Sug‘urtalanuvchi
- qonun asosida yoki ikki tomonlama shartnoma asosida
sug‗urta kompaniyasi bilan fuqoralik-huquqiy munosabatlarga kiruvchi yuridik
yoki jismoniy shaxs. Sug‗urtalanuvchi uchinchi shaxs foydasiga sug‗urta
shartnomasini tuzishga xaqli. Sug‗urtalanuvchi sug‗urta mukofotini o‗z vaqtida
to‗lashi shart. Sug‗urta shartnomasini tuzish jarayonida sug‗urtalanuvchi sug‗urta
364
ob‘ektiga taalluqli bo‗lgan barcha ma‘lumotlarni sug‗urta kompaniyasiga ma‘lum
qilishi shart.
Sug‘urtalovchi
- tegishli turdagi sug‗urtani amalga oshirish uchun
litsenziyaga ega bo‗lgan va sug‗urta shartnomasiga muvofiq sug‗urta tovoni
(sug‗urta puli) to‗lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti
bo‗lgan yuridik shaxs
Sug‘urtalovchilar uyushmasi
- sug‗urta faoliyatini muvofiqlashtirish,
uyushma a‘zolarining manfaatini davlatning qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari
oldida himoya etish hamda mahalliy sug‗urta kompaniyalari va xorijiy sug‗urta
kompaniyalari o‗rtasida o‗zaro foydali aloqalarni o‗rnatish maqsadida tashkil
etiladigan sug‗urta kompaniyalarining uyushmasi. Bunga o‗zaro sug‗urtalash
jamiyatlarini xalqaro uyushmasini, texnik risklarni sug‗urtalovchi kompaniyalar
ittifoqini, Buyuk Britaniya sug‗urtalovchilar uyushmasini misol keltirish mumkin.
Hozirgi paytda O‗zbekistonda sug‗urtalovchilar uyushmasi tashkil etilmagan.
Faqat, avtosug‗urtalovchilar ittifoqi faoliyat ko‗rsatmoqda.
Sug‘urtalovchining javobgarlik limiti
- tuzilgan sug‗urta shartnomasidan
kelib chiqqan holda belgilanadigan sug‗urta kompaniyasining mumkin bo‗lgan eng
yuqori darajadagi javobgarligi. Sug‗urtalovchining javobgarlik limiti sug‗urta
polisida o‗z aksini topadi.
Sug‘urtani tasniflash (klassifikatsiyalash)
- 1) sug‗urta turlarini ierarxiya
ko‗rinishida tarmoqlarga, tarmoqchalarga va turlarga bo‗linishi. Bunda har bir
keyingi bo‗g‗in oldingi bo‗g‗inning bir qismi shaklida ifodalanadi. Sug‗urta
ob‘ekti sug‗urtaning toifasi, sug‗urta javobgarligining hajmi va sug‗urta qismining
shakli sug‗urtani turkumlashning asosiy mezoni bo‗lib hisoblanadi. 2) xorij
amaliyotida sug‗urta turlarini tartiblashtirilgan tizimi. Hozirgi vaqtda Evropa
Ittifoqi davlatlarida sug‗urtaning yagona klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan va
hayotga joriy etilgan.
Slip
- riskni xarakterlovchi xujjat. Slip sug‗urta brokeri tomonidan tuziladi va
anderrayterga beriladi. Slipda sug‗urta kompaniyasining riskni sug‗urtalashdagi
hissasi ko‗rsatiladi. Angliyada slip sug‗urta polisiga tenglashtiriladi. Ayrim
holatlarda slip sug‗urta qoplamasini to‗lashda asosiy xujjat hisoblanadi.
Syurveyer
- sug‗urtaga tortiladigan mol-mulkni ko‗rikdan o‗tkazuvchi
sug‗urta kompaniyasining xodimi. Sug‗urta kompaniyasi syurveyerning xulosasi
asosida sug‗urta shartnomasini tuzish to‗g‗risida qaror qabul qiladi. CHet el
amaliyotida yong‗in havfsizligini ta‘minlovchi ixtisoslashgan firmalar, mehnat
muhofazasi bo‗yicha tashkilotlar syurveyer funksiyasini bajaradi.
365
Do'stlaringiz bilan baham: |