga va imtiyozlari jihatdan
ularga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, Chernobil AESdagi falokat yoki uning
oqibatlarini bartaraf etish bo‗yicha ishlarni bajarish bilan bog‗iliq sabablarga ko‗ra
nogiron bo‗lgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi
(mehnatdan mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-ket to‗rt
oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |